• 5. Qarshilik termoo’zgartgichlarini o’rnatish
  • 140-rasm. Qarshilik termoo’zgartgichlarini quvuryo’llarga o’rnatish: a, b - quvuryo’lning gorizontal va vertikal qismlarida, v -tirsakda, g - kengaytirgich yordamida o’rnatish
  • Manometrik termometrning termoballonini o’rnatish




    Download 10,46 Mb.
    bet27/96
    Sana22.06.2024
    Hajmi10,46 Mb.
    #265084
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96
    Bog'liq
    ASLUS javoblar

    4. Manometrik termometrning termoballonini o’rnatish
    Asbobning to’g’ri ko’rsatishi uni o’rnatish sifatiga bog’liq. Termoballon 11 (139-rasm, b) o’lchanadigan muhitga to’liq botirilib, taxminan oqim o’rtasiga o’rnatiladi. Agar o’lchanayotgan muhitning bosimi va tezligi uncha katta bo’lmasa, muhit agressiv bo’lmasa, termoballon himoyalovchi gilzasiz o’rnatiladi. Agressiv muhitda, shuningdek yuqori bosim sharoitlarida termoballon shikastlanmasligi uchun himoyalovchi gilza 12 ichida joylashtiriladi.
    Gaz termometrlarining termoballonlari mahalliy sharoitlariga qarab gorizontal, vertikal va qiya holatlarda o’rnatiladi. Suyuqlik va bug’ termometrlarining termoballonlari kapillyarini yuqoriga qaratib vertikal yoki qiya holatda o’rnatiladi. Termoballonning quyrug’i 10 o’lchash joyiga payvandlangan bo’rtma 4 ga M27 x 2 yoki M33 x 2 rezbali biriktirish shtusekri 6 yordamida mahkamlanadi. Shtusekr yordamida termoballonning botish chuqurligini o’zgartirish ham mumkin. Birikmani zichlash uchun biriktirish shtuseri salnik bilan jihozlangan (rasmda ko’rsatilmagan). Salnikda zichlama sifatida asbestli tiqindan foydalaniladi.
    Issiqlik o’tkazuvchanlikni oshirish va shunga muvofiq asbobning ko’rsatishidagi kechikish vaqtini qisqartirish uchun termoballon bilan himoyalovchi gilzaning ichki yuzasi o’rtasidagi bo’shliq metall qipiqlar 13 yoki o’lchash chegarasidan yuqori temperaturada qaynaydigan suyuqlik bilan to’ldiriladi.
    5. Qarshilik termoo’zgartgichlarini o’rnatish
    O’rnatish oldidan sezgir elementning butunligi va izolyasiyaning himoyalovchi armaturaga nisbatan qarshiligi tekshiriladi. Qarshilik kamida 20 MOm bo’lishi lozim. Qarshilik termoo’zgargichlarini quvuryo’llarga o’rnatish yo’llari 140-rasmda ko’rsatilgan.

    140-rasm. Qarshilik termoo’zgartgichlarini quvuryo’llarga o’rnatish:
    a, b - quvuryo’lning gorizontal va vertikal qismlarida, v -tirsakda, g - kengaytirgich yordamida o’rnatish

    Texnologik apparatlarda va quvuryo’llarda temperaturani o’lchashga mo’ljallangan qarshilik termoo’zgartgichlari bo’rtmalarga o’rnatiladi. Bo’rtmalarning ichki rezbasi birlashtiriladigan termoo’zgartgich shtuserining tashqi rezbasiga teng bo’lishi kerak. Shtuser qo’zg’aluvchan yoki qo’zg’almas bo’lishi mumkin. Qarshilik termoo’zgartgichlarining o’rnatilish (montaj) qismining uzunligi buyurtmachining talablariga qarab aniqlanadi va u 3200 mm gacha borishi mumkin.


    Qarshilik termoo’zgartgichining sezgir elementi himoyalovchi g’ilofning oxirida joylashadi. Platinadan tayyorlangan termoo’zgartgich sezgir elementining uzunligi 120 mm, misdan tayyorlanganniki esa 60 mm. Termoo’zgartgichlarni o’rnatganda sezgir elementning o’rta qismi o’lchash nuqtasiga mumkin qadar yaqin joylashishi, u bilan o’lchanadigan temperatura esa yaqindagi yuzalarning haroratiga bog’liq bo’lmasligi kerak. Platina termoo’zgartgichlarning botiriladigan qismining uchi o’lchanadigan oqimning o’q chizig’idan 50-70 mm, mis termoo’zgartgichlarniki esa 25-30 mm pastroqda bo’lishi kerak. Quvuryo’lning tirsagiga o’rnatiladigan sezgir element oqimga qarshi yo’naltirilishi va o’lchanadigan muhit oqimining markazida joylashishi lozim. O’lchash joyida tashqi havoning so’rilmasligi uchun bo’rtma quvurga puxta payvandlanadi va termoo’zgartgichning shtuseri unga zich o’rnatiladi.
    Termoo’zgartgich gorizontal yoki qiya holatda o’rnatilganda termoo’zgartgichning kallagiga simlarni kirituvchi shtuser biriktirish qisqichlariga nam tegmasligi uchun pastga qaratiladi. Ismlar termoo’zgartgichlarga odatda uzunligi kamida 500 mm li egiluvchan metall englar ichida keltiriladi. Foydalanish oson bo’lsin uchun termoo’zgartgich oldida ozroq zahira sim qoldiriladi.

    Download 10,46 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96




    Download 10,46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Manometrik termometrning termoballonini o’rnatish

    Download 10,46 Mb.