Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects




Download 2,66 Mb.
bet17/75
Sana18.12.2023
Hajmi2,66 Mb.
#122696
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75
Bog'liq
Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € techn (1) (1)

«RUS» sath o’lchagichi elektr o‘tkazuvchan va elektr o‘tkazmaydigan suyuqliklarning sathini uzluksiz ravishda uzoq masofadan o‘lchash va uni chiqi- shda o‘zgarmas tok signali ko‘rinishiga keltirish uchun mo‘ljallangan.
Bu asbob agressiv va portlash hususiyatiga ega bo‘lgan suyuqliklar muhitida ham ishlashi mumkin. «RUS» sath o‘lchagichi gidromelioratsiya ob‘ektlarida texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish, shuningdek, ochiq kanallarda sath o‘lchash datchigi sifatida ham qo‘llaniladi. «RUS» sath o‘lchagichi melio- ratsiya sohasida keng qo‘llanilayotgan datchiklardan hisoblanadi, chunki bu asbob yordamida olingan chiqish signali o‘zgarmas tok signaliga aylantirilib uni uzoq masofaga uzatish imkonini beradi. Olingan tok signali statsionar o‘zgartkich orqali chastotaviy yoki kodlashtirilgan signalga aylantirilib telemexanik sistema orqali dispecher punktiga uzatilishi mumkin. Ye-832 o‘zgartkichi shunday elementlardan biri hisoblanib, u o‘zgarmas tok signalini chastotaga aylantirib beradi. Ushbu o‘zgartkich bilan laboratoriya ishini bajarayotganda tanishish mumkin. Sath o‘lchagich tarkibiga birlamchi o‘zgartkich (BO‘) va uzatuvchi o‘lchov o‘zgartgichi (O‘O‘) kiradi.
«RUS» qurilmasining tarkibiy tuzilish sxemasi 2.18 - rasmda ko‘rsatilgan. Birlam- chi o‘zgartkich (BO‘) quyidagi elementlardan tashkil topgan: sig‘imli sezgir ele- ment I (yuqori karroziyaga qarshi xususiyatga ega bo‘lgan fotoplastik izolyatsiyali PNFD nikelli o‘tkazgich), sig‘imli generator - o‘zgartkich 3 kalibrli sig‘imlar ba- tareyasi 2 va o‘zgarmas tok ko‘prik sxemasi (4) dan tashkil topgan elektron blok.
Sezgir elementning o‘lchash uchun ajratilgan qismigacha bo‘lgan sig‘im quyidagicha aniqlanadi: Sn=Son+kh/H (2.16)
bu yerda SON - o‘lchov qismining boshlang‘ich sig‘imi;
K – proporsionallik koeffitsiyenti (sezgir elementning konstruksiyasi va tekshirila- yotgan muhit bilan xarakterlanadi);
h – sathning o‘zgarayotgan qiymati; H – o‘lchov diapazon;
Birlamchi o‘zgartkich tekshirilayotgan suyuqlik sathini o‘zgarishini elektr sig‘imga (S) aylantirib so‘ngra yana bu signalni o‘zgarmas tokli kuchlanishga o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladi.
Uzatuvchi o‘lchov o‘zgartkichi (O‘O‘) o‘zgarmas tok kuchaytirgichi 5 va chiqish signalini bir me‘yorga keltiruvchi kuchaytirgich 6 dan tashkil topgan. Bu o‘zgartkichning vazifasi:
h-sath o‘lchagichning barcha qismlarini stabil o‘zgarmas kuchlanish bilan ta‘minlash;
H-qayta bog‘lanish signalini hosil qilish;
- bir hil qiymatga ega bo‘lgan o‘zgarmas tokning chiqish signalini hosil qilish.
Sxemadagi qayta bog‘lanish chiqishdagi tok signalining o‘lchanayotgan suyuqlikning sathiga nisbatan chiziqli bog‘lanishini hosil qiladi. Chiqish signalini bir mе‘yorga keltiruvchi 6 kuchaytirgichdan olingan signal suyuqlik sathining h holatiga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, sath ko‘rsatkichi hisoblanadi.

2.18-rasm. «RUS» sath o‘lchagichining tarkibiy sxemasi





      1. Download 2,66 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75




Download 2,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects

Download 2,66 Mb.