• Тermoqarshiliklar
  • Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects




    Download 2,66 Mb.
    bet15/75
    Sana18.12.2023
    Hajmi2,66 Mb.
    #122696
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75
    Bog'liq
    Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € techn (1) (1)

    Manometrik datchiklar


    Sezgir elementining turiga qarab manometrik datchiklarni quyidagilarga ajratiladi: manometrik, silfonli va membranali (2.14-rasm).
    2.14 - rasm. Manometrik datchiklarning turlari. a - membranali, v - silfonli, s - manometrik.
    Manometrik termometrlar texnikaviy asbob bo‘lib, termotizmning ish moddasi jihatidan gazli, suyuqlikli va kondensasion turlariga ajratiladi. Bu as- boblar -1500S dan 600 0S gacha bo‘lgan suyuliq va gazsimon muhitlar xaroratini o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Maxsus to‘ldirgichli termometrlar esa 1000S dan 1000 0S gacha, bo‘lgan xaroratlarga mo‘ljallangan.
    Asbobning tizimi (termobalon, kapilyar sig‘imlari, ish moddasi) asosan gaz (gazli asboblarda) va suyuqlik (suyuqli asboblarda) bilan boshlang‘ich bosim- da to‘ldiriladi. Тermobalon isishi bilan ishchi moddaning bosimi oshadi. Buning natijasida asboblardagi membranalar, silfonlar manometrik quvurchalar xarakatlanishi boshlanadi. Sezgir elementlar xolati o‘zgarilishi natijasida ularga ulangan strelkalar xolatini o‘zgartirib kontaktlarni ishga tushiradi. Ushbu datchiklarning o‘lchash chegaralari ishchi moddaning qaynash va qotish xaro- ratlari bilan cheklanadi.
    Gazli manometrik termodatchiklarning o‘ziga hos kamchiliklaridan biri is- siqlik inersiyasining kattaligidir. Buning sababi: termobalon devorlari bilan uni to‘ldirgan gaz o‘rtasidagi issiqlik almashish koeffitsiyentining kichikligi va gaz- ning o‘tkazish qobiliyatining pastligi.


        1. Тermoqarshiliklar


    Тermoqarshiliklar xaroratni qarshilik termometrlari bilan o‘lchash xarorat o‘zgarishi bilan o‘tkazgichlar qarshiligining o‘zgarish xususiyatiga asoslangan. Demak, o‘tkazgich yoki yarim o‘tkazgichning omik qarshiligi uning xarorati funksiyasidan iborat, ya‘ni R=f(t). Bu funksiyaning ko‘rinishi termometr qarshiligi materialining xossalariga bog‘liq. Ko‘pchilik toza metallarning elektr qarshiliklari xarorat ko‘tarilishi bilan ortadi, metall oksidlar (yarim o‘tkazkichlar) ning qarshili- gi esa kamayadi. Qarshilik termometrini tayerlashda quyidagi talablarga javob beruvchi toza metallar qo‘llaniladi:

    1. Metall o‘lchanayotgan muxitda oksidlanmasligi va uning ximiyaviy tarkibi o‘zgarmasligi kerak.

    2. Metallning xarorat qarshilik koeffitsiyenti yetarli darajada katta va stabillash- gan bo‘lishi lozim.

    3. Qarshilik xarorat o‘zgarishi bilan to‘g‘ri yoki ravon egri chiziqli keskin chetlanishlar va gisterezis xolatlarisiz o‘zgarishi kerak.

    4. Solishtirma elektr qarshilik deyarli katta bo‘lishi kerak. Ma‘lum xaroratlar in- tervalida yuqoridagi talablarga platina, mis, nikel, temir, volfram kabi metallar javob beradi.

    Qarshilik termometrining issiqlik sezgir elementi diametri 0,05...0,07 mm ga teng platina simdan (ТSP) yoki diametri 0,1mm ga teng toza mis elektrolit simdan (ТSM) ishlanadi. Sanoat ishlab chiqaradigan platinali qarshilik termometrlari -200 0S dan + 650 0S gacha bo‘lgan xaroratlarni o‘lchashga mo‘ljallangan. Platina sim (5.5-rasm) chetlari tishli slyuda plastinaga induksiyasiz (biflar) o‘raladi. Plastinaga o‘ralgan platina sim, uning izolyatsiyasi va mexanikaviy mustaxkamligini ta‘minlash uchun, ikki tarafidan slyuda qoplagichlar bilan berkitiladi. Uchala slyuda detal (platina va koplagichlar) kumush lenta bilan paket hosil qilgan.
    Misli qarshilik termometrlarini sanoatda -50 0S dan + 180 0S gacha xaro- ratlarni o‘lchash uchun chiqariladi. Standart misli qarshilik termometrining emal simi bir necha qavat qilib silindr shaklidagi plastmassa sterjenga o‘raladi. Sim lak bilan qoplangan.

    2.15-rasm. Тermoqarshilikning sezgirlik elementi.



      1. Download 2,66 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75




    Download 2,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects

    Download 2,66 Mb.