• Qalqovichli datchiklar
  • Gidrostatik
  • Elektrodli datchiklar
  • Satx, bosim va burchak tezligi datchiklari




    Download 2,66 Mb.
    bet16/75
    Sana18.12.2023
    Hajmi2,66 Mb.
    #122696
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75
    Bog'liq
    Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € techn (1) (1)

    Satx, bosim va burchak tezligi datchiklari





        1. Satx datchiklari va ularning ish prinsiplari

    Qishloq va suv xo‘jaligida suyuqliq va maxsulotlar satxini aniqlash maqsa- dida qalqovichli (po‘kakli yoki paplavkali) gidrostatik va elektrodli satx datchiklari qo‘llaniladi.
    Qalqovichli datchiklar suyuqlik satxi o‘zgarishini qabul qiladigan qalqo- vichdan va chiqish elektr signaliga o‘zgartiradigan elementdan tashkil topgan bo‘ladi. O‘zgartirgichlar sifatida aktiv yoki induktiv datchiklar ishlatiladi. 2.16, a - rasmda potensiometrik o‘zgartirgichli qalqovichli satx datchigining sxemasi ko‘rsatilgan. Yengil qalqovichli (1) bilan potensiometrik datchikning (3) bog‘lanishi blok (4) orqali o‘tkazilgan tros (2) yordamida amalga oshiriladi. Qal- qovichning og‘irligi yuk (5) bilan moslashtirib boriladi. Suyuqlik satxining xar qanday o‘zgarishi satx o‘lchov birligiga moslangan ikkilamchi o‘lchov asbobidagi (UA) kuchlanish o‘zgarishiga proporsional ravishda ta‘sir qiladi. Qalqovichli satx datchiklari suyuqlik satxining katta katta miqdorda o‘zgarishlarini o‘lchash uchun xizmat qiladi. Ularning asosiy kamchiligi qalqovichning xarakatlanib turishidir.
    Gidrostatik datchiklarda suyuqlik satxini nazorat qilish maxsus silindrik idishdagi suyuqlikning gidrostatik og‘irligi o‘zgarishiga asoslangan bo‘ladi (2.16, b-rasm). Suyuliq bosimi satxini (h) proporsional bo‘lib, membranani (1) egilishga ta‘sir qiladi va maxsus ko‘mir ustun (2) yordamida elektr signalga o‘zgartiriladi.Bu signalni satx birligiga mos ravishda o‘lchov asbobi (P) yordamida o‘lchab boriladi. Qalqovichli (poplovikli) va gidrostatik datchiklar suyuqlikning satxi bo‘yicha emas, aslida uning massasi bo‘yicha o‘lchaydi, shuning uchun haroratning va suyuqlik tarkibining o‘zgarishi natijasida o‘lchov xatoliklari kelib chiqadi.
    Elektrodli datchiklar suyuqlik ichiga tushiriladigan bir va bir necha el- ektrodlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bunday turdagi datchiklarda suyuqlik satxi- ning o‘zgarishi natijasida elektrodlar orasidagi muxitning aktiv va sig‘im o‘tkazuvchanligi o‘zgaradi. Suyuqlik muxitining aktiv o‘tkazuvchanligi o‘zgarishiga asoslangan elektrodli satx datchigining sxemasi 2.16, v-rasmda keltirilgan.


    a) b) v)
    2.16-rasm. Qalqovichli (a), gidrostatik (b) va elektrodli (v) satx datchiklari.
    Sochiluvchan maxsulotlarni, shu jumladan don maxsulotlarining satxini nazorat qilish suyuqlik satxini nazorat qilishga nisbatan anchagina mu- rakkabrokdir, chunki bu maxsulotlar anchagina elektr qarshiligiga ega hamda ular don bunkeri to‘lishi bilan gorizontal tekislik hosil qilmaydi. Bundan tashqari bun- kerlarni don bilan to‘lishida datchiklarning sezgirlik elementlari shikastlanishi mumkin.
    Don satxini elektrodli datchik yordamida nazorat qilishning prinsipial sxe- masi 2.17, b-rasmda keltirilgan. Bunday datchikning ishlash pritsipi quyidagicha: elektrodlararo oraliqning (E) don bilan tulishi natijasida elektrodlar orasidagi o‘tkazuvchanlik oshadi, natijada gazorazryadli lampa (YeL) yonadi va releni (R) ishga tushiradi hamda don uzatish liniyasiga signalni uzatadi. Sxemaga R3 va R2 rezistorlardan tashkil topgan kuchlanish taqsimlagichi orqali 220 V o‘zgaruvchan kuchlanish beriladi. Bunday datchiklar namligi 13 foizdan yuqori bo‘lgan donlar uchun qo‘llaniladi.

    2.17-rasm. Elektrodli satx datchigining prinsipial sxemasi.



    Download 2,66 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75




    Download 2,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Satx, bosim va burchak tezligi datchiklari

    Download 2,66 Mb.