144
8-ilova
Masalalar yechish
1 – masala.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor quyidagilarni aniqladi.
Hisobot davri boshiga materiallar qoldig’i 2000 ming so’m bo’lib hisobot
davrida asosiy ishlab chiqarish uchun 1000 ming so’mlik yordamchi ishlab
chiqarishga 200 ming so’mlik transport vositalarini remonti uchun 50 ming so’mlik,
boshqaruv ehtiyojlariuchun 10 ming so’mlik, yotoqxonani ta’mirlash uchun 70 ming
so’mlik material sarflangan. Ushbu muomalalarni aks ettirish uchun buxgalteriya
hisobida quyidagi yozuvlar qilingan: Dt 2010 –
Asosiy ishlab chiqarish 1000 ming so’m
Dt 2310 – Yordamchi ishlab chiqarish 200 ming so’m
Dt 2510 Umumishlab chiqarish xarajatlari 60 ming so’m
Dt 9410 Sotish xarajatlari 70 ming so’m
Dt 9420 Ma’muriy boshqaruv xarajatlari 180 ming so’m
Kt 1000 Materiallar 1330 ming so’m
Topshiriq: Materiallarni hisobdan chiqarish bilan bog’liq noto’g’ri buxgalteriya
provodkalarni aniqlang. Auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.