|
Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects
|
bet | 18/75 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 2,66 Mb. | | #122696 |
Bog'liq Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € techn (1) (1)
Qishloq va suv xo‘jaligida qo‘llaniladigan bosim datchiklarining turlari ko‘p bo‘lib, ular suyuqlik va gazlar bosimini o‘lchash uchun xizmat qiladi. Ko‘pchilik bosim datchiklarining ish prinsiplari bosim kuchini mexanik kuchlarga aylantirib berish prinsipiga asoslangan bo‘ladi. Bunday datchiklarning qabul qiluvchi ele- mentlari o‘lchanayotgan bosim ta‘sirida bo‘ladi. Yuqori bosimlarni o‘lchashda bosim ta‘sirida o‘tkazgichning elektr qarshiligi o‘zgarishi xodisasiga asoslangan
datchiklar qo‘llaniladi. Gazlarning kichik bosimlarini nazorat qiladigan datchiklar- da esa ularning issiqlik o‘tkazuvchanligi, yumshoqligi, ionlanish darajasi kabilar xisobga olinadi.
Qishloq va suv xo‘jaligida mexanik qabul qilish elementiga ega bo‘lgan suyuqlikli, porshenli, membranali hamda silfonli datchiklar qo‘llanilib kelinmoqda. Suyuqlikli bosim datchiklarining U-shaklli (2.19, a-rasm), qo‘ng‘iroqchali (2.19,b-rasm), gidrostatik (2.19,v-rasm), membranali (2.19, g-rasm), silfonli (2.19,
d-rasm), manometrik trubkali (2.19, ye-rasm) turlari mavjud.
2.19-rasm. Suyuqlikli bosim datchiklarining turlari:
– U-shaklli; b) – qo‘ngiroqchali; v) – gidrostatik, g) – membranali, d) – sil- fonli, ye) – manometrik trubkali.
U-shaklli suyuqlik datchiklarida bosimlar farqi F = F1 – F2 suyuqlik ustuni og‘irligi bilan muvozanatlashadi:
∆F = ήh, (2.17)
Bu yerda, ή- suyuqlikning solishtirma og‘irligi.
Qo‘ng‘iroqchali tizimlarda bosimlar farqi ∆F = F1 – F2 qo‘ng‘iroqchani aralashuvini hosil qiladi va natijada F1 bosimni aniqlash imkoniyati tug‘iladi.
Gidostatik tizimlarda xalqali tarozili kameraning burilish burchagi bosimlar farqi ∆F = F1 – F2 ga proporsional bo‘ladi.
Suyuqlikli bosim datchiklari aniq va bir me‘yorda ishlashi bilan bir qatorda ularning ekspluatatsion noqulayliklari (kichik oraliqlarda o‘lchash sharoitlari, fa- qatgina vertikal holatda ishlashi, katta o‘lchamlarga ega bo‘lganligi kabilar) saba- bli oxirgi paytlarda ularni o‘rnini takomillashgan datchiklar egallamoqda.
Membranali datchiklarda (2.19,a-rasm) elastik plastina (membrana) nazorat qilinayotgan muxit bosimi ta‘sirida bo‘ladi va kontaktli tizim bilan mustaxkam bog‘langan shtokka ta‘sir ko‘rsatadi. Bunday turdagi datchiklar sodda tuzilishi, puxtaligi, o‘lchovlarni yetarlicha aniqlik bilan o‘lchashi sababli ularni qo‘llash yil sayin ko‘payib bormoqda.
Silfonli datchiklar (2.19,b-rasm) egiluvchan materialdan yasalgan gofriro- vanli yupqa devorli trubkadan tashkil topgan bo‘ladi. Тashqi va ichki bosimlar farqini unga ta‘sir qilayotgan kuch hosil qiladi. Bu kuch ta‘sirida silfonning
cho‘zilishi va qisilishi hosil bo‘ladi. Silfonning bo‘sh uchini siljishi ko‘rsatkich strelkasi va xarakatlanuvchan kontaktlari orqali amalga oshiriladi.
|
| |