Elektr o’tkazishlarni bajarish usullarini tanlash




Download 10,46 Mb.
bet32/96
Sana22.06.2024
Hajmi10,46 Mb.
#265084
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   96
Bog'liq
ASLUS javoblar

2. Elektr o’tkazishlarni bajarish usullarini tanlash

Elektr o’tkazgichlar avtomatlashtirish tizimida kabellar va himoyalangan provodalar (himoyalangan va himoyalanmagan) quyidagi usullarda bajariladi:




  1. Ishlab chiqarish binolaridagi kabellar.



  • Kabellar konstruksiyalarida;

  • Lotkalarda(changsiz binolarda);

  • Usti ochiladigan po’lat qutilarda;

  • Po’lat va plastmassa himoya quvurlarida;

  • Kanallarda;

  • Kabel qavatlarida;

  • Qo’shma pollarda.

2.Tashqi qurilmalardagi kabellar

  • Kabellar konstruksiyalarida

  • Lotkalarda;

  • Qopqog’i ochiladigan po’lat qutilarda;

  • Himoyalangan po’lat va plastmassa quvurlarda;

  • Kanallarda, tunellarda, kollektorlarda, bloklarda, yer ostida.

3.Ishlab chiqarish binolaridagi provodalar

  • Lotkalarda;

  • Qopqog’I ochiladigan po’lat qutilarda;

  • Himoyalangan po’lat va plastmassa quvurlarda;

4.Tashqi qurilmalardagi provodalar

  • Qopqog’I ochiladigan po’lat qutilarda;

  • Himoyalangan po’lat va plastmassa quvurlarda;

Ishlab chiqarish binolaridagi kabellar va kabel konstruksiyalari lotkalarda va qutilarda, shuningdek, qutidagi provodalar devor va inshoot konstruksiyalarida yotqiziladi. Kabel va provodalar himoyalangan quvurlarda- ochiq va yashirin trubalar turiga qarab qo’llabiladi.
Pol va qavatlar orasida kabel yotqizish kanallar va quvurlar orqali amalga oshiriladi.
Kabel o’tish joylari devorlar ichidan quvurlar orqali o’tkaziladi. Kabel yotqizilgandan keyin quvurlarning ochiq joylari yonmaydigan material bilan berkitiladi.
Tashqi qurilmalarda kabellar-kabel konstruksiyalarida, qutilarda, himoyalangan quvurlarda, shuningdek, provodalar- qutilarda va himoyalangan quvurlarda bino devorlari, konstruksiyalari, texnologik va kabel estakadalari orqali yotqiziladi.
Kabel inshootlarida- estakadalarda, kanallarda, tunellarda, kollektorlarda, kabel qavatlarida kabellarni yotqizish kabel konstruksiyasi yoki lotkalar orqali bajariladi. Yer orqali 0,9 m chuqurlikda kabellarni yotqizishga ruhsat beriladi.
Yuqoridagi ishlar boyicha texnik-iqtisodiy analiz bajarilishi kerak. Buning uchun atrof- muhit sharoiti, inshootning qo’llanilashi, uning arxitektura bezalishi, jihozlarning joylashishi, qulay eksplotatsiya sharoiti va iqtisodiy faktorlar hisobga olinadi. Bu ishlar inson hayotiga xavf tug’dirmasligi, portlash va yong’inni keltirib chiqarmasligi kerak.
Shuni hisobga olish kerakki, elktromontaj ishlarini amalga oshirish vaqti ko’p hollarda qabul qilingan elektromontaj uslubiga bog’liq.
Elektroprovodka ishlarini bajarish ketma-ketligi quyidagicha:

  1. Provoda va kabellar markalari va ularni yotqizishda atrof-muhit ta’siri hisobga olinadi;

  2. Texnologik jarayonga, eksplotatsiya sharoitiga va texnik estetikaga mos elektroprovodka uslublari tanlab olinadi;

  3. Bu uslublardan kam xarajat va mehnat talab qilinadigani tanlanadi.

Elektr o’tkazgichlar va avtomatizatsiya tizimi elektr o’tkazgichlari yong’in chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. Provoda va kabellardagi qisqa tutashuv , ularning izolyatsiyasi va qoplamasining qizishi bin ova inshootlarda yong’in keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun elektro o’tkazgichlar turini tanlashda (ochiq yoki yashirin) faqat atrof-muhit xarakteristikasi emas , balki bino va inshootning yong’inga xavflilik darajasi ham hisobga olinishi zarur




Download 10,46 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   96




Download 10,46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr o’tkazishlarni bajarish usullarini tanlash

Download 10,46 Mb.