• Induksion datchiklar
  • Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects




    Download 2,66 Mb.
    bet23/75
    Sana18.12.2023
    Hajmi2,66 Mb.
    #122696
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75
    Bog'liq
    Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € techn (1) (1)

    Generator datchiklari


    Generator datchiklarida bevosita sezgir elementlar kirish signali (x) chiqish signaliga (u) o‘zgartiriladi. Ushbu o‘zgartirish kirish signali energiyasi hisobiga bo‘ladi va chiqish signali elektr yurituvchi kuch ko‘rinishida hosil bo‘ladi. Bu turdagi datchiklar juda sodda tuzilgan bo‘ladi va qo‘shimcha energiya manbaisiga ega bo‘lishi shart emas.
    Generator datchiklari induksion, fotoelektrik, p‘ezoelektrik va termoelektrik datchiklari (termoparalar) guruxiga bo‘linadi.
        1. Induksion datchiklar


    Induksion datchiklarning ish prinsipi elektromagnit induksiya qonuniga asoslangan bo‘ladi, ya‘ni magnit oqimi o‘zgartirilayotgan konturda EYUK ҳosil bo‘ladi:


    E W2 dt
    (2.30)

    Induksion datchiklar 3 hil ko‘rinishga ega: 1. Cho‘lg‘amli 2. Ferromagnit detali xarakatlanuvchi 3. Тaxogeneratorli
    Induksion datchiklar qishloq va suv xo‘jaligi sohasida keng qo‘llaniladi. Don o‘rish kombayni bunkeri og‘irligini induksion datchiklar orqali uzluksiz nazo- rat qilish sxemasi 2.25-rasmda keltirilgan.
    Uning ishlash prinsipi quyidagicha: Bunkerni (1) donni to‘lishi va uning og‘irligini o‘zgarishi natijasida prujina (2) siqiladi. Magnitlanmagan po‘lat o‘zak
    (3) ketma-ket ulangan cho‘lg‘amlardan (W1 va W2 ) iborat g‘altak (4) ichida xarakatlana boshlaydi. Bu ikkita cho‘lg‘amlar ko‘prik sxemaning (5) ikki qo‘shni yelkasini tashkil etadi. Sxemadagi ko‘prikning bitta diagonaliga o‘lchov asbobi ulangan, ikkinchisiga esa maxsus ta‘minlash blokidan o‘zgaruvchan kuchlanish uzatiladi.

    2.24-rasm. Don o‘rish kombayni bunkeri og‘irligini induksion datchiklar orqali uzluksiz nazorat qilish sxemasi





    Download 2,66 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75




    Download 2,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects

    Download 2,66 Mb.