• Topshiriqni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar.
  • Auditorlik tashkilotining javobgarligi




    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/149
    Sana25.01.2024
    Hajmi7,03 Mb.
    #145944
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149
    Bog'liq
    Audit oquv amaliyoticover

    3.Auditorlik tashkilotining javobgarligi. “Auditorlik faoliyati to’g’risidagi” 
    Qonunning 30 moddasiga muvofiq auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi 
    buyurtmachilari, xo’jalik yurituvchi subyekt va moliyaviy hisobotdan boshqa 
    foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot hamda xo’jalik yurituvchi subyektning 
    boshqa moliyaviy axboroti to’g’risida noto’g’ri yakundan iborat bo’lgan auditorlik 
    xulosasini tuzish oqibatida ularga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladi.
    Auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganlik yoki lozim darajada o’tkazmaganlik 
    oqibatida xo’jalik yurituvchi subyektga va (yoki) auditorlik tekshiruvining 
    buyurtmachisiga etkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun 
    hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi shart. 
    Topshiriqni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar. 
     
    1. Siz “Kamolot – invest” firmasini tekshirayotgan auditorsiz. Sizning auditorlik 
    firmangizga ofis uchun ijaraga bino kerak. “Kamolat – invest” firmasi sizga o’zining 
    mulki hisoblangan binoni ijaraga olishni taklif qildi. Bu taklif qabul qilinsa, 
    auditorlik firmasining mustaqilligi yo’qoladimi? 


    20 
    2. ”Info – buxgalter” tashkiloti auditorlik firmasiga buxgalteriya hisobini 
    komyuterlashtirish yuzasidan murojaat qildi. Ushbu auditorlik tashkiloti “Info – 
    buxgalter” tahskilotini bir necha yildan beri tekshiruvdan o’tkazadi va tashkilotning 
    moliyaviy va boshqaruv hisobi muammolarini va xususiyatlarini yaxshi biladi. Agar 
    auditorlik tashkiloti korxonaga komyuterlashtirish yuzasidan xizmat ko’rsatsa 
    auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotgan vaqtda auditorning mustaqilligiga ta’sir 
    ko’rsatadimi? 
    3. “Abbos-audit” auditorlik firmasining auditori Zoitov A. K. o’zining malakaviy 
    xizmati to’g’risida matbuotda va radioda reklama qilib, mahoratlilik darajasi va 
    boshqa auditorlarga nisbatan yuqori malakali ekanligini e’lon qildi. Shuning bilan 
    birgalikda xizmati uchun to’lanadigan summani ham oshkor qildi. Auditor Zoitov 
    A. K. ga kasbiy etik me’yorlariga rioya qilgan holda qanday bo’lishi haqida maslahat 
    bergan bo’lar edingiz? 
    4. “Kuryer” auditorlik firmasining 3 kishidan iborat auditorlari “Kafolat” sug’urta 
    kompaniyasini auditdan o’tkazmoqda. Auditorlardan biri korxona bosh direktori 
    muovuniga yaqin qarindoshchiligi borligi aniqlandi. Bunday holda auditning etik 
    me’yorlariga zid bo’ladimi? 
    5.Auditor buyurtmachilardan birining hali e’lon qilinmagan balansini auditorlik 
    firmaning boshlig’i boshqa xodimlari bilan muhokama qilmoqda. Bu holatda sir 
    saqlash majburiyati buzilganmi? 
    6.Sug’urta kompaniyasi auditorlik firmasiga audit o’tkazishni taklif qildi. Ammo 
    auditorlar orasida sug’urta kompaniyasi faoliyatini yaxshi biladigan mutaxasis yo’q. 
    Bu holatda auditorlik firmasi taklifni qabul qila oladimi? 
    7. Qandolatchilik fabrikasi boshqa bir auditorlik firmasi bilan shartnomani buzib 
    sizning suditorlik firmangiz bilan shartnoma tuzmoqchi, bu holatda siz nima qilasiz? 
    8. Sizning auditorlik firmangiz mijozga moliyaviy hisobot tayyorladi. 3 haftadan 
    so’ng, mijoz telefon orqali qaysidir hujjatda xatoga yo’l qo’yilganligini e’lon qildi. 
    Xatoni yuzaga kelmasligi borasida qanday sifat nazorati tadbiri amalga oshirishi 
    lozim?

    Download 7,03 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149




    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish