3– bosqich
Yakuniy
(20 daqiqa)
Yakunlash
1. O’quvchilarni amaliy mashg’ulot bo’yicha
baholarni e’lon qiladi.
Kelgusi kasbiy
faoliyatlarida amaliyotda bajargan ishlarining
ahamiyati va muhimligiga o’quvchilar
e’tiborini qaratadi
3.
Kelgusi mashg’ulot mavzusi bilan
tanishtirib, uyga vazifa beradi
Tinglaydilar
Uyga vazifani
yozib oladilar.
9-mavzu. Tovar moddiy zahiralar auditi.
REJA:
1.Tovar moddiy zahiralari auditning maqsadi va vazifalari, ma’lumot
manbalari va auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ketma-ketligi
2.Moddiy boyliklarni sotish va boshqacha tarzda hisobdan chiqarishga doir
muomalalarni tekshirish.
1.Tovar moddiy zahiralari auditning maqsadi va vazifalari, ma’lumot
manbalari va auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ketma-ketligi
Tovar-moddiy zahiralarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning maqsadi ularning
saqlanishi, tejamli
va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to‘g‘ri tashkil etilishini
aniqlashdan iborat. Shuningdek, hisobot ko‘rsatkichlarining
ishonchliligini va tovar-
moddiy zahiralar bilan bog‘liq muomalalar hisobi va soliqqa tortish uslubining
O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarga
muvofiqligini aniqlash lozim. Ushbu maqsadga muomalalar mohiyatini, hamda nazorat
tuzulmasi va buxgalteriya hisobi tizimini tekshiruvdan o‘tkazish va risklarni baholash
orqali erishiladi. Zahiralarni tekshirish, ular hajmi katta bo‘lgan korxonalarda auditning
asosiy qismi deb qaraladi.
Tovar-moddiy zahiralar bo‘yicha hisobot ko‘rsatkichlarining haqqoniyligini
tekshirishda boshqa
audit obyektlaridagi kabi, dastavval, balansning “Ishlab
chiqarish zahiralari”(120-satr), “Tugallanmagan ishlab chiqarish (130-satr)”,
“Tayyor mahsulot”(140-satr), “Sotish uchun olingan tovarlar”(150-satr) degan
moddalari,
Bosh daftar, jurnal-orderlar va boshqa hisob registrlari orasidagi
tenglikni aniqlash zarur. Shu bilan birga, sintetik va analitik hisob ma’lumotlarining
muvofiqligiga ishonch hosil qilishi muhimdir. Moddiy boyliklarni ishlab chiqarish
xarajatlariga olib borish va ularning baholarini tekshirish, ishlab chiqarishga sarflash
me’yorlari va boshqalarni tekshirish zarur. Mol yetkazib beruvchilar va
pudratchilarga da’vo qo‘zg‘atishning o‘z vaqtidaligi va to‘g‘riligi hamda yo‘ldagi
(korxonaga yetib kelmagan) materiallar qoldig‘ining haqqoniyligini ham tekshirish
kerak.
134
Tekshiruv jarayonida auditor quyidagilarni aniqlashi lozim:
*
zahiralarning haqiqatda
mavjudligi;
*
zahiralar bilan bog‘liq barcha muomalalarning buxgalteriya hisobi
schyotlarida to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilganligi;
*
barcha zahiralar korxona mulki ekanligi ya’ni ularga mulkiy huquq
mavjudligi, qarz sifatida aks ettirilgan summalar
esa majburiyat ekanligi;
*
zahiralarni va ular bilan bog‘liq majburiyatlarni baholashning to‘g‘riligi;
*
tovar-moddiy zahiralarni hisobga olish tamoyillari to‘g‘ri tanlanilganligi va
qo‘llanilishining to‘g‘riligi.
Tovar-moddiy zahiralarni tekshirishda quyidagi ma’lumot manbalaridan
foydalaniladi:
1.
Moddiy boyliklarni qabul qilish, hisobga olish, saqlash va berishga aloqador
me’yoriy hujjatlar.
2.
Hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruq.
3.
Tovar - moddiy zahiralar bilan bog‘liq muomalalarni rasmiylashtirishga doir
dastlabki hujjatlar.
4.
Tashkiliy-huquqiy hujjatlar va materiallar.
5.
Tovar-moddiy zahiralarni hisobga olishga doir buxgalteriya hisobi
registrlari va buxgalteriya hisobotlari.