1. Auditorlik faoliyati va auditorlik kasbining ta’rifi O’zbekiston
Respublikasining yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunida
quyidagicha keltirilgan:
Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini
o’tkazish va ushbu qonunning 33-moddasida nazarda tutilgan turdosh xizmatlar
ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
Auditor – auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir.
Agar auditor auditorlik tashkilotining shtatida turgan bo’lsa yoki auditorlik
tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa, u auditorlik
tekshiruvi o’tkazishga jalb etilishi mumkin.
Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganligi, tijorat sirini oshkor
etganligi
hamda boshqa hatti-harakatlari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar etkazganligi
uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar bo’ladi.
Shuningdek, Qonuniga muvofiq “auditor yordamchisi auditor
malaka sertifikatiga
ega bo’lmagan va auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida, auditorning ekspert
xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan boshqa
rasmiy hujjatda imzo chekish huquqiga ega bo’lmagan tarzda auditorning
topshirig’iga binoan auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir”.
Auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida
qayd etilgan tartibda
tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor etmaslik
majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tadbiq etiladi.
Auditorning yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditor
malaka sertifikatini olish
uchun zarur bo’ladigan ish stajiga qo’shiladi.
O’zbekistonda auditorlik faoliyati mustaqil yuridik shaxs huquqiga ega auditorlik
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Qonunga ko’ra
auditorlik tashkiloti
auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir.