1-Mavzu: Kirish. Proyeksiyalash usullari.
Reja:
1. Muhandislik va kompyuter grafikasi fanining kelib chiqish tarixi.
2. Markaziy va parallel proyeksiyalash usuli va xossalari.
3. To’g’ri burchakli proyeksiyalash usuli va xossalari.
Tayanch iboralar va tushunchalar. Chizma geometriya haqida ma`lumotlar.
Chizma geometriya
fanini kelib chiqish tarixi. Markaziy proeksiyalash usuli. Markaziy proyeksiyalashning xossalari.
Parallel proyeksiyalash usuli. Parallel proyeksiyalashning xossalari.
Chizma geometriya haqida umumiy ma`lumotlar. Chizma geometriya umumiy geometriyaning
bir shoxobchasi bo'lib, narsalarni tasvirlash usullari yordamida ularning shakllari, o'lchamlari va o'zaro
joylashishlariga tegishli pozitsion va metrik masalalarni yechishni o'rganadi. Chizma geometriya
matematika fanlari bilan uzviy bog'liq bo'lib, umumtexnika fanlaridan hisoblanadi. Chizma geometriya
boshqa geometriyalardan o'zining
asosiy usuli, ya'ni tasvirlash usuli bilan farq qiladi. U tasvirlash
usullari yordamida o'quvchining fazoviy
tasavvurini kengaytiradi, tasvirlarni yasash va oldindan
yasalgan tasvirlarni o'qiy bilish hamda amaliyotdagi turli muhandislik masalalarini yechishga yordam
beradi. Chizma geometriya qonun-qoidalari bilan nafaqat mavjud narsalarni, balki tasavvur qilinadigan
narsalarni ham tasvirlash mumkin. Fazodagi shakllarning tekislikdagi chizmalari
chizma geometriya
usullari bilan ma'lum qonun-qoidalar asosida hosil qilinadi. Bu chizmalar orqali buyumning fazoviy
shaklini chizish va o'lchamlarini aniqlash mumkin. Chizmalar yordamida geometrik shakllarga tegishli
stereometrik masalalar yechiladi. Chizmalarsiz fan va texnika taraqqiyotini tasavvur qilib bo'lmaydi.
Arxitektor va muhandislar ijodiy fikrlarini faqat chizmalar yordamida to'liq bayon eta oladilar.
Chizmalar asosida barcha muhandislik
inshootlari quriladi, mashinalar,
mashina qismlari, meditsina
asboblari va hokazolar ishlab chiqariiadi. Shakllarning bizga ma'lum bo'lgan
barcha geometrik
xossalarini ularning chizmalaridan olingan ma'lumotlardan ham aniqlasa bo'ladi. Shuning uchun ham
buyumlarning chizmalarini ularning geometrik xususiyatlarini o'zida aks ettiruvchi tekis geometrik
modellar deb atash mumkin.
Chizma geometriya fani quyidagilarni o'rganadi:
• fazoviy shakllarning tekislikdagi
tasvirlari, ya'ni tekis modellari (chizmalari)ni yasash;
• tekis chizmada geometrik masalalarni grafik yo'l bilan yechish;
• shakllarning berilgan tekis chizmalari bo'yicha ularning fazoviy urinishi va 12 vaziyatini tasavvur
qilish hamda yaqqol
tasvirlarini yasash;
• geometrik shakllarning chizmalarini bajarish va o'qish orqali o'quvchining fazoviy tasavvurini
rivojlantirish.