|
O‘zbekiston Respublikasinig ”Yo‘l harakati havfsizligi tug‘risidagi qonun”
|
bet | 2/3 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 18,52 Kb. | | #254421 |
Bog'liq Davlat va nodavlat maktabgacha ta lim tashkilotlarining o\'ziga xosligiO‘zbekiston Respublikasinig ”Yo‘l harakati havfsizligi tug‘risidagi qonun”
Yo`llarda harakat xavfsizligini ta`minlashning davlat boshqaruv tizimi
O`zbekiston Respublikasining “Yo`l harakati xavfsizligi” to`g`risidagi qonunidan kelib chiqqan holda, yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash sohasida davlat boshqaruvi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati o`rganlari va mahsus vakolatli davlat o`rganlari tomonidan amalgam oshiriladi.
Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash sohasida mahsus vakolatli davlat o`rganlariga quyidagilar kiradi:
O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi;
O`zbekiston avtomobil yo`llari qurilish va ulardan foydalanish davlat – aktsiyadorli kontserni;
O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlar harakat xavfsizligi nazorati.
Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash davlat dasturlarini tasdiqlash va ularni amalga oshirish ustidan nazorat olib borish;
Yo`l harakati qoidalarini hamda yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash va yo`l harakatini tashkil etish masalalariga doir boshqa normativ hujjatlarni tasdiqlash;
Vazirliklar va idoralarning yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash, ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Transport vositalari va yo`llarning tehnikaviy holatiga, yo`llar va temir yo`ldan o`tish joylari bo`ylab yo`l harakati xavfsizligiga doir yagona talablarni belgilash;
Transport vositalari haydovchilarini tayyorlashga, shuningdek, aholiga yo`llarda yurish – turish xavfsizligi qoidalarini o`rgatishga doir umumiy talablarni belgilash;
Transport vositalari haydovchilarini, shunday vositalarning o`zini, yo`l harakati qoidalarining buzilish hollarini, yo`l transport hodisalari va boshqa ko`rsatkichlarni hisobga olishning yagona tizimini tasdiqlash.
O`zbekiston Respublikasining harakat xavfsizligi to`g`risidagi qonuni
Yo`l harakati xavfsizligini taminlash davlat dasturlarini amalgam oshirish;
Yo`l harakati xavfsizligini taminlash hududiy dasturlarini tasdiqlash hamda ularni amalgam oshirish ustidan nazorat olib borish;
Yo`l harakati xavfsizligi tibbiy jihatdan ta`minlanishini, shuningdek, yo`l - transport hodisalari sodir bo`lganda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko`rsatishni tashkil etish;
Yo`l-transport hodisalari oqibatida jarohatlanganlarning oldini olish, aholiga yo`llarda yurish – turish xavfsizligi qoidalarini o`rgatish, yol harakati xavfsizligini targ`ib etish hamda ekalogik xavfsizlik talablariga rioya etish chora tadbirlarini ko`rish;
Shaharlardagi, shaharchalar va qishloq aholi punklaridagi ko`chalarning, yo`laklarning, shuningdek, shahar elektr transporti yo`llarining qurilishi va soz holatda saqlanishini ta`minlash;
Qonuniy hujjatlarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining yo`l harakati xavfsizligini taminlash sohasidagi vakolatlari:
Yo`l harakati xavfsizligini taminlash davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Avtomobilda yuk tashish xavfsizligini ta`minlash masalalari yuzasidan normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Transport vositalari va transportda ko`rsatiladigan hizmatlar sertifikatlashtirilishini amalga oshirilishini;
Yo`l harakati xavfsizligi to`g`risidagi qonun hujjatlariga avtomobil transportiada rioya etilishi ustidan nazorat olib borish;
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalag oshirish.
O`zbekiston avtomobil yo`llari qurilish va ulardan foydalanish davlat-aktsiyadorlik kontsernining yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash sohasidagi vakolatlari:
O`z tasarrufidagi avtomobil yo`llaridan transport vositalarining xavfsiz qatnovi uchun bu yo`llarning soz holatda saqlanishini ta`minlash;
Yo`l harakati qatnashchilarini yo`l qoplamasining holati, gidrometeorologiyaga oid va boshqa sharoitlar to`g`risida zarur ahborot bilan ta`minlash;
Avtomobil yo`llarida yo`l harakatini boshqarish vositalari, tezkor aloqa tizimi qurilishi va jihozlanishini amalga oshiradi hamda ularning saqlanishini ta`minlash;
Avtomobil yo`llarining qatnovi uchun hatarli joylarini aniqlash va bu joylarda yo`l harakatini tashkil etishni takomillashtirish choralarini ko`rish;
Og`ir vaznli, yirik o`lchamli, havfli va mahsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining qatnov yo`nalishlarini belgilashda ishtirok etish, shuningdek, yo`l hizmati ko`rsatish obektlari joylashuviga rozilik berish;
|
| |