|
Qishlok va suv xo’jaligi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish xususiyatlari
|
bet | 7/75 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 2,66 Mb. | | #122696 |
Bog'liq Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € techn (1) (1) 1.4. Qishlok va suv xo’jaligi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish xususiyatlari
Qishloq va suv xo‘jaligidagi ishlab chiqarish jarayonlari murakkab axborot almashinuvi va jarayonlariga ega bo‘lib, ular turli ko‘rinishlarda berilishi mumkin. Bu esa shu sohada qo‘llanuvchi mashina va uskunalarning maxsus ish rejimlariga mos tushmay qolishi, oqim liniyalardagi ishlab chiqarish jarayonlarini to‘xtab qol- ishi, suv xo‘jalik mashinalarining ish rejimlari bir-biriga mos tushmay qolishiga olib kelishi mumkin.
Qishloq va suv xo‘jaligining yana bir muhim xususiyatlardan biri ulardagi texnika va qurilmalarning katta maydonlarda joylashgani va ta‘mirlash bazasidan uzoqligi, uskunalarning kichik quvvatga ega ekanligi, ish jarayonining mavsumiyligi hisoblanadi. Jarayonlar xar kuni ma‘lum sikl bo‘yicha qaytarilishiga qaramay, mashinalarning umumiy ish soatlari nisbatan kam hisoblanadi. Demak, bu sohada qo‘llanuvchi avtomatlashtirish vositalari turli ko‘rinishlarga ega bo‘lib, nisbatan arzon, tuzilishi jihatidan sodda, ishlatishga qulay va ishonchli bo‘lishi kerak. Bunday sharoitda avtomatlashtirish vositalari aniq va ishonchli ishlashi lo- zim, chunki bunday jarayonni tabiatan to‘xtatib, uzib qo‘yib bo‘lmaydi. Misol uchun, gidromelioratsiya tizimlarida avtomatlashtirish vositalari tabiiy sharoit o‘zgarishiga qaramay, sutka davomida texnologik operatsiyalarning davomiyligini ta‘minlab berishi zarur.
Qishloq va suv xo‘jaligida tashqi tasodifiy ta‘sirlar turli ko‘rinishlarda o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Qishloq va suv xo‘jaligi avtomatikasidagi ko‘pgina ob‘ektlar texnologik maydoni yoki katta hajmda vaqt ko‘rsatkichlariga ega. Misol uchun, nasos agregatlarida ob‘ekt bo‘yicha kattaliklarni nazorat qilish va boshqarish kerak bo‘ladi (suv sathi, bosim, ish unumdorligi, xajmi va h. k).
Bunday ob‘ektlar uchun avtomatlashtirish tizimlarida birlamchi o‘zgartkichlar, ijrochi mexanizmlarning optimal miqdoriga ega bo‘lib, boshqarilu- vchi ko‘rsatkichlarning qiymatini belgilangan aniqlikda va ishonchli ravishda saqlash katta ahamiyatga ega.
Qishloq va suv xo‘jaligida qo‘llanuvchi qurilma va uskunalarning ko‘pchiligiga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri ularning tashqi muhit bilan bog‘liq holda ochiq havoda ishlashidir: namlik va haroratni keng maydonda o‘zgarishi, tur- li aralashmalar, chang, qum, agressiv gazlar hamda sezilarli tebranishlarning mavjudligi. Qishloq va suv xo‘jaligida sanoatdan farqli ravishda yuqoridagi tal- ablardan kelib chiqib avtomatlashtirish vositalari tashqi ta‘sirlarga chidamli, para- metrlarini keng diapazonda o‘zgaruvchi qilib ishlanishi zarur.
Bu esa loyihalashtirilayotgan ob‘ektdagi texnik vositalarning ishdan chiqi- shini kamaytirish, yuqori aniqlikda ishlashini ta‘minlash imkoniyatini beradi. Ko‘rsatilgan xususiyatlar eng avval tashqi muhit bilan bog‘liq sharoitda ishlovchi mashinalarda o‘rnatilgan birlamchi o‘zgartkichlar, ijro mexanizmlari, nazorat as- boblari va boshqa texnik vositalarga ta‘sir etadi. Qolgan avtomatlashtirish vositala- rini alohida xonalar yoki tashqi muxitga chidamli bo‘lgan maxsus shkaflarda o‘rnatish mumkin.
|
| |