164
*
kassirning faqat tekshirilayotgan korxonada ishlashi yoki o’rindoshlik
asosida boshqa korxonalarga ham xizmat ko’rsatishi;
*
kassirning kassa muomalalarini yuritish qoidalari bilan tanishganligi;
Kassani tekshirganda auditor quyidagi tartibga rioya qilishi lozim:
kassani tekshirish, tekshirilayotgan korxona bosh buxgalteri va kassiri ishtirokida
amalga oshiriladi, tekshirish paytida boshqa shaxslar qatnashishi mumkin emas;
*
kassani tekshirish paytida barcha kassa muomalalari to’xtatiladi. Kassani
tekshirish imkoni bo’lmay qolganda yoki bir nechta kassa bo’lganda ularning
barchasi auditor tomonidan muhrlanib, kalitlar kassirda, muhr esa auditorda
saqlanadi;
*
kassadagi naqd pullar, qimmatli qog’ozlarni sanash auditor, kassir va
bosh buxgalter tomonidan amalga oshiriladi. Pullar kassada taxtlangan
(o’ramda) yoki tarqoq holda bo’lishdan qat’iy nazar, barchasi sanoqdan
o’tkazilishi shart;
*
sanash tugaganidan so’ng auditor tekshiruvda aniqlangan pul
mablag’larining summasi haqida alohida (oraliq) dalolatnoma tuzadi (1ilova).
*
turli shaxslarning tilxatlari, to’liq rasmiylashtirilmagan kassa chiqim
orderlari, vedomostlar, schyotlar va boshqa shunga o’xshash hujjatlar kassadagi
naqd pul qoldig’iga qo’shilmaydi va auditor tomonidan isbotlovchi kassa hujjati
sifatida qabul qilinmaydi. Shuningdek, kassadan naqd pul berish bo’yicha
kimga, kimning topshirigi bilan, qachon, qaysi maqsadlar uchun qancha
summada pul berilganligi ko’rsatiladi va shubxali hujjatlar aniqlanganida ham
shunday qilinadi;
*
boshqa korxona, tashkilot va shaxslarning pullari hamda qiymatliklarini
korxona kassasida saqlash man qilinganligi sababli, kassada saqlanayotgan
barcha pul va boshqa qiymatliklar auditor tomonidan tekshirilayotgan
korxonaga tegishli deb hisoblanishi lozim;
*
auditor kassada oshiqcha chiqqan pul yoki kamomadni tekshirish
dalolatnomasida ko’rsatadi va ayni paytda oshiqcha chiqish yoki kamomad
sabablari haqida kassirdan yozma tushuntirish xati olish lozim.