Sig’im datchiklari va ularning qo’llanish sohalari
Sig‘im datchiklarida xilma-xil kirish kattaliklarni (chiziqli va burchak xarakatlarni, mexanik kuchlanish, satx va kabilar) sig‘im o‘zgarilishiga aylantiri- ladi. Amalda sig‘im datchiklari kondensatorlardan yasaladi. O‘lchaydigan kattal- iklariga qarab sig‘im datchiklari (2.10-rasm) yuzasi o‘zgaruvchan, oraliq masofasi o‘zgaruvchan va dielektrik singdiruvchanligi o‘zgaruvchan turlariga bo‘linadi.
2.10- rasm. Sig‘im datchiklarining turlari.
Тekis kondensatorning sig‘imi quyidagi tenglama orqali ifodalanadi:
(2.13)
bu yerda: 0=8,85 10-12 F/m - vakuumning dielektrik singdiruvchanligi; - kondensatorning plastinalararo muhitining dielektrik singdiruvchanligi; S - plas-
tinalarning yuzasi; plastinalararo masofa.
Oraliq masofasi o‘zgaruvchan datchiklar (2.10, a-rasm) 0,1...0,01 mkm aniqliqda chiziqli xarakatlarni, yuzasi o‘zgaruvchan datchiklar (2.10, v-rasm) chiziqli va burchak xarakatlarni nazoratida va dielektrik singdiruvchanligi
o‘zgaruvchan (2.10, s - rasm) namlik, sath, kimyoviy tarkib kabi kattaliklarni o‘lchashda qo‘llaniladi. O‘lchash aniqligini va sezgirligini oshirish maqsadida sig‘im datchiklari ko‘priksimon sxemalarga ulanadi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan prinsip asosida sig‘im manometrlari ishlaydi.
O‘lchash aniqligini va sezgirligini oshirish maqsadida sig‘im datchiklari ko‘priksimon sxemalarga ulanadi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan prinsip asosida sig‘im manometrlari ishlaydi. (2.11-rasm).
O‘lchanayotgan bosim asbobga quvur 1 orqali uzatilib, membrana 2 orqali qabul qilinadi. Membrana o‘z navbatida plastina 3 bilan kondensatorni hosil qi- ladi. Kondensator sxemaga klemma 4 lar yordamida ulanadi. Bosim ta‘sirida membrana egilib plastinaga yaqinlashadi va kondensatorning sig‘imini o‘zgartiradi. Shunday qilib kondensator sig‘imi o‘lchanayotgan bosimga pro- porsionaldir.
2.11-rasm. Sig‘im manometrining sxemasi.
Sig‘im datchiklarining afzalliklari: soddaligi, ixchamligi, arzonligi va kichik inersionligi. Kamchiliklari: chiqish signalining quvvati pastligi, o‘lchov natijalari atrof muhit ko‘rsatkichlariga bog‘liqligi, ulaydigan simlar va qurilma metall qismlarning sig‘imlari turlicha ta‘sir qilib, detallarning o‘zaro joylashishiga bog‘liq.
|