Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects




Download 2,66 Mb.
bet56/75
Sana18.12.2023
Hajmi2,66 Mb.
#122696
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75
Bog'liq
Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € techn (1) (1)

Gidravlik rostlagichlar


Gidravlik rostlagichlarda suvdan olinadigan energiya xisobiga suvni tarqat- ish jarayonini avtomatik rostlash va oqimni me‘yorlashni amalga oshirish mumkin. Sug‘orish tizimlarida suv tarqatishni avtomatlashtirishda qo‘llanuvchi zat-
vor avtomatlarning bir necha turi mavjud, sarfni zatvor avtomatik, Neyrnik» tipi- dagi zatvor avtomatlar, qilinarli, to‘g‘ri xarakatlanuvchi avtomatik zatvorlar va boshqalar.
«Neyrpik» tipidagi avtomatik zatvorlarga bir xil xolatga o‘rnatilgan gidravlik zatvor-rostlagichlar bo‘lib, bu holda zatvorni xolati rostlanuvchi sathga mos keluvchi nuqta atrofida bo‘ladi.
Bu zatvorlar yordamida 3 xil usulda sathni rostlash mumkin. Yuqorida b‘ef bo‘yicha rostlashni amalga oshiruvchi avtomat-zatvor pastki be‘f bo‘yicha rostlashni amalga oshiruvchi hamda aralash rostlashni amalga oshiruvchi zatvor avtomatlarni sxemasi 8.4 - rasmda berilgan.
Yuqorida b‘ef bo‘yicha rostlashda bitta datchik o‘rnatilgan bo‘lib, o‘rnatilgan sathda zatvor bir tarafdan qarama-qarshi lekin bir biriga tang moment- lar ta‘mirida, ya‘ni zatvorni og‘irligidan hosil bo‘luvchi moment va qarshi yuk momenti xisobiga ikkinchi tarafdan sath datchikiga ko‘rsatiluvchi gidrostatik bos- im ta‘sirida o‘z holatida ya‘ni balans holatida bo‘ladi.
Agar zatvor oldidagi sath ko‘tarilsa yoki pasaysa tenglik yo‘qoladi va zat- vor berilgan satx o‘z holiga qaytishi uchun zarur bo‘lgan kattalikka ochiladi. Rostlash jarayonida turli tebranishlarni yo‘qotish maqsadida zatvorlar tarkibiga moyli amortizatorlar kiritiladi.
Pastki b‘ef bo‘yicha sathni stabellash zatvori xam shu tartibda xarakatlanadi, lekin sath datchigi pastki b‘ef tarafidan o‘rnatiladi.
Aralash rostlovchi avtomat zatvor normal ish jarayonida pastki sath bo‘yicha rostlashni amalga oshiradi, agar suv sathi yuqori b‘ef bo‘yicha ko‘tarilib ketsa, yoki suv yetishmasligi natijasida kelsa suv ko‘rib qolishi kuzatilsa avtomatik ravishda yuqori b‘ef bo‘yicha rostlash amalga oshiriladi. Bunday zatvorlar mahsus kameraga joylashtirilgan ikkita sath datchigiga (membranali pukak) ega: ularning biri yuqori, ikkinchisi pastki b‘ef bilan bog‘langan. Yuqori b‘ef datchigi bel- gilangan sath yuqoriga ko‘tarilganda zatvorni ochadi, shuningdek sath minimal
qiymatga erishganda uni yopadi. Bir vaqtni o‘zida pastki b‘ef kamerasidagi datchik uning belgilangan sathini ushlab turadi.



8.4-rasm. Suv sarfini avtomatik to‘sqichi sxemasi: a) bitta tusqichli; b) qushaloq tusqichli; 1- suv chiqaruvchi qisim; 2- suv tagidagi devorlar; 3- qo‘shaloq egilgan kaziroklar; 4- ko‘taruvchi mexanizim; 5- suriluvchi to‘sqich;

8.5-rasm. Suvni sathini me‘yorlovchi «Neyrpik» tipidagi gidravlik to‘sqichlarning sxemasi: a) yuqori bef bo‘yicha;
b) pastki bef bo‘yicha; v) aralash rostlovchi; 1-qalqovich; 2-
to‘sqich; 3- aylanish o‘qi; 4-
qarshi yuk;

GТIlarni avtomatlashtirishda suvni sathini tekis zatvorlar yordamida pastki b‘ef bo‘yicha stabilovchi regulyatorning tarkibiy sxemasini ko‘rib chiqamiz (8.6.- rasm). Suvni berilgan sathi 1-topshiriq bergach (zadatchik) yordamida belgiladi va 2-elementda amalda mavjud sath bilan solishtiriladi.


Agar belgilangan sathdan chetga chiqish mavjud bo‘lsa 2-solishtirish ele- menti 3-kuchaytirish bloki (nol-organ) yordamida 5-ishga tushirgich orqali 6-elektr yuritilgani xarakatga keltiradi. Buni natijasida sath o‘zgarishi qiymati ishorasiga ko‘ra 7-zatvor tengsizlik yo‘qotilguncha va belgilangan sath o‘rnatilguncha ochi- ladi yoki yopiladi.
Sxemadan ko‘rinadiki, yopiq zanjirli rostlash tizimi tarkibiga kanalning o‘lchash va rostlash elementlari 8-sath datchigi va 7-zatvor orasidagi masofaga ega bo‘lgan qismi kiradi. Bu masofa bir necha un yoki yuzlab metr masofani o‘z ichiga olishi mumkin. Shuning uchun bu holda 8-datchik oraligi bilan o‘lchangan masofa bilan 7-zatvor oralig‘idagi boshlang‘ich masofa oralig‘ida kechikish vaqti paydo bo‘ladi va rostlash sxemasiga proporsional-impulsli rostlovchi organ – 4 ki- ritilishi maqsadga muvofiqdir. Bu rostlagich rostlash vaqtida kechikish vaqtini yo‘qotishga xizmat qiladi. Bunday oraliqda rostlash jarayoni to‘xtatiladi va zat- vorning elektr yuritmasi o‘chiriladi. Bunday rostlagich proporsional - integral rostlagich deb yuritiladi, chunki bu xolda berilgan impulslar vaqti kelishmaslik vaqtiga proporsional ravishda o‘zgaradi.

8.6. – rasm. Suvni satxi pastki bef bo‘yicha stabillovchi regulyatorning tartibiy
sxemasi.
Shunday qilib, bunday suv tarqatishni avtomatik boshqaruv tizimlarida boshqaruv ob‘ekti sof kechikish vaqtiga ega bo‘lgani uchun impulsli ARSlarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.


8.7-rasm. Kanaldagi sug‘orish tizimi rostlanuvchi parametrining o‘zgarish tavsifnomasi.


Sug‘orish kanali boshqaruv ob‘ekti sifatida sof kechikishdan tashqari iner- sion kechikishga ega. Shuning uchun u kechikish vaqtiga ega bo‘lgan davriy iner- sion bo‘g‘in ko‘rinishida berilishi mumkin (Т - vaqt doimisi). Bu holda vaqti tavsifnomalari kanalni sathini rostlash tizimi uchun 8.7 - rasmda keltirilgan ko‘rinishda berilishi mumkin. Agar n-kirish kattaligi noldan birgacha sakrashsimon ravishda o‘zgarsa 2-chiqish signali ham toza kechikish vaqti bilan sakrashsimon tarzda o‘zgaradi ( t - vaqti bilan) (8.7-rasm, a, b). Umumiy rostlash vaqti t u kirish signalining o‘rnatilgan vaqtigacha bo‘lgan kattalikni o‘z ichiga oladi (v) t+(3….5) Т, bu yerda ikkinchi qo‘shiluvchi inersion kechikish vaqti xisoblanadi.

  1. Download 2,66 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75




Download 2,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects

Download 2,66 Mb.