bilangina shug’ullanishi mumkin. Ushbu qonunning 3-moddasiga muvofiq
“auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlarini
ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi”
Shuningdek, auditorlik tashkilotining zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganida ushbu Qonun hamda boshqa qonun
hujjatlarining talablariga rioya etishi;
auditorlik tekshiruvi o’tkazishga doir shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachining
talabiga binoan auditorlik faoliyatini o’tkazish huquqini beruvchi tegishli
litsenziyani, auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etishi;
xo’jalik yurituvchi subyektning so’roviga binoan auditorlik tekshiruvini o’tkazish
bo’yicha qonun hujjatlarining talablari to’g’risidagi, auditorning e’tirozlari
asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari to’g’risidagi axborotni taqdim etishi;
auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotlarning maxfiyligiga rioya
etishi;
auditorlik hisobotida moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarining qonuniyligi buzilishi
faktlarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishi;
xo’jalik yurituvchi subyektga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari zarar
etkazilganligini aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan taqdirda bu haqda xo’jalik
yurituvchi subyektning rahbariyatiga (mulkdoriga) ma’lum qilishi hamda auditorlik
xulosasiga tegishli qaydni kiritishi shart. Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining
natijalarini ma’lum qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
qatnashchilarning (aktsiyadorlarning) umumiy yig’ilishi chaqirilishini talab qilishi
shart.
Auditorlik tashkiloti zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar
ham bo’lishi mumkin.