O’lchamlarni qo’shimcha sozlash orqali avtomatik tekshirish




Download 13,28 Mb.
bet73/83
Sana29.11.2023
Hajmi13,28 Mb.
#107865
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   83
Bog'liq
AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob

8.4 O’lchamlarni qo’shimcha sozlash orqali avtomatik tekshirish.
Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish, ishlab chiqarish jarayonlariga hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanib avtomatik boshqarish sistemalarini joriy etish jarayonning turli parametrlarini yoki buyumlar harakteristikalarini aniq o’lchash natijasida biz oladigan ma’lumotlarga asoslangan.
O’lchash — fizik kattalikni texnik vositalardan foydalanib aniqlash jarayoni.
O’lchash natijasi, masalan, chiziqli o’lchamlarni o’lchash natijasi uzunlik birligida (19,36 mm) o’lchangan o’lchamning miqdoriy bahosidir.
Tekshirish — buyumning tekshiriladigan o’lchamiga qarab yaroqliligini aniqlashdan iborat bo’lgan o’lchov jarayoni. Tekshirish natijasi buyumga sifat jihatdan berilgan bahodan iborat, masalan, «yaroqli», «brak», «tuzasa bo’ladigan brak», «tuzatib bo’lmaydigan brak».
Texnik o’lchash mashina va priborlar o’lchamlarini o’lchash bilan bog’liq bo’lgan kompleks masalalarni ko’rib chiqadi va, binobarin, bunda faqat chpziqli va burchaqli o’lchamlardan foydalaniladi.
O’lchashning texnik vositalari o’z strukturasiga ko’ra uchta elementdan:
ma’lumotlarni qabul qiluvchi qurilma, ularni uzatuvchi qurшlma, ularni hisoblovchi qurilmadan to’zi lgan.
Quyidagilar, masalan, universal o’lchash priborlarining asosiy metrologik harakteristikalari va parametrlari hisoblanadi: ma’lumotlarni qabul qiluvchi qurilmada - kontaktli o’lchash vositalari uchun o’lchash kuchi; uzatuvchi qurilmada-uzatuvchi qurilmaning uzatish nisbati yoki sezgirligi va konstruktiv to’zi lishi (mexaniq, optik, elektr, pnevmatik, gidravlik qurilmalar); hisoblovchi qurilmada - qurilmaning hisoblashi, ya’ni shkalasidagi belgilar, shkalasining bo’linishi, shkala bo’linmalarinpng qiymati, hisoblash aniqligi, shkala bo’linmalarining intervali va qurilmaning konstruktiv to’zi lishi.
O’lchash vositasi va uning aniqlik harakteristikalari ana shu o’lchash vositasidan foydalaniladigan tekshirish turiga qarab tanlanadi.
Passiv tekshirish bilan aktiv tekshirishni bir-biridan farq qilmoq lozim. Passiv tekshirpshda buyumlar tekshirish natijalari bo’yicha yaroqli va yaroqsizga ajratiladi yoki seleksion gruppalarga saralanadi. Aktiv tekshirishda o’lchash natijalari bo’yicha detallarning tayyorlanishiga tuzatishlar kiritiladi, shuningdek texnologik jarayonning borishi qo’shimcha sozlanadi.
Texnologik ishlov berishning har bpr operatsiyasida buyumlar yuzalarining o’lchamlari, shakli va o’zaro joylashuvi o’zgaradi.
SHuning uchun detallarning o’lchamlarinn, detallar shaklining chetga chiqishini va yuzalarining joylashuvidagi chetga chiqishini tegishli vositalar bilan tekshirib turishga to’g’ri keladi.
Hozir o’lchash ishlarida avtomatika, elektronika vositalari va hisoblashyechish texnikasidan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda.
Buyumni o’lchash va uning haqiqiy o’lchamlarini berilgan o’lchamlariga solishtirish uchun zarur bo’lgan barcha ishlarni ishchining ishtirokisiz bajaruvchi, tekshirish natijalariga ko’ra buyumlarni gruppalarga saralovchi yoki tekshirish natijalaridan texnologik jarayonni rostlash uchun foydalanuvchi qurilma chiziqli o’lchamlarni tekshiruvchi avtomatik qurilma deb ataladi.
Agar avtomatik tekshiruvchi qurilma tekshirish natijalariga ko’ra asbobining vaziyatini o’zgartirsa va bu bilan navbatdagi buyumlarning o’lchamlariga tuzatish kirisa, u holda bu qurilma qo’shimcha sozlovchi qurilma hisoblanadi. Bunday avtomatik qurilmalar himoya va blokirov: salan, asbob sinib qolgan £ mumkin. Barcha avtomatik tipdagi asosiy struktura ele ralash yoki ijrochi element ichiga olishi mumkin.
Barcha avtomatik tekshiruvchi qurilmalar (avtomatlar) quyidagi asosiy struktura elementlari: o’lchash, yuklash, tashish va saralash yoki ijrochi elementlarning qammasini yoki bir qismini o’z ichiga olishi mumkin.
Buyumlarni ko’plab va yirik seriyalab ishlab chiqarishda avtomatlar va avtomat liniyalarda detallarning tayyorlanishi ularga ishlov berish jarayonida birma-bir tekshirib borilishi, ularning o’lcham gruppalari bo’yicha saralanishi va texnologik jarayonning boshqarib turilishi ta’minlanmog’i zarur.
Jarayon avtomatlashtirilganda tekshirish-o’lchash qurilmalari detallarni o’lcham gruppalariga saralashga, detallarni tayyorlash texnologik jarayonini boshqarishga, o’lchashning xolisona bo’lishiga va OTQ xodimlari qo’lda tekshirganlarida yo’l qo’yiladigan sub’ektiv xatolarga barham berishga, tekshirisho’lchash operatsiyalarini avtomat liniyalarga kiritishga, o’lchash natijalarining to’g’riligini EHM va boshqaruvchi hisoblash mashinalari yordamida aniqlashga, mehnat unumdorligini oshirishga yordam beradi.
Avtomatlar vazifasiga ko’ra uchta gruppaga bo’linadi: tekshirish-saralash, tekshirish-blokirovkalash va kombinatsiyalangan avtomatlar. Avtomatlarning birinchi gruppasi o’lchangan buyumlarni o’lcham gruppalariga saralash uchun mo’ljallangan. Podshipniklar ishlab chiqarishda avtomatlarning bu gruppasidan ayniqsa keng foydalaniladi. Avtomatlarning ikkinchi gruppasi avtomat liniyaning ishini avtomatik tarzda qo’shimcha sozlashga va brakning oldini olishga mo’ljallangan. Avtomatlarning uchinchi gruppasi avtomat liniya ishlayotganda buyumlarni tekshiradi, saralaydi va texnologik jarayonga ta’sir qiladi.
Qo’llanilgan birlamchi informasiya o’zgartkichlarining tiplariga qarab elektr kontaktli, induktiv, elektr-pnevmatik, sig’im, fotoelektrik, elektron (mexanotronlar), radioaktiv o’zgartkichli avtomatlar hamda chekli bikr kalibrli, ponasimon kalibrli va surilma kalibrli avtomatlar farq qilinadi.
Passiv (8.14-rasm, a) va aktiv (8.14-rasm, b) tekshirish avtomatlarining struktura sxemalarida vazifasiga ko’ra bir xil bo’lgan qator tarkibiy element va qurilmalar bor. Bu element va qurilmalar eng unumli hamda ishonchli avtomat liniyalar va avtomat korxonalar to’zi shga imkon beradi.
Parchin mix tipidagi buyumlarga mo’ljallangan passiv tekshishirish-saralash avtomatining sxemasi (8.15-rasm) quyidagilarni o’z ichiga oladi: tekshiriladigan buyumni o’lchash joyiga uzatadigan ta’minlagich 1, magazin 2, parchin mixning diametrini tekshiradigan o’lchash qurilmasi 3, parchin mixning uzunligini tekshiradigan o’lchash qurilmasi 4 va buyumlarni ikki gruppaga ajratuvchi saralash qurilmasi 5.

8.14-rasm. Avtomatik tekshirish sxemalari:
1-detal; 2-o’lchash uchligi; 3-o’zgartkich; 4-schyotChik; 5-signalizasiya;
6-oraliq zveno; 7-ijrochi mexanizm
Ishlangan detallarni avtomatik tekshiradigan qurilmalar odatda stanok yaqiniga qo’yiladi. Bu qurilmalar tekshirish opera- siyalarini va qator boshqa ishlarni bajaradi. Operatsiyadan keyingi tekshiruv tekshirish qurilmasiga sovituvchi suyuqlik, titrash, stanokning elastik va temperatura deformatsiyalari ta’sir qilmaydigan sharoitda o’tkaziladi.
O’lchanadigan impulsni o’zgartiradigan elektr kontaktli o’zgartkichi bor tekshirish avtomati (8.15-rasm) quyidagicha ishlaydi.
Surgich 14 tekshirilayotgan detal 10 ni bunker 15 novidan birlamchi o’zgartkich 1 ning o’lchash uchligi ostiga keltiradi va to detal tinchib, tekshirilgunga qadar shu holatda tutib turadi. Tekshirish tugashi oldidan uzgich tutashib o’zgartkichni elektron blok 3 ga ulaydi.

8.15-rasm. Tekshirish-saralash avtomatining sxemasi.

8.16-rasm. Elektr kontaktli o’zgartgichi bor tekshirish avtomatining sxemasi.
Agar detalning o’lchamlari yo’l qo’yilgan kattalikda bo’lsa, u holda birlamchi o’zgartkich 1 ning kontaktli richagi kontaktlar 2 ga tegmasdan o’rta vaziyatni egallaydi. Zaslonkalar 8 va 10 yopila- di. Surgnch 14 detal 13 ni nov 12 ga surib tushiradi va u berk zaslonkalarda dumalab tayyor mahsulotlarga mo’ljallangan ochiq yashik 4 ga tushadi.
Agar detalning o’lchami yo’l qo’yilgan eng katta o’lchamdan katta bo’lsa, yuqorigi kontakt ishlab ketadi, shunda elektromagnit 9 ham ishga tushib zaslonka

Download 13,28 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   83




Download 13,28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’lchamlarni qo’shimcha sozlash orqali avtomatik tekshirish

Download 13,28 Mb.