|
Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects
|
bet | 13/75 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 2,66 Mb. | | #122696 |
Bog'liq Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € techn (1) (1)
Хarorat barcha texnalogik jarayonlarning muxim ko‘rsatkichlaridan biridir. Qishloq va suv xo‘jaligida ko‘pgina texnologik jarayonlar ular o‘tayotgan sharoit xaroratiga bog‘liq. Jism, suyuqlik yoki gazning xarorati nazorat qilayotgan muxit- ning yoki u bilan issiqlik kontaktida bo‘lgan mahsus elementning xaroratini o‘lchab aniqlanadi.
Amalda xarorat datchiklarining sezgir elementlari sifatida issiqlik tasirida o‘zining fiziko-mexanikaviy xususiyatlarini keng diapazonda o‘zgartirib, boshqa kattaliklar (namlik, muxitning tarkibi, xavo bosimi ta‘sirida xususiyatlarini o‘zgartirmaydigan materiallardan foydalaniladi. Хarorat datchiklarining sezgir el- ementlari issiqliqga kengayish koeffensenti maksimal ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi kerak.
Ishlash prinsipi jihatdan xarorat datchiklari suyuqlik, bimetallik va dila- tometrik datchiklariga hamda termoparalar va termorezistorlarga bo‘linadi.
Suyuqlik datchiklari
Suyuqlik datchiklari -2000S dan +7500 C gacha oralig‘idagi xaroratni o‘lchashda ishlatiladi. Shisha termometrlarning ishlatish usuli sodda, aniqligi yetarli darajada yuqori va arzon bo‘lganligi sababli sanoatda keng tarqalgan.
Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipi termometr suyuqligining xajmi xarorat ko‘tarilishi yoki pasayishi tufayli o‘zgarilishiga asoslangan. Shishali termometrning suyuqligi sifatida simob, toluol, etil spirti, efir va boshqalar ishlati- ladi. Suyuqlikli datchiklarning kirish signali xarorat o‘zgarilishi t bo‘lib, chiqish signali kapilyardagi ustunning balandligi bo‘ladi:
ΔH=ΔV/S, (2.14)
bu yerda: ΔV=V(B-3*ΔQ) - suyuqlik xajmining o‘zgarilishi; S- kapilyarning kesim yuzasi;
B- suyuqlikning issiqlikka kengayishkoeffitsiyenti; V- suyuqlikning boshlang‘ich hajmi;
I- kapilyar materialining issiqlikga kengayish koeffitsiyenti.
Suyuqlik termometrlariga qo‘shimcha elementlar kiritish natijasida ular avtomatika tizimlarida qo‘llanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar (2.12-rasm) Тakomillashtirish natijasida suyuqlikli datchiklarning chiqishida xarorat o‘zgarilishi bilan aktiv, induktiv, sig‘im qarshiliklari yoki nurlar intensivligi o‘zgartiriladi.
2.12.-rasm. Suyuqlik datchiklarining turlari:
a – kontaktli; b – aktiv qarshilikli; v – induktiv qarshilikli; g – sigim qashili- kli; d – nurlar intensivligi.
|
| |