|
Rele kontaktlarining ekspluatatsion kattaliklari
|
bet | 30/75 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 2,66 Mb. | | #122696 |
Bog'liq Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € techn (1) (1)
Relelarning puxtaligi va kontaktlarining kommutatsion xususiyatlari asosan kontaktlarga bog‘lik. Relelarning kontaktlari quyidagi ekspluatatsion ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Ruxsat etilgan chegaraviy tok – I r.e. Bu ko‘rsatkich kontaktlar qizib o‘zining fiziko-mexanikaviy xususiyatlarini yo‘qotmaydigan xarorat bilan aniqla-
nadi. Ruxsat etilgan chegaraviy tokni oshirish uchun kontaktlarning qarshiligini kamaytirib, ularning sovitish yuzasini oshirish kerak.
Ruxsat etilgan chegaraviy kuchlanish-U r.e. Kontaktlar o‘rtasidagi izolyatsi- yani va kontaktlararo masofada teshib o‘tish kuchlanishi bilan aniqlanadi.
Ruxsat etilgan chegaraviy quvvat – R r.e. Bu ko‘rsatkich kontaktlar ajralish jarayonida turg‘un - yoyni (dugani) hosil qilmaydigan zanjirning quvvati bilan aniqlanadi.
Kontaktlarning ish rejimini yengillashtirish maqsadida kontaktlarga (3.2 - rasm, a, v) yoki cho‘lg‘amga (3.2 - rasm, v, g, d) shunt sifatida qo‘shimcha ele- mentlar ulash maqsadga muvofiqdir.
Cho‘lg‘amning induktivligi hisobiga yig‘ilgan magnit energiyasi kon- taktlararo masofada sarflanmasdan, rezistor va kondensator yoki cho‘lg‘amning o‘zida sarflanadi. Rezistor qarshiligi cho‘lg‘amning aktiv qarshiligidan 5-10 baro- bar katta bo‘lishi kerak. Kondensatorning sig‘imi esa S= 0,5 - 2,0 mkf.
3.2.-rasm. Rele kontaktlari ishini yengillashtiruvchi sxemalar.
Yuqorida aytilgan relelarning orasida qiishloq xo‘jaligi avtomatikasida eng keng qo‘llaniladigani elektromagnit relelaridir. Eng oddiy elektromagnit relesining sxemasi 3.3 -rasmda ko‘rsatilgan.
3.3-rasm. Elektromagnitli relening sxemasi
Cho‘lg‘amdagi 3 kuchlanish ta‘sirida hosil bo‘lgan magnit maydon xarakatlanuvchi yakorni 1 qo‘zg‘almas o‘zakka 2 tortadi. Yakorning xarakati na- tijasida kontaktlar 5 ulanadi. Kuchlanish ajratilsa prujina 4 ta‘sirida kontaktlar eski holatiga qaytadi. Qoldiq magnit oqimi ta‘sirida yakor tez ajratish maqsadida uzoqqa nomagnitik materialdan bajarilgan shtift qotiriladi. Cho‘lg‘amdagi tokning ko‘rinishi bo‘yicha elektromagnit relelar o‘zgarmas hamda o‘zgaruvchan tok sano- at va yuqori chastotali relelarga ajratiladi. Relelarning to‘g‘ri va puxta ishi ularn- ing tortish va mexanik tavsifnomalari o‘zaro moslanganlikka bog‘liq. Тortma tavsifnoma - bu cho‘lg‘amning elektromagnit kuchlanganligi va yakor bilan o‘zak o‘rtasidagi havo oralig‘i oralaridagi bog‘liqlik. Mexanik tavsifnoma esa prujinan- ing kuchlanganligi bilan yakorning so‘rilish oralaridagi ochiqlilik relening ishga tushish sharti – uning tortish tavsifnomasi (9.4, b-rasm) mexanik tavsifnomasi us- tida bo‘lishi kerak. Qo‘yib yuborish sharti esa aksincha. tortish tavsifnomalari minimumdan maksimumgacha o‘zgarilayotganda har hil amper - o‘ramlar soni uchun gepper bolalar oilasidir. Relening qo‘yib yuborishi e.k.yu. nuqtasida amalga oshadi. Тok oshishi bilan yakor 4 nuqtasida siljiydi lekin uzoqqa faqat 3 nuqtasida
e.i.t. nuqtasida yopishadi.
|
| |