Avtomatikaning boshqarish sxemalari
Avtomatik tizimlar, elementlar va moslamalarning montaj, sozlash, rostlash, ekspluatatsiya qilish kabi ish jarayonlarni bajarish maqsadida avtomatik sxemalar- dan foydalinadi. Avtomatika sxemalari asosiy hujjat hisoblanadi va ular funksion- al, strukturaviy, prinsipial va montaj sxemalariga bo‘linadi.
Funksional sxemalar moslamalarni, elementlarni, vositalarni o‘zaro bog‘lanishlarini va xarakatlanishlarini ifodalaydi. Elementlar sxemada to‘rtburchak shaklida belgilinadi, ularning orasidagi aloqalar esa strelkali chiziqlar bilan belgilanadi. Strelkaning yo‘nalishi signalning o‘tishini ko‘rsatadi (1.3 - rasm).
ТE
1.3.- rasm. Avtomatikaning funksional sxemasi.
ТE - topshirish elementi; BK-boshqarish va qabul qilish elementi; IM - ijro mexanizmi; BE-boshqarish elementi; BU - birlamchi o‘zgartirgich.
Strukturaviy sxema avtomatik tizimni tashkiliy qismlarining o‘zaro bog‘lanishlarini ko‘rsatib, ularning dinamik xususiyatlarini tavsiflaydi. Strukturaviy sxemalar funksional va prinsipial sxemalar asosida ishlanadi.
Strukturaviy sxemada aniq vosita, rostlagich, element ko‘rsatilmasdan, balki o‘tayotgan fizikaviy jarayonning matematik modeli ko‘rsatiladi. Strukturaviy sxemada elementlar to‘rtburchak shaklida ifodalanadi va ularning ichida element- ning matematik modeli yoziladi (1.4- rasm).
- rasm. Avtomatikaning strukturaviy sxemasi.
Avtomatik rostlash tizimining keyingi tahlili elementlarning dinamik xarak- teristikalarini aniqlash va tizimning strukturaviy sxemasini yaratishdan iborat bo‘ladi. Bu tizimning strukturaviy sxemasi 1.5 - rasmda keltirilgan.
HТOP. H
F
u q
1.5 - rasm. Хaydov chuqurligini avtomatik rostlashning strukturaviy sxemasi.
Prinsipial sxemalar elementlarning o‘zaro elektrik ulanishlarni ifodalaydi. Ushbu sxemada avtomatika elementlari davlat standartlariga binoan belgilanadi. Prinsipial sxemadagi shartli belgilar butun mosmlamani, tizimning ish prinsipini tushunishga yordam beradi (1.6.- rasm).
1.6.- rasm. Avtomatikaning prinsipial sxemasi.
Montaj sxemalar moslamalar orasidagi tashqi ulanishlarni yoki moslama ichidagi elementlarni o‘zaro ulanishlarni ifodalaydi. Ushbu sxemalar montaj ish- larini bajarayotganda ishchi chizmalar sifatida qo‘llanadi (1.7.- rasm).
V
1.7.- rasm. Avtomatikaning montaj sxemasi.
|