Namlik datchiklarining klassifikatsiyasi va ish prinsiplari
Ish prinsipi bo‘yicha elektrik namlik dachiklari elektrofizikaviy va elektro- parametrik turlariga bo‘linadi. Elektrofizikaviy datchiklar radiatsion va magnito- yaderli rezonans dachiklarini o‘z ichiga oladi. Radiatsion dachiklarning ish prinsipi nam muxitnig infraqizil nurlarni, yuqori chastotali
elektromagnit tebralishlarni, - nurlar va neytron nurlanishlarni qabul qilish darajasini o‘lchashga asoslangan bo‘ladi. Magnitoyaderli rezonans datchiklarining ish prinsipi esa vodorod atomlari yadrosi va namlikning radiochastotali magnit maydonini qabul qilishi prinsipida ishlaydi.
Elektroparametrik datchiklar konduktometrik, dielkometrik va gigrometrik turlarga bo‘linadi. Konduktometrik datchiklar elektrokimyoviy o‘zgartirgichlar tarkibiga kiradi va ishlash prinsipi muxitning elektr o‘tkazuvchanligini o‘zgarishi natijasida namlikni aniqlashga asoslangan bo‘ladi. Chiqish ko‘rsatgichi bo‘lib bun- da muxit o‘tkazuvchanligi hisoblanadi.
Dielkometrik datchiklar dielektrik singdiruvchanlik (E=2...10
- qattiq jismlar uchun; E=81-suv uchun) yoki dielektrik isrof tangens burchagi qiymatlari bo‘yicha namlikni aniqlanadi.
Gigrometrik datchiklar elektronli o‘zgartirgichlar guruhiga mansub bo‘lib, ularning ishlash prinsipi qo‘shimcha gigroskopik zarrachalarning mexanik yoki elektrik xarakteriskalarini o‘zgarishiga asoslangan bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida gazlar va xavo namliklari datchiklari keng miqyosda qo‘llaniladi. Ularning quyidagi turlari mavjud: gigrometrik dila- tometrik datchiklar - namlik ta‘sirida chiziqli o‘lchamlari o‘zgarishiga, gigristorlar, elektropsixrometrlar, xarorat - muvozanatli va kondensatsion datchiklar - qarshilik o‘zgarishiga hamda radioskopik va infraqizil datchiklar - gaz va xavoning fizikaviy xususiyatlarini o‘zgarishiga asoslangan bo‘ladi.
Хavo namligini aniqlashning psixrometrik usuli quruq va suv bilan nam- langan ikki termometrlarni qo‘llashga asoslangan bo‘ladi. Bu prinsipda namlikni nazorat tizimi datchiklari-elektropsixrometrlar ishlaydi. Elektropsixrometrning prinsipial sxemasi 2.23-rasmda keltirilgan.
2.23-rasm. Elektropsixrometrning prinsipial sxemasi.