|
Yig’ish jarayonlarini avtomatlashtirish
|
bet | 72/83 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #107865 |
Bog'liq AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob8.3 Yig’ish jarayonlarini avtomatlashtirish.
Yig’ish jarayoni mashinalarni tayyorlashning yakunlovchi bosqichi bo’lib, uning asosiy ekspluatasiya sifatini aniqlaydi. Mashinaning yuqori ekspluatatsion hususiyatlariga erishish faqatgina muvaffaqiyatli konstruksiya yaratish yoki yuqori sifatli materiallarni qo’llash orqali erishilmaydi. Ushbu sifatlar va o’ta aniq yuzali detallar o’zaro birikkan yuza qatlamlarining optimal holatini ta’minlamay turib ta’minlay olmaydi. Mashinalarni tayyorlash jarayoni barcha ekspluatasiya, shuningdek ekspluatasiya chog’idagi ishonchlilik va puxtalik ko’rsatkichlarga erishishga yuqori sifatli yig’ish, sozlash va sinash bosqichlarini shaoitlarida kafil bo’lishi mumkin. Bu sifatli mahsulotni yig’ish jarayonida turli sabablarga ko’ra detallarning o’zaro joylashishidagi xatoliklarning paydo bo’lishi bilan yig’ilayotgan mahsulotning aniqlik va ish sifatini sezilarli tushirishi bilan bog’lanadi. Bunday xatoliklar sababi quyidagilar bo’lishi mumkin: - ishchilar tomonidan yig’ilayotgaan detallarni mo’ljallash va o’rnatishda yo’l qo’yadigan xatolari;
yig’ish jarayonida qo’llaniladigan kalibr va o’lchov qurilmalarinio’rnatishdagi, sozlashdagi hamda mashinada detalning aniq joylashuvininazorat qilishdagi nuqsonlar; shuningdek o’lchov asboblarining xatoligi;
kerakli joyga joylashtirish va o’rnatish vaqti oralig’ida detallarningnisbatan surilishi;
birikuvchi detal yuzalarida nuqsonlarning paydo bo’lishi;
birikuvchi detallarni joylashtirish va o’rnatish paytida ularning aniq vato’liq bog’lanishiga halaqit beradigan elastik va plastik deformatsiya.
Yig’uv ishlarini bajarish mashinalarni ishlab chiqarishga sarflanadigan umumiy mehnat hajmining katta qismini tashkil qiladigan ko’p vaqt sarfi bilanbog’liq. Ishlab chiqarish turiga ko’ra yig’uv ishlariga sarflanadigan vaqt yapli va katta seriyali ishlab chiqarish sharoitida 20-30%ni,donalab va kichik seriyali ishlab chiqarishda 35-45%ni tashkil qiladi. SHuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, chilangarlik-yig’ish jarayonlarining 50 - 85% qo’l mehnati orqali amalga oshiriladi va bu ko’p inson mehnati va katta iqtisodiy harajatlarni, shunindek, yuqori malakali ishchilar mehnatini talab qiladi. Ko’rsatib o’tilgan muammolar yig’ish sifati va unumdorligini ko’tarish muammolarini ko’paytiradi.
Yig’ish turlarining tasnifi
Yig’ish - zagotovka yoki mahsulotning tarkibiy qismlarini bir ajralmas yokiajraluvchi bo’lak hosil qilishdir. Yig’ish det allarni oddiy biriktirish, ularni presslash, rezba orqali biriktirish, payvandlash, qalaylash, kleylash va h.lar orqali amalga oshirilishi mumkin. Yig’ish hajmiga ko’ra umumiy yig’ish yoki uzelli yig’ish turlariga bo’linadi. Donalab va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida yig’ish ishyolarining asosiy qismi umumiy yig’ish va ozgina qismi esa alohida yig’uv birikmalarini amalga oshirish bilan bajariladi. Ishlab chiqarish seriyasining o’sishi bilan yig’ish ishlari ko’proq alohida yi’guv birikmalarini yig’ishga bo’linadi, yalpi va katta seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida yig’uv birikmalarning ulushi asosiy yig’uv jarayoni ulushidan oshib ketadi. Bu yig’ish ishlarini mexanizasiyalashishi va avtomatlashtirilishiga va samaradorlikning o’sishiga olib keladi. Yig’ish jarayoni davriga ko’ra dastlabki, oraliq, payvandlash orqali yig’ish va tugal yig’ish bosqichariga bo’linadi. Dastlabki yig’ish - kelgusida qaytadan qismlarga ajratiladigan zagotovkalar tarkibiy qismi yoki to’liq mahsulotni yig’ish. Masalan, qo’zg’almas kompensator o’lchamlarini aniqlash maqsadida dastlabki yig’ish. Oraliq yig’ish - birga ishlov berish maqsadida zagotovkalarni yig’ish. Masalan, reduktor korpusi va kopqog’ini podshipnik o’rnatiladigan teshikka ishlov berish maqsadida yig’ish, shatun va shatun qopqog’ini kolen valdagi shatun bo’g’ziga ishlov berish uchun yig’ish va h.
Payvandlash orqali yig’ish - zagotovkalarni payvandlash orqali yig’ish.
Detallarni payvandlash orqali yig’ish jarayoni ko’pgina hollarda umumiy yoki birikmalarni yig’ish bosqichida amalga oshiriladi. Payvandlash ishlarining katta qismi turli transport mashinalarning kabina va ko’zov qismlarini tayyorlashda qo’llaniladi. Payvandlash jarayonida asos, kabina va ko’zavning boshqa elementlari mahsus fiksatorlar moslamalari yordamida ushlab turiladi va bu orqali elementlarning o’zaro to’g’ri joylashuvi ta’minlanadi. Oxirgi (tugal) yig’ish - ishlab chiqarish jarayonida boshqa qismlarga ajratish ko’zda tutilmaydigan mahsulot yoki uning qismlarini yig’ish jarayoni. E’tibor berish lozimki, tugal yig’ishdan keyin haridorga yetkazib berish va upakovka qilish maqsadida ayrim buyumlar uchun demontaj ishlarini bajarish mumkin.
Yig’ish jarayonida mashina detallarini biriktirishda berilgan aniqlik chegarasida ularning o’zaro joylashuvini ta’minlash zarur. Yig’ish aniqligi deganda konstruktorlik hujjatlarida berilgan mahsulot parametrlarining mos qiymatlarini ta’minlash mahsulot yig’ish jarayoni xossasi tushuniladi. Yig’ish natijasida detallarning va yig’uv birikmalarining o’zaro joylashuvi shunday ta’minlashi kerakki, ularning ishchi yuzalari yoki ushbu yuzalarning bir-birga nisbatan harakatlanishi, shuningdek turg’un holatda nafaqat yig’ish jarayonida, balki mashinani ekspluatatsiyasi davrida ruxsat etilgan chegaradan chiqib ketmasligi kerak. Detallarga tejamkor ishlov berish va mashinalarni yig’ishning eng maqbul ruxsat etilgan chegaralarini aniqlash vositalardan biri o’lcham zanjirini hisoblash va tahlil qilish hisoblanadi. Ma’lumki, o’lcham zanjirlarini hisoblashda. Uchtadan ko’p bo’lmagan tashkil etuvchi zvenolardan iborat texnologik yig’ish kichik o’lcham zanjiri to’liq o’zaro almashinuvchanlik prinsipi bilan hisoblanadi.
Yig’iladigan buyumlar konstruksiyasini mos o’lcham hisoblarini bajarish orqali o’lcham tahlili bajariladi va yig’ishdagi talab etilgan aniqlikning eng maqul usuli tanlanadi.
Ushbu ishlab cihqarish sharoitida loyihalanayotgan yig’ish jarayonining tabaqalanish darajasi aniqlanadi.
Barcha yig’uv birliklari va buyum detallarining birikish ketma-ketligi o’rnatiladi hamda umumiy va mahsulotni uzelli yigi`sh sxemalari to’zi ladi.
Eng unumdor, tejamkor va texnik jihatdan maqsadga muvofiq biriktirish, joylashuvini tekshirish va o’rnatish usullari aniqlanadi. Yig’ish texnologik jarayoning tarkibi to’zi lib, nazorat qilish va oxirgi tekshiruvdan o’tkazish usullari aniqlanadi.
Texnologik jarayonni bajarish uchun kerakli texnologik uskunalar ishlab chiqiladi.
Yig’ish ishlarini texnik me’yorlashtirish va yig’ish jarayoning iqtisodiy ko’rsatkichlari hisoblanadi.
Yig’ish jarayonining texnik hujjatlari rasmiylashtiriladi.
Istalgan mashina va uning mexanizmlarini ixtiyoriy ketma-ketlikda bajaribbo’lmaydi. Detallarning bog’lanish tartibi, avvalo, yig’ilayotgan buyum yoki uning qismlarining konstruksiyasiga, shuningdek yig’uv ishlarini tabaqalanish darajasiga bog’liq.
Yig’ish texnologik jarayonini loyihalash yig’ish birliklari va detallar qatoriga bo’lishdan keyin boshlanadi. Detal - yig’ish jarayonlarini qo’llamasdan bir tarkibli material va markasidan tayyorlangan buyum. Yig’uv birligi - tayyorlovchi korxonada yig’ish jarayonlari yordamida tarkibiy qismlari birlashtirilgan buyum. Adabiyotlarda “yig’uv birligi” termini o’rnida ko’pincha “uzel” tushunchasidan foydalaniladi. Kompleks - ekspluatasiya paytida birga qo’llaniladigan, tayyorlovchi korxonada yig’ish jarayonlarini bilan biriktirilmagan ikki va undan ortiq maxsus buyumlar. Komplekt - ekspluatasiya paytida birga qo’llaniladigan, tayyorlovchi korxonada yig’ish jarayonlarini bilan biriktirilgan ikki va undan ortiq maxsus buyumlar. Agregat - to’liq o’zaro almashinuvhanlikka ega, buyumning tarkibiy qismlarini boshqalaridan alohia yig’ish imkoniyati va buyumda ma`lum bir vazifani bajarishga layoqatli yig’uv birikmasiga aytiladi. Buyumlarni yig’uv birliklari va detallarga bo’lish vaqtida quyidagi tavsiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq:
Yig’uv birikmasi gabarit o’lchamlari va og’irligiga ko’ra katta yoki ko’p sondagi detallardan tashkil topmasligi kerak.
Agar yig’ish jarayonida sinash, pishitish ishlarini o’tkazish talab etilsa, u alohida yig’uv birikmasiga ajratilishi kerak.
Yig’uv birikmasi mashinaga o’rnatilgandan so’ng boshqa qismlarga ajratish ishlaridan holi bo’lishi kerak, agar bunday qilishning iloji bo’lmasa, kerak ajratish ishlari texnologiyada ko’zda tutilishi zarur.
Asosiy baza detaldan tashqari mashina detallari, shunigdek biriktirish detallari va rezbali bog’lanishlaru yoki bu yig’uv birligiga kiritilishi zarur.
Ko’pchilik yig’uv birliklari uchun yig’ish mehnat sarfi deyarli bir xil bo’lishi kerak.
Yig’uv birliklari yig’ish jarayonida ham, keying tranportirovka qilish va montaj ishlarida ham qismlarga ajratilmasligi kerak.
Yig’uv birliklarining gabarit o’lchamlari ularni yig’ish va tranportirovka qilish imkoniyatini ta’minlash imkoniyatidan kelib chiqish kerak.
Yig’uv jarayonlari metallni qirqish bilan bog’liq tayyorlash va moslash ishlaridan so’ng bajarilshi kerak.
Buyumni shunday qismlarga ajratish kerakki, konstruktiv sharoit bir biriga bog’liq bo’lmagan eng ko’p yig’uv birliklarini yig’ish imkoniyatini berishi darkor. Zagotovkalarni olish hamda ularga mexaniq ishlov berish texnologik jarayonlari yalpi va seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida odatda mexanizasiyalash va avtomatlashtirishdan to avtomatik liniya, uchastka va sexlarni yaratishgacha rivojlanishiga asoslanadi. Yig’ish jarayoni esa hatto yalpi ishlab chiqarish sharoitida ham qisman qo’l mehnatini talab qiladi va katta mehnati hamda yuqori malakali ishchilar orqali amalga oshiriladi.
MDH davlatlarida avtomatlashtirish o’rtacha umumiy yig’ish ishlari hajmining 7% ni qamrab olgan. Bu avvalo yig’ish jarayonlarining o’ziga xos hususiyatlaridan kelib chiqadi:
yig’ish hajmining murakkabligi va turli-tumanligi hamda yig’ish uchunuskunalarning zarurligi;
yig’ish jarayonlari siklining qisqaligi (ayrim hollarda sekundning o’ndan birida);
detallarning bikir emasligi yoki elastikligi;
4)harakatlarni bajaruvchi manipulyator, robotlar ishchi organlarining murakkabligi;
5) o’zaro birikkan detallarning kichik dopusk maydonlari va ularni moslash, to’g’rilash ishlarining zarurligi.
Yig’ish sexlari dastgohlarini ikki guruhga bo’lish mumkin: texnologik, detallarni qo’zg’almas yoki qo’zgaluvchi qilib biriktirish, uzelli yoki umumiy yig’ish jarayonida ularni rostlash va nazorat qilish uchun bevosita mo’ljallangan hamdayordamchi, ish hajmi yig’ish jaroyonida salmoqli bo’lgan barcha yordamchi ishlarnimexaniza siyalashtiruvchi. Quyida jarayonlarni mexanizasiyalash uchun mo’ljallangan yig’ish qurilmasiga misol keltirilgan. 9-3 –rasmda qamrovlanuvchi va qamrovchi detallarni aniq o’rnatish ta’minlash uchun moslama ko’rsatilgan. Ushbu holatda podshipnik 2 presslanadigan uzel korpusi 1 maxsus taglikning 6 aylana chiqig’iga narkazlashadi. Taglik esa o’zining konussimon teshigi bilan presslovchi sirg’algich (polzun) 4 harakatlanadigan juvaga markazlashadi. Sirg’algichga biriktirilgan egiluvchi kirgizma (vstavka) biriktirish jarayoni boshlangunigacha podshipnikni markazlash va ushlab turish uchun ximat qiladi. Mashinasozlik korxonalarida yig’ish texnologik jarayonlarini mexanizasiyalash uchun turli gaykapurkagich, pnevmatik va gidravlik skoba, elektrbolg’a va boshqa mexanizmlar keng qo’llanilmoqda. Seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida mexaniq ishlov berish texnologik jarayonini tezlashtiruvchi yo’nalishlardan biri maxsus sozlangan dastgohlarda mashina detallari o’lchamlarini avtomatik olish usuli hisoblanadi. Bu usuldan vtulka-korpus tipida taranglik bilan birikuvchi detallarga ishlov berishda foydalanilganda presslangan vtulkalar partiyasida chizmada ko’rsatilgan aniq diametr o’lchamlarini ta’minlash imkoni qiyin bo’ladi.
8.13-rasm. Aniq podshipniklarni presslash uchun moslama
Yig’ishning uch xil turi mavjud bo’lib:
Individual keltirish tamoyili bo’yicha;
To’liq o’zaro almashuvchanlik tamoyili bo’yicha;
Indivudial va guruhli tanlash yo’li bilan qisman o’zaro almashinuvchanlik tamoyili bo’yicha.
Induvidial keltirish tamoyili bo’yicha yig’ish yakka tartibda va mayda seriya chiqarishlarda qo’llaniladi. Bunday ishlab chiqarishlarda detal mexaniq ishlov berilgandan keyin, bunda chekli kalibirlyarsiz ishlov beriladi, oxirgi shakl va o’lchamini olish uchun va detalni o’rnatiladigan joyiga keltirish uchun qo’lda chilangarlik ishlovi beriladi.
To’liq o’zaro almashuvchanlik tamoyili bo’yicha yig’ish yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda detal mexaniqa sexida chekli kalibrlar bo’yicha ishlov beriladi va dastgohdagi operatsiyalar detalga kerakli shakl va o’lcham berilishi uchun ishlov berishning oxirgi bosqichi hisoblanadi.
Agar yig’ishda detal biriktiriladigan boshqa detal bilan dastlab saralanmasdan yoki tanlamasdan tutashtirilsa va bunda biriktirish zarur va qoniqtiruvchi o’tkazishni keltirish jarayonsiz hosil qilinsa, bunday yig’ish to’liq o’zaro almashinuvchanlik bilan yig’ish deyiladi, bunday yig’ishda oqim bo’yicha yig’ish jarayonini tashkil etish mumkin.
Biriktiriladigan detallar chekli kalibrlar bo’yicha, biroq katta dopusklar bilan tayyorlangan bo’lsa, yig’ish detallarining o’lchami bo’yicha dastlabki tanlab olish yo’li bilan amalga oshirilsa qisman o’zaro almashinuvchanlik bilan yig’ish deyiladi. Biriktirishda kerakli o’tkazishni ta’minlaydigan detallarni o’lchami bo’yicha belgilangan dopusk chegarasida tayyorlangan va yig’ishga kelgan har qanday detallar ichidan olinishi individual tanlab olish orqali yoki belgilangan dopusk chegarasida o’lchamlari bo’yicha guruhlarga ajratib olish yo’li bilan - guruhli tanlov orqali olish mumkin. Bunday yig’ish yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Uzeli yig’ishda mahsulotning tarkibiy qismi yig’ma birligi (uzel) yig’ish ob’ekti hisoblanadi. Umumiy yig’ishda yaxshi mahsulot yig’ish ob’ekti bo’lib hisoblanadi.
Yig’ish – zagotovka yoki mahsulotning tarkibiy qismlarini bir ajralmas yoki ajraluvchi bo’lak hosil qilishdir. Yig’ish detallarni oddiy biriktirish, ularni presslash, rezba orqali biriktirish, payvandlash, qalaylash, kleylash va boshqalar orqali amalga oshirilishi mumkin. Yig’ish hajmiga ko’ra umumiy yig’ish yoki uzelli yig’ish turlariga bo’linadi.
Donalab va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida yig’ish ishlarining asosiy qismi umumiy yig’ish va ozgina qismi esa alohida yig’uv birikmalarini amalga oshirish bilan bajariladi. Ishlab chiqarish seriyasining o’sishi bilan yig’ish ishlari ko’proq alohida yi`guv birikmalarini yig’ishga bo’linadi, yalpi va katta seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida yig’uv birikmalarning ulushi asosiy qig’uv jarayoni ulushidan oshib ketadi.
Bu yig’ish ishlarini mexanizasiyalashishi va avtomatlashtirilishiga va samaradorlikning o’sishiga olib keladi. Yig’ish jarayoni davriga ko’ra dastlabki, oraliq, payvandlash orqali yig’ish va tugal yig’ish bosqichariga bo’linadi. Dastlabki yig’ish - kelgusida qaytadan qismlarga ajratiladigan zagotovkalar tarkibiy qismi yoki to’liq mahsulotni yig’ish.
Masalan, qo’zg’almas kompensator o’lchamlarini aniqlash maqsadida dastlabki yig’ish. Oraliq yig’ish – birga ishlov berish maqsadida zagotovkalarni yig’ish. Reduktor korpusi va qopqog’ini podshipnik o’rnatiladigan teshikka ishlov berish maqsadida yig’ish, shatun va shatun qopqog’ini kolen valdagi shatun bo’g’ziga ishlov berish uchun yig’ish va boshqalar. Payvandlash orqali yig’ish – zagotovkalarni payvandlash orqali yig’ishlar bularga misol bo’la oladi.
Detallarni payvandlash orqali yig’ishjarayoni ko’pgina hollarda umumiy yoki birikmalarni yig’ish bosqichida amalga oshiriladi. Payvandlash ishlarining katta qismi turli transport mashinalarning kabina va ko’zov qismlarini tayyorlashda qo’llaniladi. Payvandlash jarayonida asos, kabina va ko’zavning boshqa elementlari mahsus fiksatorlar moslamalari yordamida ushlab turiladi va bu orqali elementlarning o’zaro to’g’ri joylashuvi ta’minlanadi.
Oxirgi (tugal) yig’ish – ishlab chiqarish jarayonida boshqa qismlarga ajratish ko’zda tutilmaydigan mahsulot yoki uning qismlarini yig’ish jarayoni. E’tibor berish lozimki, tugal yig’ishdan keyin haridorga yetkazib berish va upakovka qilish maqsadida ayrim buyumlar uchun demontaj ishlarini bajarish mumkin.
Yig’ish jarayonida mashina detallarini biriktirishda berilgan aniqlik chegarasida ularning o’zaro joylashuvini ta’minlash zarur. Yig’ish aniqligi deganda konstruktorlik hujjatlarida berilgan mahsulot parametrlarining mos qiymatlarini ta’minlash mahsulot yig’ish jarayoni xossasi tushuniladi. Yig’ish natijasida detallarning va yig’uv birikmalarining o’zaro joylashuvi shunday ta’minlashi kerakki, ularning ishchi yuzalari yoki ushbu yuzalarning bir-birga nisbatan harakatlanishi, shuningdek turg’un holatda nafaqat yig’ish jarayonida, balki mashinani ekspluatatsiyasi davrida ruxsat etilgan chegaradan chiqib ketmasligi kerak.
Detallarga tejamkor ishlov berish va mashinalarni yig’ishning eng maqbul ruxsat etilgan chegaralarini aniqlash vositalardan biri o’lcham zanjirini hisoblash va tahlil qilish hisoblanadi.
Uchtadan ko’p bo’lmagan tashkil etuvchi zvenolardan iborat texnologik yig’ish kichik o’lcham zanjiri to’liq o’zaro almashinuvchanlik prinsipi bilan hisoblanadi.
Yig’iladigan buyumlar konstruksiyasini mos o’lcham hisoblarini bajarish orqali o’lcham tahlili bajariladi va yig’ishdagi talab etilgan aniqlikning eng maqul usuli tanlanadi.
Ushbu ishlab chiqarish sharoitida loyihalanayotgan yig’ish jarayonining tabaqalanish darajasi aniqlanadi.
Barcha yig’uv birliklari va buyum detallarining birikish ketma-ketligi o’rnatiladi hamda umumiy va mahsulotni uzelli yigi`sh sxemalari to’zi ladi. Eng unumdor, tejamkor va texnik jihatdan maqsadga muvofiq biriktirish, joylashuvini tekshirish va o’rnatish usullari aniqlanadi. Yig’ish texnologik jarayonining tarkibi to’zi lib, nazorat qilish va oxirgi tekshiruvdan o’tkazish usullari aniqlanadi.
Texnologik jarayonni bajarish uchun kerakli texnologik uskunalar ishlab chiqiladi. Yig’ish ishlarini texnik me’yorlashtirish va yig’ish jarayonining iqtisodiy ko’rsatkichlari hisoblanadi. Yig’ish jarayonining texnik hujjatlari rasmiylashtiriladi.
Istalgan mashina va uning mexanizmlarini ixtiyoriy ketma-ketlikda bajarib bo’lmaydi. Detallarning bog’lanish tartibi, avvalo, yig’ilayotgan buyum yoki uning qismlarining konstruksiyasiga, shuningdek yig’uv ishlarini tabaqalanish darajasiga bog’liq.
Yig’ish texnologik jarayonini loyihalash yig’ish birliklari va detallar qatoriga bo’lishdan keyin boshlanadi.
Detal – yig’ish jarayonlarini qo’llamasdan bir tarkibli material va markasidan tayyorlangan buyum.
Yig’uv birligi – tayyorlovchi korxonada yig’ish jarayonlari yordamida tarkibiy qismlari birlashtirilgan buyum. Adabiyotlarda “yig’uv birligi” termini o’rnida ko’pincha “uzel” tushunchasidan foydalaniladi.
Kompleks – ekspluatasiya paytida birga qo’llaniladigan, tayyorlovchi korxonada yig’ish jarayonlari bilan biriktirilmagan ikki va undan ortiq maxsus buyumlar.
Komplekt – ekspluatasiya paytida birga qo’llaniladigan, tayyorlovchi korxonada yig’ish jarayonlari bilan biriktirilgan ikki va undan ortiq maxsus buyumlar.
Agregat – to’liq o’zaroalmashinuvhanlikka ega, buyumning tarkibiy qismlarini boshqalaridan alohida yig’ish imkoniyati va buyumda ma`lum bir vazifani bajarishga layoqatli yig’uv birikmasiga aytiladi.
Buyumlarni yig’uv birliklari va detallarga bo’lish vaqtida quyidagi tavsiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq:
Yig’uv birikmasi gabarit o’lchamlari va og’irligiga ko’ra katta yoki ko’p sondagi detallardan tashkil topmasligi kerak;
Agar yig’ish jarayonida sinash, pishitish ishlarini o’tkazish talab etilsa, u alohida yig’uv birikmasiga ajratilishi kerak;
Yig’uv birikmasi mashinaga o’rnatilgandan so’ng boshqa qismlarga ajratish ishlaridan holi bo’lishi kerak, agar bunday qilishning iloji bo’lmasa, kerak ajratish ishlari texnologiyada ko’zda tutilishi zarur;
Asosiy baza detaldan tashqari mashina detallari, shunigdek biriktirish detallari va rezbali bog’lanishlaru yoki bu yig’uv birligiga kiritilishi zarur.
Ko’pchilik yig’uv birliklari uchun yig’ish mehnat sarfi deyarli bir xil bo’lishi kerak;
Yig’uv birliklari yig’ish jarayonida ham, keying tranportirovka qilish va montaj ishlarida ham qismlarga ajratilmasligi kerak;
Yig’uv birliklarining gabarit o’lchamlari ularni yig’ish va tranportirovka qilish imkoniyatini ta’minlash imkoniyatidan kelib chiqish kerak;
Yig’uv jarayonlari metallni qirqish bilan bog’liq tayyorlash va moslash ishlaridan so’ng bajarilshi kerak;
Buyumni shunday qismlarga ajratish kerakki, konstruktiv sharoit bir biriga bog’liq bo’lmagan eng ko’p yig’uv birliklarini yig’ish imkoniyatini berishi darkor.
Zagotovkalarni olish hamda ularga mexaniq ishlov berish texnologik jarayonlari yalpi va seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida odatda mexanizasiyalash va avtomatlashtirishdan to avtomatik liniya, uchastka va sexlarni yaratishgacha rivojlanishiga asoslanadi. Yig’ish jarayoni esa hatto yalpi ishlab chiqarish sharoitida ham qisman qo’l mehnatini talab qiladi va katta mehnati hamda yuqori malakali ishchilar orqali amalga oshiriladi.
Xozirgi kunda yig’ish ishlarining 25-30% mexanizasiyalashtirilgan, 5-7% ga yaqini esa avtomatlashtirilgan, qolgan qismi asosan qo’l kuchi yordamida bajarib kelinmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri yig’ish jarayonlarini murakkabligi hisoblansa, ikkinchidan bu texnologik jarayonlarini mexanizmlar va avtomatlar yordamida bajarish va unga kerak bo’lgan texnologik jihozlar etishmasligidir.
Bunday texnologik jihoz va mexanizmlarni ishlab chiqarish, ularni korxonalarga tadbiq etish xozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi
|
| |