• Autodesk
  • Autocad dasturi asosiy oynasi bilan ishlash




    Download 0.52 Mb.
    bet1/14
    Sana05.03.2024
    Hajmi0.52 Mb.
    #167467
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    L.Autocad dasturi asosiy oynasi bilan ishlash
    ona tili o\'q.met Aliboyeva G 502gr, Tahorat olinayotganida o\'qiladigan duolar, «fizika va kimyo» kafådrasi T. f n. dotsånt M. T. Xalilov, Metallarda emissiya, Kulon qonuni - Vikipediya, foydali-fayllar uz arifmetik-vektorlar-va-ular-ustida-amallar, Махсус фанларни ўвитишда янги педагогик технологиялардан фойдаланиш, AutoCAD, MathLab dasturida turli xil matematik masallarni yechish usullari bilan tanishish., 7-mavzu, Mexanika 1

    Autocad dasturi asosiy oynasi bilan ishlash.


    Bugungi kun va zamon talabidan kelib chiqgan holda “Kompyuter grafikasi” bo’lgan ehtiyoj tobora o’shib borayotganligi aniq.Kompyuter grafikasining qo’llanish ko’lami juda keng bo’lib, avvalom bor ushbu sohani vizualligi diqqatga sazovvordir. Ya’ni kompyuter grafikasida tasvir asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.


    Ma’lumki axborot almashinuvida insonning ko’rish sezgi organi yordamida qabul qilingan axborot eng samarali qabul qilinadi va u xotirada ham chuqur iz qoldiradi. Jumladan tovush vositasida berilgan axborot ham ijobiy ta’sir etadi. Eng kam samara beruvchi axborot vositasi bu yozuvli axborot bo’lib, uni qabul qilib olish va miyada qayta ishlashda ko’proq vaqt sarflanadi va har bir insonning fiziologiyasidan kelib chiqgan holda axborotning ma’lum bir qismi yo’qotilib xotirada saqlanadi.
    Kompyuter grafikasida axborotni tuzish insonning ko’rish va eshitish sezgi organlariga qaratilgan bo’ladi. Yani oddiy qilib aytganda axborot berish uchun tasvir va tovushdan keng foydalaniladi. Asosiy maqsad axborotni tasvir va tovushga aylantirishdan iborat.
    Bugungi kunda juda ko’plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo’lib, ularni qaysi sohada qollanilishi bilan bir biridan farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari o’z faoliyatlari uchun qulay bo’lgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning imkoniyat chegaralari ham ma’lum bir sohaga yo’naltirilgan bo’ladi. Demak, grafik dasturni tanlashda avvalom bor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. Aksariyat hollarda grafik dasturni qo’llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki fanlarni o’zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan ham grafik dasturlar murakkablashib boradi.
    Biz o’rganmoqchi bo’layotgan dastur Amerikaning Autodesk firmasi tomonidan ishlab chiqilgan AutoCAD grafikaviy dasturidir. Autodesk firmasining juda ko’plab dastur mahsulotlari mavjud bo’lib (AutoCAD, ArchiCAD, AutoCAD Electrical, 3ds Max, Design Review…), butun dunyoda keng ommalashib ketgan, eng so’ngi texnologiyalarni o’zida mujassamlashtiradi. Firmaning dastur mahsulotlari ichida AutoCAD dasturi muhim o’rin tutadi. U asosiy bo’lib, qolgan dasturlar uning asosida yaratilgan hisoblanadi. Grafik imkoniyatlari juda yuqori va ayni paytda ham soda, ham murakkab topshiriqlarni bajara oladi. Shunisi e’tiborga loyiqki u bevosita aniq fanlar bilan ham chambarchas bog’liqdir. Ularning uzviy davomi sifatida ham qabul qilinishi mumkin va talabalarning kelgusi ish faoliyatlarida ham foydali o’rin tutadi degan umiddamiz.
    “Kompyuter grafikasi” fani birinchi navbatda informatika fani bilan bog’liqdir. Kompyuterda oddiy operatsiyalar majmuasini bilmasdan turib kompyuter grafikasini o’zlashtirib bo’lmaydi. Demak ta’lim tizimida avval informatika fani talabalar tomonidan o’zlashtirilishi lozim ekan. Keyingi talab o’rganiladigan grafik dasturni talabidan kelib chiqadi. AutoCAD grafik dasturi chizma yaratish bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham chizmachilik, geometriya, chizmachilik fanining nazariyasi hisoblanmish chizma geometriya kabi aniq fanlarni bilishni talab etadi. Oddiy geometrik yasashlar (aylanani teng bo’lakarga bo’lish, aylana yoyi, urinma, vatar, burchak bissektrisalarni o’tkazish, perpendikulyarlik va parallellik xossalari…)ni bilish talab etiladi. Aks holda o’zimiz buyruqlar majmuasini noto’g’ri berib dasturdan biron bir amalni bajarishini talab etishimiz o’rinsiz. Qisqa qilib aytganda AutoCAD grafik dasturini o’rganishda dastlab informatika so’ng chimachilik va chizma geometriya fanlari o’zlashtirilgan bo’lishi lozim.



    Download 0.52 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 0.52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Autocad dasturi asosiy oynasi bilan ishlash

    Download 0.52 Mb.