|
Avtomatik sistemalarni ishonchliligini hisoblash
|
bet | 2/2 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 92,49 Kb. | | #236774 |
Bog'liq 5 ma\'ruzaKyu Rx IK-me
Bu nisbat qanchali yuqori bo‘Isa qarshilik og‘ir sharoitda ishlaydi va xizmat muddati qisqaradi hamda ishdan chiqish sodir bo‘ladi.
Nominal kuchlanish I vt bo‘lgan xajmli qarshilik ishdan chiqish intensivligini bog‘liqlik grafigi 5- rasmda keltirilgan a%1000 soat)
0,01
-rasm. Xajmli qarshiliklarni ishdan chikish intensivligini bog‘ liqlik grafigi
Keltirilgan qiyshiq chiziqlar shuni ko‘rsatadiki A=f(tiKyu), qarshiliklardan engillashtirilgan ishlash rejmida foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qarshiliklarni me’yoriy yuklanishda ishlatish uchun ma’lum haroratlar (VS turdagi qarshiliklar uchun 40% S va MLT turdagi qarshiliklar Uchun 70°S) kerak bo‘ladi.
Qarshiliqlar ishonchliligi namlik teskari ta’sir etadi. Namlik qarshililaming chiqish ulanishlarini (kotakt) zanglashiga hamda uzilishiga ximoya emal sirtini sinishiga olib keladi. Emalning singan erlaridan kirgan namlik qarshilik qatlami va qarshilik simlarini ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
Uzoq muddatli mexanik ta’sirlar qarshilik konstruksiyasida ishlatilgan materiallarni eskirib o‘zgarishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida qarshilik xususiyatlarini o‘zgarishga yoki to‘satdan ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
Konstruktiv nuqtai nazaridan qarshiliklar ishonchliligi o‘tkazuvchan qatlam sifatidn va uning geometrik o‘lchamlariga bog‘liq. Geometrik o‘lcham qanchalik uzun bo‘lsa ishonchlilik shunchalik past bo‘ladi. SHuning uchun nominal qiymati 0,5 Mom dan yuqori qarshiliklar va .yuzasi spiralsimon yuklanishli qarshiliklar ishonchliligi boshqalariga nisbatan past bo‘ladi.
Kompozitson turdagi qarshiliklar ishonchliligi yuqori hisoblanadi, ular faqat mexanik jarohatlar olganda ishdan chiqishi mumkin. Qarshiliklaming lahzada ishdan chiqishlari ularning tutuashgan (kontakt) tugunlari buzilsagina sodir bo‘ladi. В turdagi ishdan chiqishlar yuqori qarshliklarda, mexanik ta’sirlar oqibatida kelib chiqadi. Hajmli qarshiliklarda bunday ishdan chiqishlar bo‘lmaydi, chunki ularning tutashish chiqishlari siqilish holatida ishlaydi.
Ba’zi hollarda qarshiliklarni ishlashida aktiv qarshilik kattaligi qaytarib bo‘lmaydigan darajada o‘zgaradi, bu o‘z navbatida maxsulot ko‘rsatkichlarini ruxsat etiladigan darajadagi pasayib ketishiga olib keladi (xajmli qarshiliklarda ko‘proq, yuzakilarida karoq).
Doimiy tokda zanjirida ishlaydigan qarshiliklarda aktiv qarshilik kattaligi: o‘zgarishi, ko‘proq sodir bo‘ladi. Bu keramik sterjenda elektrolitikjarayonni sodir bo‘lishi va o‘tkazuvchiqatlam shoxchalarining chetlari ishdan chiqishi oqibatida yuzaga keladi. Elektrolitik jarayon yuqori namlik va haroratda kuchayadi. Namlik va haroratni pasayish ishdan chiqishlami kamaytiradi. Impulbs yuklanishini qirqma qarshiliklarda ham aktiv qarshilik kattaligi o‘zgarshi mumkin.
Buni tok o‘tkazuvchi qatlam shoxchalariga potensialni teng taqsimlanishi orqali tushuntirish mumkin,.impulbsli toklarni qarshilik orqali oqib o‘tishida maksimal quyuq joylashgan qismlarida qizish sodir bo‘ladi, u o‘z navbatida o‘tkazuvchi qatlamda
issiqlik oqibatida ishdan chiqishni keltirib chiqaradi, bu holatda qarshilikdagi tarqalish kuchlanishini kamaytirish ishonchliligini Qshiradi.
Ko‘p qarshiliklar ishn bo‘lash davrida vame’yoriy ishlash davrida bir xil ishonchlilikka ega bo‘ladi.
Sxemalarda qarshiliklarni ishdan chiqishi boshqa elementlar ishdan chiqishiga olib keladi. Misol uchun:
- elektrovakuum va yarim o‘tkazgichli asboblarda sig‘imlarni teshilish holati.
Bu holatlar qarshiliklarni loyixalashtirishda, tayyorlashda va sinashda alohida e’tibor talab etadi.
Nazorat savollari.
Ishdan chiqishlar intensivligi ishonchlilikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Vaqt intervali oxirida 1000 ta maxsulot buzilmay ishlayotgan edi. 100 soat ichida ulami 100 tasi ishdan chiqdi. Ishdan chiqishlar intensivligini aniqlang.
Qanday ish sharoitlarida elementlaming ishonchlilik darajasi maksimal bo‘ladi?
|
| |