|
Autocad dasturi interfeysi
|
bet | 4/5 | Sana | 20.09.2024 | Hajmi | 386,74 Kb. | | #271740 |
Bog'liq Autocad MI тайери (2)Modeling, solid editing buyruqlar paneli.
Ko‘rinishni o‘zgartirishning yana bir imkon 3DORBIT buyrug`i yordamida amalga oshiriladi. Bu buyruq chaqirilganda, ekranda orbitali aylana paydo bo‘ladi. Kursorni uning kvadratlari bilan bog`lab, sichqonchani chap tugmasi yordamida surilsa, ko‘rish yo‘nalishini o‘zgartirib, ob`ektni ko‘rinmas tomonlarini ham kuzatish mumkin.
Ma`lumki har qanday murakkab detal va jismlar bir nechta o‘zaro birikkan oddiy jismlardan iborat bo‘ladi. Bunday jismlarga ob`ektning primitivlari deb ataladi.
M urakkab uch o‘lchamli ob`ektalar oddiy «g`ishtlar»dan yasaladi. Bu oddiy «g`ishtlar» qattiq jismli primitivlar deyiladi. Chizmachilikda ko‘p uchraydigan qattiq jismli primitivlarning asosiylariga kub, tsilindr, shar, konus, torlar kiradi. Ularga BOX (Kub), WEDGE (Pona), CONE (Konus), CYLINDER (TSilindr), SPHERE (Shar) va TORUS (Tors) kabi qattiq jismlar kiradi. Ularni yasash buyruqlarining tugmalari “Моделирование” (Моделлаш) panelida joylashgan bo‘ladi, 5-rasm. Shunday qilib jismlarni uch o‘lchamda loyihalash uchun ekranda view (ko‘rinishlar) va Solids (qattiq jism) panellari bo‘lishi shart bo‘ladi.
6. View, UCS II, Visual style buyruqlar paneli.
«Визуальные стили», «Вид» панелллари AutoCAD dasturida ikki o‘lchamlidan uch o‘lchamli loyihalash «3D каркас»ga o‘tish uchun «Визуальные стили»dagi (3- rasm) 2- tugma yuklanadi. Undagi 1- tugmani yuklash bilan ikki o‘lchmali loyihalash «2D каркас» ga qaytiladi. AutoCADda ob`ektlar va ularning elementlari bo‘lgan sirtlar karkas ko‘pyoqlik (3- rasm, 3- tugma yordamida), yoki ravon yuzali qattiq jism ko‘rinishida (3- rasm, 4, 5- tugmalar yordamida) tasvirlanishi mumkin.
TADQIQOTLAR METODALOGIYASI
B unday qattiq jismlarni va ularning birikmalaridan iborat bo‘lgan ob`ektlarni loyihalashda ikki o‘lchamli asosiy ko‘rinishlardan va uch o‘lchamli izometrik tasvirlardan foydalaniladi. Shu sababli uch o‘lchamli loyihalashda bunday ko‘rinishlar bitta View - Вид (ko‘rinishlar) paneliga joylashtirilgan, 4- rasm.
1 – Nomlangan ko‘rinishlar (Named Views); 2 ÷ 7 - 6ta standart ustdan, tagdan, chapdan, o‘ngdan, olddan va orqadan asosiy ortogonal ko‘rinishlar; 8 ÷ 11 - 4ta standart izometrik ko‘rinishlar; 12 – Kamera (Camera) – ko‘rish yo‘nalishini kamera va ko‘rish nuqtalari yordamida belgilaydi.
|
| |