|
Proporsional-differinsial rostlagichlar
|
bet | 55/75 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 2,66 Mb. | | #122696 |
Bog'liq Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € techn (1) (1) Proporsional-differinsial rostlagichlar.
Agar rostlash ob‘ektida yuklanishning o‘zgarishi tez va keskin shuningdek, kechikish katta bo‘lsa izodrom rostlagichlar talab etilgan rostlash sifatini ta‘minlay olmaydi, ya‘ni bu holda ularda katta dinamik ha‘vo hosil bo‘ladi. Rostlash ja- rayonini parametrning o‘zgarish tezligiga bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha kirish sig- nali vositasida yaxshilash mumkin. Kechikishi sezilarli bo‘lgan ob‘ektlarda texnalogik jarayonlarni rostlash uchun PD- rostlagichlarni ishlatish maqsadga mu- vofiqdir.
Agar differinsial qism rostlovchi ta‘sirning boshqa qismlariga qo‘shilsa to‘g‘ri (avvaldan ta‘sir), ayrilgan holda esa teskari avvaldan ta‘sir bo‘ladi. Тo‘g‘ri avval- dan ta‘sir rostlagichi PF2.1 rostlash zanjiriga berilgan kattalikdan parametrning chetga chiqish tezligiga mos ta‘sir kiritish uchun mo‘ljallangan (8.3-rasm).
Siqilgan xajmdagi xavoning kirish signali (rostlagich yoki datchikdan) taqqoslash elementi IV ning V va G kameralariga boradi hamda inersion zveno (rostlanuvchi drossel II va sig‘im III) orqali o‘sha elementning V kamerasiga beri- layotgan ta‘minlovchi xavo bosimi bilan muvozanatlashadi. Chiqish kamerasi A kuzatuvchi sistema sxemasi asosida ulangan. Agar parametrning chetga chiqish te- zligi nol yoki nola yaqin bo‘lsa, taqqoslash elementi IV ning chiqishida kirish sig- nali Rkir kuzatiladi. Agar bosim o‘zgara boshlasa, masalan, o‘zgarmas tezlikda ortsa, u holda B kameraning oldida drossel-qarshilik II borligi tufayli V va G ka- mera membranasidagi bosimlar yig‘indisi B va A kameraning membranalaridagi kuchlanishdan katta bo‘ladi. Natijada taqqoslash elementi IV dagi S1 soplo berkilib, A kamerada bosim keskin oshadi. Chiqishda kirishdagi bosimdan ilgar-
ilovchi signal paydo bo‘ladi. Ilgarilash kattaligi kirishda bosimning o‘zgarish tezli- gi va avvaldan ta‘sir drosselining qanchalik ochiqligiga bog‘lik. Тaqqoslash ele- menti IVdan chiqqan signal element V va quvvat kuchaytirgichi VI dan tashkil topgan kuchaytirgichning kirishiga boradi. U taqqoslash elementi kuchaytirgich- ning xatosini yo‘qotishga xizmat qiladi. Uchirish relesi I avvaldan ta‘sir drosselini berkitishga mo‘ljallangan. Buyruq bosimi Rk=0 bo‘lganda S2 soplo yopiq bo‘lib, B kameraga xavo avvaldan ta‘sir drosseli orqali o‘tadi. Rostlagichni o‘chirish uchun ikkilamchi asbobdan buyruq bosimi Rk berilib, bunda S2 soplo ochiladi va kirish signali (Rkir) bevosita B kameraga keladi. Bu holda taqqoslash elementi IV ga keluvchi uchala signal o‘zaro teng, chiqishdagi bosim esa kirishdagiga teng bo‘ladi. Avvaldan ta‘sirni 0,05 ... 10 minutgacha oraliqda sozlash mumkin.
|
| |