|
Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects
|
bet | 59/75 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 2,66 Mb. | | #122696 |
Bog'liq Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € techn (1) (1)turt. = (t1+t2+t3+tn)/P (9.2)
Rad etishlarning xaqliyligi bilan ikkinchi davr uchun o‘rtachaa buzilmay ishlash vaqti orasida quyidigi bog‘lanishni yozish mumkin ( = const , deb hisoblanadi).
Qo‘shni ikki rad etish orasidagi o‘rtacha vaqt quyidagicha aniqlanadi:
turt. = (t1+t2+t3+tn)/n (9.3)
bunda t1 - birinchi rad etishgacha ishlash vaqti:
t2 - birinchi va ikkinchi rad etishlar orasida ishlash vaqti:
tn - n-1va n - rad etishlar orasida ishlash vaqti. n - rad etishlarning umumiy soni.
Buzilmay ishlash extimolligi deganda sistema (detal, element) belgilangan davr ichida ma‘lum rejim sharoitida ishlatilganda rad etishning sodir bo‘lmaslik extimolligi tushuniladi.
Ayrim detallarning puxtaligini ularning yuklamasi (elektrik mexanikaviy termik yuklamasini) kamaytirish hisobiga xam, takomillashgan materiallar, texnologiyadan foydalanish va tayyor buyumlarni sinchiklab nazorat qilish hisobi- ga xam oshirish mumkin. Bu tadbirlar yoki gabaritlarni kattalashtirish bilan yoxud narxni ancha oshirish bilan bog‘liq. Puxtalilikni oshirishning ikkinchi yo‘li rezervlashdir. Umumiy va ayrim rezervlash bo‘ladi.
Umumiy rezervlashda har qaysi rostlagich yoki uning biror qismi xuddi shunday rostlagich yoki uning qismi bilan rezervlanadi. Rezerv rostlagichlar soni rostlagichning vazifsiga qarab istalgancha bo‘lishi mumkin. Rezerv rostlagichni ishga tushirish uchun avtomatik qurilma bo‘lishi shart. Asosiy rostlagich ishdan chiqqanda bu qurilma avtomatik tarzda ishga tushishi lozim.
Ayrim rezervlashda rostlagich elementlarining har biri yoki uning qismlari xuddi shunday elementlar bilan mustaqil rezervlanadi.
Sistemaning puxtaliligini oshirishda avtomatikaning elektr sxemalarni takomillashtirish va soddalashtirish xam muxim axamiyat kasb etadi. Bu usul keng qo‘llaniladi, chunki qurilmalarning puxtaliligini oshiradi, vaznini, gabaritlarini va narxini kamaytiradi. Muxim ARS larda rad etishlarning oqibatini cheklovchi sxe- malar qo‘llaniladi, shuning uchun xar qanday element ishdan chiqqanda ham avariya sodir bo‘lmaydi.
|
| |