|
Atrof – muhitni qadrlash Reja
|
bet | 1/8 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 37,73 Kb. | | #109577 |
Bog'liq Atrof-muhitni qadrlash va muhofaza qilish usullari
Atrof – muhitni qadrlash
Reja:
Kirish.
Asosiy qism
Nima uchun atrof-muhitni qadrlash kerak?
Tanlov tajribalari.
Geografik axborot tizimlaridan foydalanish orqali baholash.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Ko'pchiligimiz yashayotgan shahar, shtat, mamlakat, qit'a va sayyora haqida qayg'uramiz, lekin biz atrof -muhitni muhofaza qilishda faol ishtirok etish juda ko'p harakat deb o'ylaymiz. Sayyoramizni qutqarishning yagona yo'li butun dunyodagi ustuvorliklarni o'zgartirishni nazarda tutsa -da, har bir kichik o'zgarish farq qiladi. Siz o'zingizni atrofimizdagi muhitga katta ta'sir o'tkaza olmaydigan yagona odam deb o'ylashingiz mumkin. Darhaqiqat, barcha asosiy o'zgarishlar shaxsiy harakatlardan kelib chiqadi. Hech qanday harakat kichik emas; Do'stlaringiz yoki hamkasblaringiz bilan avtomobil yig'ish, mashinaning o'rniga velosiped haydash, ekologik toza mahsulotlarni sotib olish, axlatni tozalash, eski narsalarni qayta ishlash, oziq-ovqat chiqindilaridan qochish, plastik idishlardan kamroq foydalanish, organik dehqonchilik qilish, qadoqlanishi kamroq bo'lgan narsalarni sotib olish kabi, eski narsalarni kompost qutisiga tashlash va boshqalar. Bu sayyorani yanada barqaror qilish uchun o'z hissamizni qo'shishga tayyor bo'lishimiz kerak.
Nima uchun atrof-muhitni qadrlash kerak?
“Biosfera” yangi atama bo‘lib, fanda XIX asrdan shakllana boshlandi. Biosfera Yer sharidagi eng yirik ekotizimdir. Yerning tirik organizmlar va biogen cho‘kindi tog‘ jinslari tarqalgan qismini rus olimi akademik V.I.Vernadskiy biosfera (yunoncha “bios” – hayot, “sfera” – shar) deb nomlagan.
Biosfera sayyoramizdagi “hayot qobig‘i” hisoblanib, tirik organizmlarning o‘zaro chambarchas aloqa, munosabatlaridan iborat murakkab ekotizimlar majmuini tashkil etadi. Demak, biosfera insoniyat yashaydigan muhit bo‘lib, uning hayotiy jarayonlari shu muhitda kechadi va rivojlanadi. Inson xatti-harakatlari, ayniqsa, nafas olish orqali qayerda yashashidan qat’i nazar, shahardami yoki olis qishloqdami, shu muhit-tabiat bilan doimiy bog‘langan bo‘ladi. V.I.Vernadskiy ta’rifiga ko‘ra, biosferaga hozirgi vaqtda faqatgina yerning qobig‘ida tarqalgan tirik organizmlar kirib qolmay, balki uning tarkibiga qadimgi davrlarda organizmlar ishtirokida hosil bo‘lgan litosferaning qismi ham kiradi. Biosfera tabiatning tirik organizmlar yashashi uchun qulay muhit yaratish imkoniga ega bo‘lgan ulkan borliqdir. Barcha tirik organizmlar kabi biz ham bu ulkan borliqda o‘z faoliyatimizni o‘taymiz. Biosferada inson uchun zarur narsalarning hammasi mavjud. Ular u yoki bu tarzda tabiatda uchraydi. Shu bilan birga, inson tabiatga o‘z ta’sirini ijobiy yoki salbiy ravishda bildiradi.
V.I.Vernadskiy atmosferadagi barcha kislorod organizmlar hayot tarzi mahsulidir, deb hisoblaydi. Toshko‘mir, neft, bor, torf, ohaktosh, fosforit, ko‘plab temir va marganets rudalari hamda tuproq organizmlarning hayot tarzi evaziga hosil bo‘lgan. Bu biokimyoviy jarayonning yer yuzida davom etishida quyosh energiyasi nurlari birlamchi rol o‘ynaydi. Quyosh nurlari yashil o‘simliklarning xlorofill donalarini tutib qolib, fotosintez jarayonida karbonat angidridi bilan birga erkin kislorodni ham hosil qiladi. Erkin kislorod esa yordamchi jarayonlar uchun katta rol o‘ynaydi. Dastlabki paytlarda “biosfera” atamasi orqali sayyoramizda yashovchi tirik organizmlarning o‘zaro bog‘liqligi va yashashi tushunilgan, ayrim vaqtlardagina ularning geografik, geologik va kosmik jarayonlar bilan bog‘liqligi haqida fikr yuritilgan. Keyinchalik biz yashab turgan tirik tabiatning tabiatdagi anorganik moddalar va ularning ta’sir kuchiga bog‘liq ekanligi olimlar tomonidan tan olindi. V.I.Vernadskiy birinchi bo‘lib tirik organizmlarning geologik roli to‘g‘risidagi ta’limotni yaratdi va yer po‘stining o‘zgarishida tirik organizmlar faoliyati bosh omil ekanini ko‘rsatdi.
Yer va uni o‘rab turgan tashqi muhit quyosh tizimining bir qonuniyat asosida rivojlanishi mahsuli hisoblanadi. Bundan 4,7 mlrd. yillar burun quyosh tizimida gaz moddalaridan yer sayyorasi hosil bo‘ldi. Yer o‘zining rivojlanishi va hayotiy jarayonlari uchun quyoshdan elektromagnit nurlari ko‘rinishida energiya olib turadi. Quyoshning harorati yerdagi iqlimni hosil qiladi va barcha geologik jarayonlarning borishi uchun asos bo‘lib qoladi. Yerning tubidan juda katta miqdorda harorat chiqadi. Sayyoramizning hajmi nisbatan kichik bo‘lib, undagi tabiiy resurslar miqdori cheklangan. Sayyoramizning tuzilishi bir xil emas, u ichki va tashqi qobiqlar bilan o‘ralgan, ichki qobig‘i geosfera bo‘lib, u ham o‘z navbatida ikkiga: yadro va mantiyaga, tashqi qobig‘i esa litosfera, gidrosfera, atmosferaga bo‘linadi. Bularning hammasi yerning murakkab birlashgan qobig‘i – biosferani tashkil qiladi. Biosfera quyosh energiyasi ta’sirida uzoq biokimyoviy jarayonlar natijasida vujudga kelgan yerning o‘ziga xos qobig‘idir.
Biosfera va uning tarkibiy tuzilishi. Biosfera tarkibiga atmosferaning quyi qatlamlari, ya’ni 15-20 km balandlikkacha bo‘lgan troposfera va stratasferaning pastki qismi, Dunyo okeanining eng chuqur botiqlari (11 km), litosferaning yuqori yer yuzasidan 4,5 km gacha bo‘lgan chuqurlik qismlari kiradi. Bu chuqurlikdagi neft qatlami suv tarkibida hamda yuqorida ozon ekranigacha bo‘lgan chegaralar oralig‘ida tirik mikroorganizmlar uchraydi. Inson ham biosferaning tarkibiy qismidir. Buyuk olim J.B.Lamark (1744-1829) yer po‘stining shakllanishi va rivojlanishida tirik organizmlarning o‘rni juda katta ekanligini ko‘rsatgan. Olimning ta’rificha, yer yuzasidagi va uning po‘stlog‘ini tashkil qiluvchi barcha narsalar tirik organizmlarning uzluksiz harakati tufayli hosil bo‘lgan.
Biosfera tabiatning aniq tizimi bo‘lib, uning borligi energiya va moddalar aylanishi tirik organizmlar ishtirokida kechishini ko‘rsatadi. Nemis fiziologi Pfefr (1845-1920) biosferani tushunishning aniq yo‘lini uch xil tirik – avtotrof, geterotrof, miksotrof organizmlar bilan ko‘rsatadi.
Biosferaning rivojlanishiga qator olimlar K.A.Timiryazev, V.R.Vilyams, B.B.Polonov, N.I.Vavilov, V.N.Sukachev, A.Loparin, A.P.Vinogradov va ayniqsa V.I.Vernadskiylar katta hissa qo‘shgan. Biosfera mavjudligining asosi unda modda va energiya almashinuvidir. Unda organizmlar va ularning hayot muhiti o‘zaro bog‘lanishda bo‘lib, bir butun organik harakatdagi tizimni vujudga keltiradi. Biosferaga xos xususiyatlar quyidagilar: tirik moddalarning qatnashishi, suyuq holdagi ko‘p miqdordagi suvning mavjudligi, kuchli quyosh energiyasi oqimi hamda moddalarning qattiq suyuq va gaz holda uchrashidir. Umuman, yerdagi har qanday jarayonlarning manbayi va boshlanishi quyosh energiyasi hisoblanadi. Energiyaning aylanishi moddalarning aylanishi bilan chambarchas bog‘liq. Moddalar kichik (biologik) va katta doiralarda (geologik) aylanadi.
|
| |