218
Asosiy jarayonlar quyidagilar hisoblanadi:
-iste’molchilarning kutilayotgan talablarini o’rganish;
-xaridlarni boshqarish;
-iste’molchilar bilan o’zaro harakatlar va mahsulotlar sotilishini o’rganish;
-xodimlarni tayyorlash va ularning vakolatliligini baholash.
Asosiy jarayonlarni bir tartibda qo’yish va alohida jarayonlarning korxona yakuniy
natijalariga qay darajada ta’siri darajasi yoki ekspertchilar
tomonidan baholashlar
natijasida bajariladi.
O’tkazilgan ichki audit yakunlari bo’yicha, ichki audit rahbari tomonidan
imzolanadigan yig’ma hisobot tuziladi.
Ichki audit yig’ma hisoboti:
-tahliliy qismni;
-yakuniy qismni;
-tasdiqlaydigan hujjatlarning to’liq paketini o’z ichiga olishi kerak.
Ichki audit yig’ma hisobotining tahliliy qismi, yuqoridagilarga asosan, ichki audit
xodimlari tomonidan o’tkazilgan tekshirishlar natijalari to’g’risidagi
umumlashtirilgan axborotni o’z ichiga olishi kerak.
Ichki audit hisobotining yakuniy qismi:
-korxonaning ijro etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari faoliyatiga, shuningdek,
likvidligigiga umumiy bahoni;
-aniqlangan chetga chiqishlar va qonunni buzishlarni bartaraf etish bo’yicha ichki
audit xizmatining tavsiyalarini hamda korxonaning moliya- xo’jalik faoliyati
samaradorligini oshirishga, korporativ boshqarishni takomillashtirishga doir
umumlashtirilgan takliflarni o’z ichiga olishi kerak.
Yig’ma hisobot ichki audit yakunlangandan keyin 10 kun mobaynida
tugallanishi
lozim.Yig’ma hisobotlar bevosita korxonaning kuzatuvchi kengashiga uning ko’rib
chiqishi va keyinchalik tasdiqlashi uchun taqdim etilishi kerak. Hisobotlar
nusxalari tasdiqlanganidan keyin korxona ijro etuvchi organiga taqdim etilishi
kerak.Korxonaning ijro etuvchi organi ichki audit natijasida
aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rishi shart.