|
Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects
|
bet | 25/75 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 2,66 Mb. | | #122696 |
Bog'liq Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € techn (1) (1) Fotodiodlar
Fotodiod deb yarim o‘tkazgichli fotoelement asbob bo‘lib, bitta elektron- kovakli o‘tishga va ikkita chiqishga egadir. Fotodiodlar ikki xil rejimda ishlashi mumkin: 1) tashqi elektr energiya manbaisiz (fotogenerator rejimida); 2) tashqi el- ektr energiya manbai yordamida (fotoo‘zgartgich rejimida).
rasm. Diodning tuzilishi
Optoelektron asboblar
Optoelektron asbob deb elektr signalini optik signalga (nur energiyasi) o‘zgartiruvchi, bu energiyani indekatorlarga yoki fotoelektrik o‘zgartkichlarga uzatuvchi asboblarga aytiladi.
rasm. Optronni tuzilishi.
Chiqishlar; .2 - Fotoqabul qilgich; 3-Korpus; 4-Optik muhit; 5-Svetodiod
Ko‘p tarqalgan optoelektron asboblardan biri optrondir. Optron nurlanish manbasi va qabul qilgichdan tuzilgan bo‘ladi. Bu ikkalasi bir korpusga joylashtiril- gan va bir biri bilan optik va elektr bog‘liklikka ega bo‘ladi.
Elektron qurilmalarni optronlar aloqa elementi funksiyasini bajaradi, bunda ma‘lumot optik nurlar orqali uzatiladi. Buning hisobiga galvanik bog‘lanish bo‘lmaydi, va elektron uskunalarga salbiy ta‘sir etuvchi qayta bog‘lanishlar bo‘lmaydi.
Optronlar ma‘lumot to‘plash va saqlash qurilmalarida, registorlarda va hisoblash texnikasi qurilmalarida qo‘llaniladi.
Zamonaviy optoelektrnonlarda nur chiqaruvchi sifatida svetodiodlar, foto qabul qilgich sifatida esa fotorezistorlar, fototiristorlar qo‘llaniladi.
Qo‘llanilgan foto qabul qilgich turiga qarab optronlar – fotorezistorli, fotodi- odli, fototranzistorli va fototiristorlilarga bo‘linadi.
2.29.- rasm. Optronlarning shartli grafik belgilanishi
rezistorli; b) diodli; v) fototranzistorli g) fototiristorli
Fotoelektrik asboblarni belgilash tizimi: Fotoelektron asboblar xarf-sonli kod bilan belgilanadi: - birinchi element xarflar; asbob guruxini bildiradi; fr– fotorezistorlar, fd–fotodiodlar;
ikkinchi element harflar –asbobni tayyorlangan materialini ko‘rsatadi; GO – germaniy, GB – germaniy, legirlangan brom; GZ – germaniy legirlangan oltingugurt bilan; GK – germaniy kremniyli birikma; K-kremniy; KG – kremniy legirlangan geliyli; RG- arsenidli galliy va x.k.
uchinchi element –001 dan 999 gacha sonlar ishlab chiqarish nomeri
to‘rtinchi element – harf, yarim o‘tkazgich fotoasboblar podgruppasini bel- gilaydi; u-Unipolyar fotorezistor, B – bipolyar fotorezistorlar, L – kuchkili fotodi- odlar . Svsvlvn, FDGZ-001K – fotodiod, germaniyli, legirlangan oltingugurtli, ishlab chiqarilgan nomeri 001.
2.30-rasm. Yerga ishlov berish agregatini avtomatik boshqarish tizimida o‘simliklar qatorini fotodatchik yordamida nazorat qilish sxemasi:
1,2-yorug‘lik manbai, 3,4-fotoqarshilik , 5,6-kuchaytirgichlar, 7,8-ijro mexanizmlari.
Optoelektronik datchiklar qishloq va suv xo‘jaligida va sanoatda keng qo‘llanilib kelinmoqda. 2.30-rasmda yerga ishlov berish agregatini avtomatik ba- jarishda o‘simliklar qatorini nazorat qilish fatodatchikning sxemasi keltirilgan.
Ushbu datchik ishlov berish agregatining ikki tomonidan joylashtiriladi va ular yoruglik manbasidan (1, 2), fatoqarshilikdan (3, 4), kuchaytirgichdan (5, 6), va ijro mexanizmidan (7, 8) tashkil topgan. Qurilmaning ishlash prinsipi quyidagicha: agregatning chetga chiqishi sodir bo‘lsa, yorug‘lik manbasi bilan (1 yoki 2) fatoqarshilik (3 yoki 4) oralig‘ini o‘simlik to‘sib qoladi va bunda yorug‘lik nuri fotorezistorga tushmay qoladi. Natijada kuchaytirgich chiqishida (5yoki6) sig- nal xolati o‘zgaradi va ijro mexanizmini (7 yoki 8) ishlab ketishga sabab bo‘ladi, yani ishlov berish agregati avtomatik ravishda xarakat qilishini tashkil etadi.
Bugungi kunda fotodatchiklar dalalardagi xashoratlar xarakatini va sonini aniqlashda, metroda xarakatlarni nazorat qilishda, ko‘cha yorugligini boshqarish kabi jarayonlarda qo‘llanilib kelinmoqda.
|
| |