Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects




Download 2,66 Mb.
bet8/75
Sana18.12.2023
Hajmi2,66 Mb.
#122696
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75
Bog'liq
Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € techn (1) (1)

BOB. AVTOMATIKA DATCHIKLARI

  1. Datchiklar haqida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi.


Хar xil texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ularning ko‘rsatkichlari xaqida ma‘lumot olish zarur hisoblanadi. Bu maqsadda birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki datchiklar) keng qo‘llaniladi. Datchik deb nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni kerakli yoki avtomatika tizimining keyingi elementlarida qo‘llash uchun qulay qiymatga o‘zgartiradigan vositaga aytiladi.
Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan o‘zgartirgichlar asosan olti guruxga bo‘linadi: mexanik; elektromexanik; issiqlik; el- ektrokimyoviy; optik va elektron - ion.


ELEKТRIK DAТChIKLAR



Potensiometrik

Kontaktli (ko’mir)

Tenzometrik

Induktiv

Transfоrmatorli

Magnitoеlastik

Yuzasi o’zgaruvchan

Masofasi o’zgaruvchan

Dielektrik singdiruvchanlik

Induksion

Fotoelektrik

P’ezo-elektrik
2.1-rasm. Elektrik datchiklarning turlanishi.

Mexanik o‘zgartirgichlar mexanik kirish ko‘rsatkichlarni (bosim, kuch, te- zlik, sarf va x.k.) mexanik chiqish ko‘rsatkichlarga (aylanish chastotasi, bosim va


x.k.) o‘zgartirib berish bilan xarakterlanadi. Bunday o‘zgartirgichlarning sezgirlik elementi sifatida elastik elementlar (membrana, prujini, balka kabilar) poplavoklar, krilchatkalar va drosselli qurilmalar ishlatiladi.
Elektromexanik birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki elektrik datchiklar) kirish mexanik ko‘rsatkichlarni (bosim, kuch, sarf kabilar) chiqish elektrik ko‘rsatkichlarga (kuchlanish, tok, qarshilik, induktivlik va kabilar) o‘zgartirib ber- ish uchun xizmat qiladi. Elektromexanik o‘zgartirgichlar parametrik va generator o‘zgartirgichlarga (yoki datchiklarga) bo‘linadi.
Parametrik datchiklarda chiqish ko‘rsatkichini elektr zanjir kattaliklari (qarshilik, induktivlik, o‘zaro induktivlik, elektr sig‘imi va kabilar) tashkil topadi. Bunday turdagi datchiklarda elektr toki va kuchlanishi sifatida chiqish signalini olish uchun ularni maxsus elektr sxemalariga (ko‘prikli, differensialli) ulash hamda allohida energiya manbasiga ega bo‘lishi kerak .
Generator datchiklarida bevosita sezgir elementda kirish signali Х chiqish signali U o‘zgartiriladi. Ushbu o‘zgartirish kirish signali energiyasi hisobiga bo‘ladi va chiqish signali E.YU.K. ko‘rinishida hosil bo‘ladi. Generator datchiklari juda oddiy bo‘ladi, chunki ular qo‘shimcha energiya manbaisiz ulanadi.
Aniqlik darajasi bo‘yicha datchiklar 0,24; 0,4, 0,6; 1; 1,5; 2,5; 4 aniqlik sinflariga muvofiq bo‘lishlari lozim. Ish prinsipi bo‘yicha elektrik datchiklar rezis- tivli, elektromagnitli, sig‘imli va taxometrik (generatorli) ko‘rinishlarga ega bo‘ladi (2.1-rasm).
2.1 – jadval

Download 2,66 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75




Download 2,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects

Download 2,66 Mb.