|
Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects
|
bet | 49/75 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 2,66 Mb. | | #122696 |
Bog'liq Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € techn (1) (1)ELEKTRIK
PNEVMATIK
7.1-rasm. Ijro mexanizmlarining energiya turiga qarab turlanishi
Elektrik ijro mexanizmlari
Uzoq muddatli tok o’tkazuvchan
Qisqa muddatli tok ‘otkazuvchan
Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishida statsionar qurilmalar va jarayon- larni avtomatlashtirishda asosan elektrik ijro mexanizmlari, xarakatlanuvchi mashinalarda esa gidravlik va pnevmatik ijro mexanizmlari qo‘llaniladi.
Elektromagnitli mufta
7.2-rasm. Chiquvchi organning xarakteriga qarab elektrik ijro mexanizmlarining turkumlanishi.
Chiquvchi organning xarakteriga qarab elektrik ijro mexanizmlarining tur- kumlanish sxemasi 7.2-rasmda ko‘rsatilgan.
Тakomillashtioilgan elektrik ijro mexnizmlari ko‘p aylanishli quvurli ar- maturani distansion boshqaruvi uchun qo‘llanadi. Bu ijro mexanizmlari M,A,B,V,G,D rusumli elektr yuritmalari nomini olgan bo‘lib, ular gidromelirrativ tizimlarining avtomatlashtirilgan nasos stansiyalarida qo‘llaniladi. Ular bir- biridan maksimal aylanish momenti, reduktorining tuzilishi, gabarit ulanish o‘lchamlari va ba‘zi konstruktiv elementlari bilan farqlanadi. Elektr yuritmalarin- ing barcha konstruktiv elementlari maksimal darajada unifiksiyalangan, yuritma validagi ruxsat etilgan momentni chegaralovchi maxsus qurilmalari va boshqaruv sxemalariga ega elektr yuritmalarini ekspluatatsiya sharoitlariga ko‘ra normal holatda ishlashi uchun 7 1-jadvalda ularni tiplariga ko‘ra texnik ma‘lumotlar keltirilgan. Elektr yuritmalarining normal holatidagi joylashtirilishi vertikal holat hisoblanadi (yuritma vali vertikal joylashtiriladi).
7 1-jadval
Elektr
motor ti- pii
|
Joylashtirilishi
|
Ishchi harorat oralig‘i S
|
Тashqi muxitning nisbiy namligi
20 Sda %
|
Moylash davriyligi
|
M
|
Хonalardagi va ochiq havodagi statsionar
qurilmalar
|
-20…+35
|
80gacha
|
Uch oyda 1 marta
|
A
|
-
|
-40…+40
|
95 gacha
|
|
B,V,G,D
|
|
|
|
Bir yildan
kam emas
|
B,V,G,D tipli elektr yuritmalarining ish prinsipi va tuzilishini ko‘rib chiqamiz.
Elektr yuritmaning knematik sxemasi 7.3 - rasmda keltirilgan. Elektr yurit- ma quyidagi asosiy elementlar va qismlardan tashkil topgan: korpus chervyakli silindrik reduktor, qo‘l dubleri qismi elektr motori yo‘l va moment o‘chirgichlari qutilari.
Yo‘l va moment o‘chirgichlari qutilari korpusga mahkamlanadi. Korpusga podshipniklardagi 46-chervyakli 45 shlikli val montaj qilingan. Shirikli valda aylantiruvchi momentni chegaralovchi mufta joylashgan. 6-maxovikli qo‘l dubler- lari sharikli valni oxiriga ulangan. Shu yerda bo‘sh qilib kulachokli 4-silindirik g‘ildirak joylashtirilgan. Korpusga xuddi shunday ravishda yo‘l va moment o‘tkazgichlari qutisiga aylanishni uzatuvchi 43-chervyakli g‘ildirakka ega bo‘lgan va 40, 41-silindrik shestrnyalari bilan plita ulangan.
Quti quyidagi asosiy elementlarda tashkil topgan. 34-chervyakli yo‘l o‘chirgichlari qismi, 33- chervyakli g‘ildirak, 27,30-kulochoklar,25,26- moment o‘tkazgichlari: 24 va 36-richaglari, purjinalar 22, 35-blokirovka kulochoklari 23,31- mikroutkazgichlar 21,32 shestrnali ko‘rsatkich qismi 19,20: strelka 18, 17-shestrnyali distansion ko‘rsatkichlar qismi, 16-potensioner.
7.3- rasm. Тakomillashtirilgan elektrik ijro mexnizmlari (elektr yuritmalar surgichlar)iing knematik sxemasi
Elektr motori ishga tushirilganda elektr yuritma quyidagicha ishlaydi. Aylanma xarakat elektr motoridan 2,3,4-silndirik g‘ildirak va 5-kulachokli mufta orqali 45 sharikli valga uzatiladi. 46 chervyak g‘ildirak orqali aylantiruvchi mo- ment ishchi organning (surg‘ich) yuritma valiga uzatiladi. Bundan tashqari, 47 chervyak 43 chervyali g‘ildirak, 41 va 40- silindirik shestrnalar orqali xarakat 39-
vilka, 33 va 34 chevyak jufti 0,19 shestrnya 18 ko‘rsatkich strelkasi va 17 shesterna orqali 16-potensiometr valikiga uzatiladi. Elektr motorini ishida aylan- ishi momentini maxovikka uzatish mumkin emas, chunki maxovikni 7- kulo- chokli vtulkasi ajratilgan holatda bo‘ladi. Bu vaqtda 5 muftoning kulokchalari 5- silindirli g‘ildirak kulokchalari bilan bog‘lanib qoladi va ular orqali harakat 45 shlitsli valga uzatiladi. Elektr motori qo‘shilganda 6-mufta kulachoklari bilan 4 g‘ildirak kulachoklari birlashadi, bu holda 5-mufta 9 shtok orqali 7 vtulkani 45 shpitsli val kulachoklaridan bo‘shatadi. Bunday mexanik blokirovka 45 shlitsli valni birvaqtning o‘zida elektr motori va qo‘l boshqaruvida ishlashini oldiini oladi. Elektr yuritmalar aylanish momentini 3 tomonlama chegaralovchi mufta bilan ish- lab chiqariladi. Ularning ish prinsipi quyidagicha: maxkamlovchi armatura ishchi organi uning «Ochiq» va «Yopiq» holatlarining qandaydir. Oraliq holatlarida aylanish momenti maksimal qiymatida bo‘lgan 44 yuritma vali to‘xtaydi. Bu vaq- tda 46 chervyak, 42 chervyakli g‘ildirak o‘qiga uraladi va buni natijasida xarakatlanayotgan 1 elektr motori orqali shtitslar bo‘ylab o‘qning yo‘nalishida xarakatlana boshlaydi.
46 – chervyakning oldinga xarakati 10 richag, 11, uk, 12 – tishli sektor, 14
va 39 vilkalar, 13, 15, 37, 38 – silindrli g‘ildiraklar yordamida 25 va 26 moment kulachoklarining aylanma xarakatiga o‘zgartirib beradi. Ular aylanganda 24 va 36 richaglar 21 va 32 mikroalmashlab ulagichlarni quyib yuboradi va elektr motor zanjiri uziladi. M va A tiplaridagi elektr motorlari tuzilishi jixatidan B,V,G va D tipidagi elektr motorlaridan farq qiladi. Ularda chervyakli reduktor o‘rniga silindrli reduktor qo‘llaniladi. Yana bir qancha kinematik bo‘g‘inlarda ma‘lumot o‘zgarishlar bor, lekin motorlarining barcha turlarining ish prinsipi bir xil.
Maksimal tok relesiga ega bo‘lgan elektr yuritmalar. Elektr motorlarni yuklamalardan ximoyalash va maxkamlovchi armaturani maxkamlab yopish maqsadida ish tipdagi elektr yuritmalar statorining fazalaridan biriga tok relesi bi- lan ta‘minlanadi.
Elektr motori validagi qarshilik momenti ortishi bilan ishchi tok taxminan aylanish momenti kavadratiga proporsional ravishda ortadi. Shuni hisobga olib, aylanish momentini chegaralovchi mufta o‘rniga tok relesini qo‘llash mumkin. Shu maqsadda elektr motorini ta‘minlovchi kuch tarmog‘ining fazalaridan biriga oniy xarakatli maksimal tok relesi ulanadi. Uning ajratuvchi kontakti esa reversiv mag- nit ishga tushirgich g‘altagi zanjiriga ulanadi.
Maksimal tok relesini qo‘llash elektr yuritma konstruksiyasini sodda- lashtirish, uning massasi va gabarit o‘lchamlarini kamaytirish imkoniyatini beradi, lekin bu holda boshqaruv sxemasi bir muncha murakkablashadi. Maksimal tok relesi bo‘lgan elektr motorlari faqat so‘rg‘ichlarda o‘rnatiladi. Shpindel ar- maturasidagi aylanish momenti siljiganda elektr motori rele yordamida yo‘l o‘chirgichi bilan xarakatga keladi.
|
| |