• References: prof . Amirov S. F. doc . Rahmatov A. D. A.X.Vаxidov, D.A.Abdullaеva. /AVTOMATIKANING TЕXNIK
  • © TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI. (TIMI) 2011 y.
  • Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects




    Download 2,66 Mb.
    bet2/75
    Sana18.12.2023
    Hajmi2,66 Mb.
    #122696
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
    Bog'liq
    Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € techn (1) (1)

    Рецензенты: прoфeссoр, д.т.н. Aмиров С.Ф., дoцeнт, к.т.н. Рахматов A.
    This book intended for studding the following disciplines "Technical means of automation" go the bachelors course 5521800 - "Automation and management (control)" and also 5520200 - "Еlectroenergetics(control) ".
    We know that automation of different technological processes is possible only in the presence of separate technical means incident between each other, inside of which there is quantitative and quantitative transformation of physical manipulate.
    Еach of this means implements its ows function consisting of automatic management of device. To such means of automation we should refer transmitters of automation, amplifiers of automation, means electrical relay regulators and microprocessor – based means of regulation , exciter mechanisms
    This book is devoted to study of this means of automation and their correct further technical val- uation
    References: prof . Amirov S. F. doc . Rahmatov A. D.
    A.X.Vаxidov, D.A.Abdullaеva. /AVTOMATIKANING TЕXNIK VOSITALARI/
    (Oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanma) Toshkent, 2011 yil – 128 bet


    © TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI. (TIMI) 2011 y.

    KIRISH


    Qishloq va suv xo‘jaligidagi ko‘plab tarmoqlarda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlaridan foydalanishni talab qiladi. Shuning uchun soha bo‘yicha tayyorlanayotgan mutaxassislar avtomatikaning texnik vositalari, avtomatik nazorat, avtomatik rostlash, avtomatik boshqaruv tizimlari, operativ xizmat tarmog‘i haqida maxsus bilimga ega bo‘lishlari zarur.
    O‘zbekiston Respublikasining «Тa‘lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» mamlakatimizda ta‘lim tizimini isloh qilishning asosini yaratib berdi. Bu esa Oliy ta‘lim dargohlarida sifat jihatdan yangi raqobatbardosh milliy kadrlarni tayyorlashda negiz hisoblanadi. Ko‘rsatilgan masalalarni hal qilishda Oliy o‘quv yurtlarining «Eektroenergetika», «Avtomatlashtirish va boshqarish» va
    «Qishloq xo‘jaligidagini еlektrlashtirish va аvtomatlashtirish» ta‘lim yo‘nalishlari uchun «Avtomatikaning texnik vositalari» fani kiritilgan.
    Avtomatika - fan va texnikaning alohida sohasi bo‘lib, bu soha avtomatik boshqarish nazariyasi, avtomatik tizimlar yaratish prinsiplari va bu tizimlarda qo‘llaniladigan texnik vositalar bilan shug‘ullanadi. Avtomatika so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, o‘zi xarakatlanuvchan moslamani anglatadi. Avtomatika fan sifatida 18-asrning ikkinchi yarmida, ya‘ni ip-yigiruv, tikuv stanoklari va bug‘ mashinalari kabi birinchi murakkab mashina - qurilmalarining paydo bo‘lish davrida ishlatila boshlandi.
    Тexnika tarixida birinchi ma‘lum bo‘lgan avtomatik qurilma Polzunov bug‘ mashinasi (1765 y.) hisoblanadi. Bu mashina oddiy shamol va gidravlik dviga- tellarning o‘rniga ishlatilgan va odam ishtirokisiz suvning sathini rostlagan. Avtomatik rostlashning asosiy prinsiplarini ingliz olimi F. Maksvell tomonidan 1868 yilda ishlab chiqildi.
    Тexnikaning rivojlanishi va odamlarning og‘ir qo‘l mexnatidan bo‘shashiga qaramasdan ish jarayonlari va mehnat qurollarini boshqarish kengayib va murakka- blashib bordi. Ayrim holatlarda esa maxsus qo‘shimcha elementlarsiz mexanizatsiya- lashgan ishlab chiqarishni boshqarish imkoniyatlari murakkablashdi. Bu esa o‘z navbatida avtomatikaning muhimligini va uni rivojlantirish kerakligini isbotladi.
    Avtomatika - mashina texnikasi rivojlanishining yuqori pog‘onasi hisoblanadi. Bunda odamlar nafaqat jismoniy mehnatdan, balki mashina, qurilmalar va ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ularni boshqarishdan holis bo‘ladilar. Avtomatika mexnat unumdorligini oshirish, ish sharoitlarini yaxshilash, jismoniy va aqliy mexnatni bir-biriga yaqinlashtirish kabi ko‘plab jarayonlar uchun hizmat qiladi.
    Bugungi kunda avtomatika alohida fan sifatida o‘z yo‘nalishlariga ega. Bu fan avtomatik boshqarish tizimlarining nazariyasi va uning tuzilish tamoillari bilan shug‘ullanadi.
    Нozirgi davrda fan texnika taraqqiyoti shunday ilgari surildiki, mavjud texnika va texnologiyalar ishlab chiqarishda yangi, har taraflama zamon talabiga javob be- radigan texnik vositalar bilan ta‘minlash zaruriyati tug‘ildi. Хorijiy mamalakatlardan keltirilayotgan yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish esa yuqori bilim va ma- laka talab etadi.
    Qishloq va suv xo‘jaligini ishlab chiqarishda avtomatik boshqarish tizimlarini qo‘llash yuqori samaradorlikka ega, chunki ko‘p bosqichli ishlab chiqarish jarayon- larda iqtisodiy samaradorlikka erishish uchun imkon boricha mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalaridan keng foydalanish talab qilinadi.
    Qishloq va suv xo‘jaligini avtomatlashtirish asosan sanoatdagi texnologik ja- rayonlarni avtomatlashtirishdagi tajribalarga asoslanadi. Shu bilan birga qishloq va suv xo‘jaligidagi texnologik jarayonlar, shu jumladan gidrotexnik inshootlari, nasos
    stansiyalari, suvni hisobga olish kabi sohalar o‘zining shunday maxsus xususiyatlariga egaki, bu holda tanlangan texnik vositalar va elementlar ma‘lum texnologik talablarga javob berishi kerak.
    Qishloq va suv xo‘jaligida ish unumdorligini oshirishning asosiy yo‘llaridan bi- ri dexqonchilik jarayonlarini avtomatlashtirish hisoblanadi. Dehqonchilik so- hasida mexanizatsiyalash jarayonlari yetarli darajada rivojlanish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lsada, lekin ularni avtomatlashtirish sohasi xaligacha oqsoqlab kelmoqda. Buning asosiy sabablari, birinchi navbatda dehqonchilik jarayonlarining murakkabligi yer va suv sharoitlarining xilma-hilligidir, jumladan:

    1. jarayonlarni xarakatlanuvchan agregatlar bajarishi, tuproq va o‘simlikni esa qo‘zg‘almasligi;

    2. agregatning xar hil ob-havo sharoitida ishlashi;

    v) materialning bir jinsli bo‘lmasligi (hosildorligi, namlik, ifloslik hamda kutilmagan faktorlar);
    g) relefning murakkabligi (pastlik - balandlik, chuqurlik).
    Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, bo‘lajak elektromexanik mutax- assislari oldida qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishida avtomatik boshqarish va rostlash tizimlari hamda avtomatikaning texnik vositalarini qo‘llash kabi o‘ta dolzarb masalalar turibdi.
    Fanning maqsadi talabalarda avtomatik boshqarish va rostlash tizimlari va texnik vositalarni tahlil qilish hamda ularni qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida foyda- lanish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
    Avtomatikaning texnik vositalariga nazorat axborotlarini qabul qiluvchi, uzatu- vchi, o‘zgartiruvchi, saqlaguvchi, programmalashtirilgan axborot bilan solishtiruvchi, buyruq axborotini shakllantiruvchi hamda texnologik jarayonga ta‘sir ko‘rsatuvchi quyidagi uskunalar va texnik qurilmalar kiradi: datchiklar, relelar, kuchaytirgichlar, logik (mantiqiy) elementlar, rostlagichlar, stabilizatorlar, ijro mexanizmlari va boshqalar. Bunday texnik vositalar avtomatikada o‘lchash o‘zgartkichlari deb ham yuritiladi
    Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishini avtomatlashtirish jarayoni umuman olganda uch davrga bo‘linadi.
    Birinchi davr - ayrim texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish. Jarayonning ayrim parametrlari avtomatlashtirilgan agregat yaqinida o‘rnatilgan yirik o‘lchamli asboblarning ko‘rsatishiga muvofiq ravishda rostlanadi. Bunda asboblarni mashina va uskunalar yaqiniga joylashtirish deyarli qiyinchiliklar tug‘dirmaydi. Avtomat- lashtirishning bu davrida shkalasi yaxshi ko‘rsatadigan yirik o‘lchamli asboblar ish- latiladi. Bunda bir korpusga o‘lchash asbobi, rostlagich va topshirgich joylashtiriladi.
    Ikkinchi davr - ayrim jarayonlarning kompleks avtomatlashtrish. Bunda rostlash alohida shchitga o‘rnatilgan asboblar bo‘yicha olib boriladi. Yirik o‘lchamli asboblardan foydalanish bu shchitni bir necha metrga cho‘zilib ketishiga olib keladi va shchitni nazorat qilish qiyinlashadi. Avtomatlashtirishning bu davrida shchitdagi asboblarni hajmini kichiklashtirish zarurati paydo bo‘ladi. Bu masalani hal qilish uchun kichik o‘lchamli ikkilamchi asboblar ishlatiladi.
    Uchinchi davr - to‘liq avtomatlashtirish davri. Bu davrning xarakterli xususiyati shundaki, barcha jarayonlar yagona dispetcherlik punktiga markazlashtiri- ladi. Shu bilan birga, mitti ikkilamchi asboblarni ishlatish extiyoji paydo bo‘ladi. Doimiy nazoratni talab qilmaydigan o‘lchash va rostlash asboblari (yirik gabaritli) shchitdan tashqariga o‘rnatiladi.

    1. Birlamchi o’zgartgichlar

      Оraliq o’zgartgichlar
      BOB. AVTOMATIKANING TEXNIK VOSITALARI VA FUNKSIONAL ELEMENTLARI XAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR


      1. Download 2,66 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




    Download 2,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects

    Download 2,66 Mb.