Nazorat qilishni avtomatlashtirish




Download 13,28 Mb.
bet75/83
Sana29.11.2023
Hajmi13,28 Mb.
#107865
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83
Bog'liq
AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob

8.5 Nazorat qilishni avtomatlashtirish
Avtomatik yig’ishning texnologik jarayonini quyidagi ketma-ketlikda ishlab chiqiladi: mahsulot sifati, detalni tayyorlash va uni nazoratdan o’tkazish to’g’risidagi ma’lumotlarni o’rganib chiqish; yig’iladigan mahsulotning sifatiga eng ko’p ta’sir qiladigan operatsiyalarni aniqlash; birikish va yig’ish rejimi turlarini, konstruktorlik bazalari, yig’ish pozitsiyasiga elementlarni orientirlash va uzatish sharoitlarini o’rganib chiqish; iqtisodiy jixatdan baxolash; mahsulotni avtomatik yig’ish to’g’risida dastlabki karorlarni qabul qilish; mahsulotni optimal darajada qismlarga ajralishini aniqlash va avtomatik yig’ish sharoiti uchun mahsulot konstruksiyasini texnologiya bopligini oshirish bo’yicha imkoni boricha choralarni aniqlash; biriktirishni avtomatik yig’ish usulini tanlash; operatsiyalarni konstruksiyalash va differensiyalash imkoni borligi va maqsadga movfiqligi to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lgan yig’ish sxemasining texnologik variantlarini, hamda detallarni bazalash va ularni maxkamlash sxemasining variantlarini ishlab chiqish; yuklash va orientirlash qurilmalarini, nazorat qilish mexanizmlarini, yig’ish kallaqlarini, tashish qurilmalarini va boshqallarni tanlash. Imkoni bo’lgan variantlarni texnik-iqtisodiy jixatdan taxlil qilish asosida yig’ishning texnologik jarayoning eng ratsional variantini tanlab olinadi.
Mahsulotni avtomatik yig’ishning tipli yig’ish jarayoni quyidagi o’tishlardan tarkib topgan: tutashadigan detallarni nuqta va belgilar orqali yig’ish pozitsiyasiga uzatishda dastlabki orientirlash bilan bunkerli yuklash yoki tashish qurilmalariga yuklash; yig’ish pozitsiyasiga tutashadigan detallar sirtlarining holatini talab qilingan aniqlik bo’yicha fazoda orientirlash; tutash detallar yoki yigma birliklarning talab qilingan nisbiy holati aniqligini nazorat qilish; tayyor yigma birlik yuklash va tashish.
Avtomatik yig’ishning texnologik jarayonini loyxalashda texnologik operatsiyalarning barcha o’tishlarini avtomatlashtirish zarurligini ko’zda tutiladi, yig’ish jarayonida detalning holati eng kam miqdorda o’zgarishini ta’minlash, texnologik jarayonlarni oqim bo’yicha to’zi shni va yig’ish operatsiyalari va o’tishlar nazorat qilish bilan ketma-ketlikda qurishni ta’minlanadi.
Texnologik jarayon yig’ish pozitsiyasiga berilgan holatda detallarni uzatishdan boshlanadi: buning uchun tegishli passiv va aktiv orientirlovchi orientirlash qurilmalaridan foydalaniladi. Birinchi holatda noto’g’ri orientirlangan detallar tebranma bunkerdan uloqtirib tashlanadi. Aktiv orientirlashda ta’minlash mexanizmidagi maxsus qurilmalar detalni noto’g’ri holatga majburiy o’rnatadi, buning uchun ma’lum bir vaqt sarflanadi, bu vaqt ichida orientirlash qurilmasi oldida uzatiladigan detallarning navbati hosil bo’ladi.
Bazaviy detallarni yig’ish pozitsiyasiga o’rnatish detal o’lchamlarining belgilangan dopuski oraligida tutash sirtlarning stabil holatini ta’minlashni hisobga olgan holda olti nuqta qoidasiga binoan amalga oshiriladi: dastlabki o’rnatish va orientirlash, yakuniy fiksasiyalash.
Har bir operatsiyaning davomiyligi biriktirish konstruksiyasini, tutashma harakterini, yig’ish jihozining bajaruvchi organlarining ishchi harakatlarining traektoriyasi va tezligini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Avtomatik yig’ishning texnologik jarayonini loyxalashda avval differensiallangan variant ishlab chiqiladi. Bunda har bir operatsiya uchun bajaruvchi mexanizmning turi va har bir operatsiyaning bajarilish davomiyligi aniqlanadi. Keyin avtomatik jihozda ishchi pozitsiyalarini kamaytirish maqsadida operatsiyalarini konsentrasiyalash imkoni ko’rib chiqiladi. Operatsiyalarini konsentrasiyalash jihoz konstruksiyasini ortiqcha murakkablashtirib yuborishiga olib kelishi mumkinligini, uning ishlash ishonchliligini kamaytirish mumkinligini, hamda yig’ish qurilmasini sozlash va ishlatishni qiyinlashtirishi mumkinligini hisobga olish zarur.
Avtomatik yig’ishda yig’ish pozitsiyasiga detallarni o’zaro orientirlash eng murakkab va ma’suliyatli o’tish bo’lib hisoblanadi. Bunda detallar bir biriga nisbatan ketma-ket harakatlar bilan xalaqit qilmasdan yig’ish mumkin bo’lgan holatda joylashishi kerak. Orientirlash usullariga talablar qo’yiladi, ya’ni detalolarning o’lchamlari ularning dopuski oralig’ida tebranishi detallarning holatiga kam ta’sir qilsin. Yig’ishdan oldin detalarini nisbiy orientirlashni amalga oshirishning usuli mavjud: qattiq bazalash va o’zi orientirlash.
Avtomatik yig’ishning ayrim xollarida qattiq bazalash usuli detallarni to’liq tutashtirishga to’liq kafolat bera olmaydi, shuning uchun avtomatlashtirishda yig’ishning ishonchliligini oshirish maqsadida o’zi orientirlash (o’zi qidirish) usuli qo’llaniladi. Yig’iladigan detallarni o’zi orientirlaydigan qurilmaga tebranuvchi qurilma hizmat qilishi mumkin. Ushbu qurilma bir biriga nisbatan perpendikulyar joylashgan, ularning yakorlari yig’ish moslamasining bajaruvchi elementlari bilan qattiq bog’langan bo’ladi. Elektromagnitlar 1 moslama asosiga maxkamlangan. Tutashadigan detallardan biri 4 moslamaning qo’zg’aluvchan platformasi 3 ga qattiq qilib maxkamlanadi, platforma elektromagnitlarning yuqoriga 2 ulangan bo’ladi. Boshqa tutashadigan detal chizmaning perpendikulyar tekisligi yo’nalishida uzatiladi. Elektromagnitlar 1 katushkasi tokni katushkalarga faza bo’yicha 90 gradusga siljishini va elektromagnitlarning almashib harakatlanishini ta’minlaydigan yarim o’tkazgichlar orqali tarmoqqa ulangan. Bunda yakorning 2 elektromagnitlar 1 katushkasi serdechnikiga tanaffus bilan tortadi, ularning ulanganidan so’ng platforma 3 detal 4 bilan avvalgi holatiga prujinalar 5 ta’sirida qaytadi.
Bu yig’iladigan detallarning ishonchli tutashishini detal 4 ni aylana traektriyasiga yaqin bo’lgan siljishi orqali ta’minlaydi.
Avtomatik yig’ish texnologiyasining yangi yo’nalishi hisoblangan yig’ish ishlarini tutashadigan detallarni tayyorlash jarayoni bilan keng ko’lamda olib boriladi, hamda avtomatlarda uzel detalini yig’ishni ishlov berish ishlari bilan birgalikdagi qo’shilgan operatsiyalarni kiritiladi.
Avtomatik yig’ishning xozirgi paytda yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda unga katta bo’lmagan uzellarni qo’llaniladigan yig’ish uskunalarida amalga oshiriladi.
Avtomatik yig’ish jihozlarining asosiy uzellariga quyidagilar kiradi:

  1. yig’iladigan detallarning zaxirasini hosil qiluvchi yuklovchi bunker yoki magazinli uskuna;

  2. yig’ish pozitsiyasiga orientirlangan holatda detallarni yetkazib beruvchi orientirlash uskunasi;

  3. yig’ish pozitsiyasiga orientirlangan detallarni uzatuvchi ta’minlash mexanizmlari;

  4. orientirlangan detallarni ta’minlash mexanizmlaridan qabul qiluvchi va tutashtirish amalga oshirilgunga qadar ma’lum bir holatda ushlab turuvchi yig’ish pozitsiyalari;

  5. tutashtirishni va birikmani ko’rishtirishni bajarish uchun mexanizmlar (presslar, vint burovchilar, yig’uvchilar va shunga o’xshash uskunalar).

Agar yig’ish ko’p pozitsiyali bo’lsa, uskuna tarkibiga yana burilish stoli
(yig’ish avtomatlari yoki transporter (avtomatik yig’ish liniyalari) ko’rinishidagi operatsiyalararo tutashuvchi mexanizmlar ham kiradi.
Selektiv yig’ishda yig’ish uskunasi tarkibiga uzelni yig’ishdan oldin detallarni o’lchash va bitta yoki bir necha o’lcham guruhlariga saralash uchun nazorat – saralovchi avtomat xam kiradi.
Oddiy konfigurasiyali mayda va o’rta o’lchamli detallar (shaybalar, disklar, valiklar, vtulkalar va boshqalar) yig’ish pozitsiyasiga bunkerdan uzatiladi. Bunkerga bir necha soatga etadigan miqdorda detallar yuklab qo’yiladi. Yanada murakab shaklli detallarni magazinlarga yuklanadi. Yirik va murakkab detallar (korpuslar, karterlar) yig’ish pozitsiyasiga kulda o’rnatiladi.
Yig’ish jihozining turini tanlash yig’iladigan uzelning konstruksiyasiga, mahsulotni yillikishlab chiqarish xajmiga va stabilligiga boglik. Quyida turli xildagi yig’ish jihozlaridan foydalanilganda mahsulotni yillik ishlab chiqarish qiymati keltirilgan (ming dona hisobida):
Yig’ish moslamalari, mexanizasiyalashgan asbob (gayka burovchi, vint burovchi va boshqalar) …………………….20 gacha
Yig’ish joyiga detalni mexanizasiyalashtirilgan uzzatishga ega bo’lgan yig’ish qurilmalari ………………20-100
Bir pozitsiyali yarim avtomatlar ……………………100-200
Ko’p pozitsiyali yarim avtomatlar …………………..200-1000
Avtomatik yig’ish liniyalari ………………1000 dan ortiq

Download 13,28 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83




Download 13,28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nazorat qilishni avtomatlashtirish

Download 13,28 Mb.