• Uzlukli ish- lovchi
  • Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari




    Download 2,66 Mb.
    bet52/75
    Sana18.12.2023
    Hajmi2,66 Mb.
    #122696
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75
    Bog'liq
    Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € techn (1) (1)

    Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari.


    Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli soxalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda keng ishlatiladigan texnikaviy vositalar hisoblanadi. Rostlagichlarni klassifikatsiyalash rostlanuvchi miqdorning turi, rostlagichning ish usuli, ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko‘rsatiladigan ta‘sirning xarakteri, rostlagich ishining tavsifnomasi (rostlash qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi.
    Rostlanuvchi miqdorning turiga ko‘ra rostlagichlar quyidagilarga bo‘linadi: bosim, sarf, satx, namlik va kabi rostlagichlar. Ishlash usuliga ko‘ra bevosita va bilvosita ta‘sir qiluvchi rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi ob‘ektdan olingan energiyaning o‘zi bilan ishlovchi rostlagichlar bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich deb ataladi. Agar ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun qo‘shimcha energiya kerak bo‘lsa, bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar ishlatiladi. Foydala- niladigan energiya turiga ko‘ra rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va xokazo) rostlagichlarga bo‘linadi.
    Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko‘rsatiladigan ta‘sirning xa- rakteri jihatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bo‘ladi. Uzlukli ish- lovchi rostlagichlarda ijro etuvchi mexanizmning faqat rostlovchi organi rostlanuvchi miqdorning uzluksiz muayyan qiymatida xarakat qiladi. Rostlanuvchi miqdorning o‘zgarishi va rostlovchi ta‘sir o‘rtasidagi bog‘lanish (yoki ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining xarakati), ya‘ni rostlash qonuni nazarda tutilgan ish tavsifnomasiga ko‘ra rostlagichlar pozitsion, integral (astatik), proporsional (statik), izodrom (proporsional-integral), proporsional-differitsial (oldindan ta‘sir etuvchi statik), proporsional-integral-differinsial (oldindan ta‘sir etuvchi izodrom) bo‘ladi.Rostlanuvchi miqdorni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab tu- rish jihatidan rostlagichlar stabillovchi, programmali va kuzatuvchi rostlagichlarga bo‘linadi. Stabillovchi rostlagichlar rostlanuvchi miqdorning berilgan qiymatga (ma‘lum darajadagi xato bilan) tenglashishini ta‘minlaydi. Programmali rostlagichlar maxsus programmali topshiriq bergich yordamida rostlanuvchi mi- qdorning vaqt bo‘yicha avvaldan ma‘lum bo‘lgan programma (qonun) bo‘yicha o‘zgarishini ta‘minlaydi. Bu programma texnologik reglament talablariga muvofiq tuzilgan bo‘ladi. Kuzatuvchi rostlagichlarda rostlanuvchi miqdorning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi rostlagich topshiriq bergichga bilvosita ta‘sir qiluvchi boshqa kattalikning o‘zgarishiga mos bo‘ladi.



      1. Download 2,66 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75




    Download 2,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari

    Download 2,66 Mb.