|
Termoelektrik termometrlarni o’rnatish
|
bet | 28/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblar6. Termoelektrik termometrlarni o’rnatish
O’rnatish qoidalari ularning vazifasiga bog’lik. Quvuryo’llar yoki uskunalar yuzasi (sirti)ning temperaturasini nazorat qilishga mo’ljallangan termoelektrik termometrlarning ish qismi nazorat qilinadigan yuzaga zich yotadigan qilib o’rnatiladi. Buning uchun termoelektrik termometrlarning quvuryo’llarga va uskunaga urinish joylari ularni o’rnatmasdan oldin metall kuyindilaridan yaxshilab tozalanadi va teksi kemtik joy paydo bo’lgunga qadar egovlab, yaltiratiladi. Tayyorlangan joy termoelektrik termometrning quvuryo’l yoki uskuna sirtiga zich urinishini ta’minlashi lozim. Keyin qisqichlarning kolodkalari payvandlanadi. Termoelektrik termometr kolodkalarning ostidan o’tkaziladi va nazorat qilinadigan yuzaga zich siqiladi.
Yuzatemperaturasini o’lchaydigan termoelektrik termometrni texnologik quvuryo’lga o’rnatish usuli 141-rasmda tasvirlangan.
141-rasm. Yuzatemperaturasini o’lchaydigan termoelektrik termometrni texnologik quvuryo’lga o’rnatish usuli
Quvuryo’l 2 ga o’rnatishda termoelektrik termometr 5 quvurning tashqi yuzasiga moslanadi. Uning uchi quvuryo’llar boylab o’zgarmas temperaturali maydonda joylashtiriladi va issiq o’tkazmaydigan izolyasiya 3 bilan yopiladi, shunda o’lchashdagi xatolik kam bo’ladi.
Quvuryo’llar yoki uskuna ichidagi temperaturani nazorat qiladigan termoelektrik termomterlarning ish qismi shu quvuryo’llarga yoki uskunaga botiriladi. Termoelektrik termometrlarni quvuryo’llarga o’rnatish qoidalari qarshilik termoo’zgartgichlarini o’rnatish qoidalariga o’xshaydi.
142 rasm. Termoelektrik termometrni g’isht devorga (a) va yuqori bosimli quvuryo’lga (b) o’rnatish:
1-termometr, 2-quvuryo’l, 3-bo’rtma, 4-qistirma. 5-shtuser.
Termoelektrik termometrni g’isht terilgan devorga (142-rasm, a) va yuqori bosimli quvuryo’lga (142-rasm, b) o’rnatishda kam inersion termoelektrik termometrlar ishlatiladi. Bularning ish qismi himoyalovchi g’ilofning ichki tubiga payvandlanadi yoki ochib qoyiladiyu Turli metallardan tayyorlangan himoyalovchi g’iloflarga joylangan termoelektrik termometrlar o’lchanadigan muhitga tayyorlovchi-zavod pasportida ko’rsatilgan chuqurlikkacha botiriladi. Chinni armatura ichiga joylangan termoelektrik termometrni yuqori temperaturali zonaga himoyalovchi chinni naycha uzunligigacha botirish mumkin.
Vertikal holatda o’rnatish uchun shtuserli termoelektrik termometrlar qo’llaniladi. Ular yordamchi moslamasiz bevosita bo’rtmaga burab o’rnatiladi. Termoelektrik termometrlarni gorizontal o’rnatishda yordamchi moslamadan foydalaniladi. Yordamchi moslamalar metall devorga flanes vositasida biriktiriladi yoki payvandlanadi. Termoelektrod simga birlashtiriladigan simlar o’zgarmas temperaturali joygacha yotqizilishi lozim (5-paragrafga qarang). Bir nechta termoelektrik termometrlarni almashlab ulagich orqali o’lchash qurilmasiga ulaganda kompensasion simlarning uchlari bir joyga to’planadi.
Fotoelektrik pirometrni o’rnatishda temperaturasi o’lchanadigan nur tarqatgichdan pirometrgacha bo’lgan masofa, agar tayyorlovchi-zavod yo’riqnomasida boshqa o’lcham ko’rsatilmagan bo’lsa, 1Q0,1 m ni tashkil etishi lozim. Vizir kallak nur tarqatgichga yo’lantiriladi, shunda nur tarqatgichdan chiqadigan yorug’lik oqimi pirometrdagi ob’ektivning dinzasi orqali fotoelementga tushishi lozim. Pirometr uning mustahkam va oson o’rnatilishini hamda oson echib olinishini ta’minlaydigan kronshteynga yoki boshqa tayanch konstruksiyaga o’rnatiladi. Asbobni o’rnatish uchun tanlanadigan joyda issiqlikni sust o’tkazadigan muallaq holatdagi zarrachalar yoki gazlar (masalan, karbonat angidrid gazi) ko’p bo’lmasligi lozim. Pirometrni o’rnatishda asbob korpusinng ish temperaturasi 18-220S chegarada bo’lishi kerak.
Vizir qizdirish trubkali va havo bilan sovitiladigan Rapir turidagi radiasion pirometr ish temperaturasi ko’pi bilan 12000S va atrof-muhit temperaturasi ko’pi bilan 1000S bo’lganda vertikal devorga (143-rasm) o’rnatiladi. Agar teleskop yanada yuqori temeperaturagacha qizigan buyumlar (masalan, yaraqlab qizigan metall qismlar)dan chiqayotgan nurga tushib qoladigan bo’lsa, uni yuqori temperaturadan muhofazalash uchun ekranlar o’rnatiladi. Havo bilan sovitish trubasiga filtrlangan, bosimi kamida 0,001 MPa va temeraturasi ko’pi bilan 300S bo’lgan havo keltiriladi. Asbobni shikastlashi mumkin bo’lgan yuqori temperaturali sharoitlarda teleskop suv bilan sovitib turiladigan maxsus g’ilof ichiga joylanadi.
143-rasm. Rapir radiasion pirametrni vertikal devorga o’rnatish: 1-elektr simlar o’tkazilgan shlang, 2-jo’mrak, 3-havo yo’lining shlangi, 4-chizimcha, 5-devorga yotqiziladigan flanesli truba, 6-koborund truba, 7-mahkamlash detallarining to’plami, 8-qisqa truba, 9-sharnirli qurilma, 10-TERA-50 teleskopi.
|
| |