I. Kirish II. Asosiy qism




Download 70.71 Kb.
bet1/8
Sana19.04.2024
Hajmi70.71 Kb.
#201174
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi
823-сонли қарор охиригиси, мақола Америка, AZIZBEK, 1-laboratoriya (1) RAIMOV OG\'ABEK., 2.Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilg, hghgkhgjhgkgjh 1 mus, 2 mustaq, Tezkor, 1-individual topshiriq, Amaliy topshiriq, Bolalarda fazoviy va vaqt tasavvurlarni shakllantirish, Jon fon Neyman tamoili, sinf papkasi[1], Dam olish joylarida mahallalarda jismoniy madaniyat ishlarini tashkil etish, 1515137868 69841

Mundarija
I.Kirish……………………………………………………………………………….
II.Asosiy qism………………………………………………………………………
1. Uch o‘lchovli modellashtirishning imkoniyatlari. ………………………………..
2. Uch o‘lchovli modellarni yaratish jarayonlari. …………………………………
3. Uch o‘lchovli modellarning turli xil sohalarda qo‘llanilishi. …………………….
III.Xulosa…………………………………………………………………………….
IV.Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………..

Kirish
Bugungi kun va zamon talabidan kelib chiqgan holda Uch o‘lchovli modellashtirish o‘quv amaliyoti fani har bir soha bilan uzviy bog‘lanib, unga bo‘lgan ehtiyoj tobora o‘shib borayotganligi aniq. Kompyuter grafikasining qo‘llanish ko‘lami juda keng bo‘lib, avvalom bor ushbu sohani vizualligi diqqatga sazovvordir. Ya‘ni kompyuter grafikasida tasvir asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Ma‘lumki web-dizaynning ajralmas qismi bu kompyuter graflkasi hisoblanadi. Boshqacha aytganda kompyuterning graflkasi yordamida saytlarning dizayni mukammallashtiriladi. Saytlarni bezash uchun turli xil illustratsiyalar (rasmlar, grafiklar, roliklar, animatsiyalar, bannerlar va boshqalar) yaratishda va tayvor grafik formatdagi ma'lumotlarni o‘zgartirishda kompyuter grafikasidan keng foydalaniladi. Kompyuter graflkasi va uning tarkibiy qismi bo‘lgan grafik va turli tasvirlar axborot texnologiyasida muhim o‘rinni egallaydi. Pedagogika oliy ta‘lim muassasaiarida ta‘lim olayotgan talabalarga kompyuter graflkasi va dizayn fanlarini o‘rgatish, ularga grafik axborot texnologiyalari haqidagi bilimlarni beradi va professional faoliyatida ulardan samarali foydalanishga tayyorlaydi. Boshqacha aytganda, har qanday bo‘lajak o'qituvchi, kelajakda o'zining fani bo‘yicha elektron o‘quv resurslarini yarata olishi kerak. Bu bilan esa ta ‘lim samaradorligiga erishiladi. O‘qituvchi dasturlash texnologiyasidan yaxshi xabardor boisin. Ammo u yaratgan resurslari talabalarni o‘ziga tortadigan dizayn bilan boyitilmagan bo‘lsa, u holda har qanday dasturiy mahsulotning o'qitish jarayonidagi samaradorligi past boiadi. Shuning uchun ham dasturlash bilan birga kompyuter grafikasini ham mukammal o‘rganish talab qilinadi. ―Uch o‘lchovli modellashtirish‖ o‘quv amaliyoti fanidagi materiallarni o'rganish natijasida quyidagilarni bajara olish mumkin. — rasmlar bilan ishlash; — ko‘p bo‘g‘inli statik rasmlar bilan ishlash; — grafik muharrirlar imkoniyatlaridan foydalanish; — turli maqsadlardagi grafik paketlarni qo‘llagan holda rang- barang grafik obyektlarni yaratish; — nashrga tasvirlarni tayyorlash. Ma‘lumki axborot almashinuvida insonning ko‘rish sezgi organi yordamida qabul qilingan axborot eng samarali qabul qilinadi va u xotirada ham chuqur iz qoldiradi. Jumladan tovush vositasida berilgan axborot ham ijobiy ta‘sir etadi. Eng kam samara beruvchi axborot vositasi bu yozuvli axborot bo‘lib, uni qabul qilib olish va miyada qayta ishlashda ko‘proq vaqt sarflanadi va har bir insonning Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari fiziologiyasidan kelib chiqgan holda axborotning ma‘lum bir qismi yo‘qotilib xotirada saqlanadi. ―Uch o‘lchovli modellashtirish o‘quv amaliyoti axborotni tuzish insonning ko‘rish va eshitish sezgi organlariga qaratilgan bo‘lib, oddiy qilib aytganda axborot berish uchun tasvir va tovushdan keng foydalaniladi. Asosiy maqsad axborotni tasvir va tovushga aylantirishdan iborat. Bugungi kunda juda ko‘plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo‘lib, ularni qaysi sohada qollanilishi bilan bir biridan farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari o‘z faoliyatlari uchun qulay bo‘lgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning imkoniyat chegaralari ham ma‘lum bir sohaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Demak, grafik dasturni tanlashda avvalom bor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. Aksariyat hollarda grafik dasturni qo‘llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki fanlarni o‘zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan ham grafik dasturlar murakkablashib boradi. Biz o‘rganmoqchi bo‘layotgan dastur Amerikaning Autodesk firmasi tomonidan ishlab chiqilgan AutoCAD grafikaviy dasturidir. Autodesk firmasining juda ko‘plab dastur mahsulotlari mavjud bo‘lib (AutoCAD, ArchiCAD, AutoCAD Electrical, 3ds Max, Design Review…), butun dunyoda keng ommalashib ketgan, eng so‘ngi texnologiyalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Firmaning dastur mahsulotlari ichida AutoCAD dasturi muhim o‘rin tutadi. U asosiy bo‘lib, qolgan dasturlar uning asosida yaratilgan hisoblanadi. Grafik imkoniyatlari juda yuqori va ayni paytda ham soda, ham murakkab topshiriqlarni bajara oladi. Shunisi e‘tiborga loyiqki u bevosita aniq fanlar bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Ularning uzviy davomi sifatida ham qabul qilinishi mumkin va talabalarning kelgusi ish faoliyatlarida ham foydali o‘rin tutadi degan umiddamiz. ―Uch o‘lchovli modellashtirish o‘quv amaliyoti fani birinchi navbatda informatika fani bilan bog‘liqdir. Kompyuterda oddiy operatsiyalar majmuasini bilmasdan turib kompyuter grafikasini o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Demak ta‘lim tizimida avval informatika fani talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim ekan. Keyingi talab o‘rganiladigan grafik dasturni talabidan kelib chiqadi. AutoCAD grafik dasturi chizma yaratish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham chizmachilik, geometriya, chizmachilik fanining nazariyasi hisoblanmish chizma geometriya kabi aniq fanlarni bilishni talab etadi. Oddiy geometrik yasashlar (aylanani teng bo‘lakarga bo‘lish, aylana yoyi, urinma, vatar, burchak bissektrisalarni o‘tkazish, perpendikulyarlik va parallellik xossalari…)ni bilish talab etiladi.




  1. Download 70.71 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 70.71 Kb.