|
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari
|
bet | 26/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblar138-rasm. Bo’rtmalarni o’rnatish: a - tashqi diametri DN>76 mm li trubaga va metall devorga o’rnatish, b - diametri 76 mm li kengaytirgichli DN 45 va 57 mm li trubaga o’rnatish
3. Suyuqlikli tik shisha termometrlarni o’rnatish
Bular himoyalovchi metall g’ilof ichida yoki g’ilofsiz o’rnatiladi, ya’ni termometr o’lchanadigan muhitga bevosita botiriladi. Sanoat sharoitlarida, odatda bunday termometr g’ilof 9 (139-rasm, a) ichida o’rnatiladi. Bunday g’ilof termometrni sinishdan saqlaydi va asbobni etarli darajada mustahkam va zich o’rnatishni ta’minlaydi. G’ilofning uzhunligi termometrni botirish chuqurligiga va uzunligiga bog’liq. G’ilof cho’ntak 3 li shtuser 6 va bu shtuserga gayka 8 bilan mahkamlangan yuqori qismdan iborat. G’ilofning shtuseri trubaga yoki rezervuar 2 ga payvandlangan bo’rtma 4 ga burab o’rnatiladi.
139 - rasm. Suyuqlikli shisha termometrni g’ilof ichiga o’rnatish (a) va manometrik termometrning termoballonini quvuryo’lga va metall devorga o’rnatish (b): 1 - termometrning aktiv qismi, 2 - quvuryo’l (truba) yoki rezervuar, 3 - g’ilofning cho’ntagi, 4 - bo’rtma, 5 - qistirmap, 6 - shtuser, 7 - to’ldirgich, 8 - tashlama gayka, 9 - g’ilof, 10 - termoballoning quyrug’i, 11 - termoballon, 12 - himoyalovchi gilza, 13-metall qipiqlar, 14 - manometrik termometr
G’ilofning ichki yuzasidan termometrning termoballoniga issiqlik uzatishni yaxshilash uchun gilzada termoballon bilan g’ilofning devorlari o’rtasida paydo bo’ladigan tirqish (bo’shliq) 150 S gacha temperaturani o’lchashda mashina moyi bilan, bundan yuqori temperaturalarni o’lchashda esa mis qipiqlari bilan to’ldiriladi. Bunda to’ldirgich 7 rasmda ko’rsatilgandek, faqat termometrning termoballonini qoplashi lozim. G’ilof ortiqcha to’ldirib yuborilganda o’lchash aniqligi pasayadi va asbobning issiqlik inersiyasi ortadi.
Quvuryo’ldagni temperaturani o’lchashda termoballon quvuryo’l o’qigacha, ya’ni o’lchanayotgan muhit oqimining eng katta tezlik zonasiga botiriladi. Shunda harakatlanayotgan muhit bilan asbob o’rtasida issiqlik almashinishi yaxshilanadi va quvur devorlari orqali issiqlikning yo’qolishi o’lchash natijasiga kam ta’sir ko’rsatadi.
Diametri 200 mm gacha bo’lgan quvuryo’llarning gorizontal qismlarida termometrlar oqimga qaratib truba o’qiga nisbatan qiya o’rnatiladi; diamtri 200 mm dan katta quvuryo’llarda termometrlar turba o’qiga tik o’rnatiladi. Quvuryo’lning oqim yuqoriga yo’nalgan to’g’ri vertikal qismida termometrlar oqimga qaratib, truba o’qiga nisbatan qiya o’rnatiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash,o’rnatish va sozlash, Avtomatlashtirishning elektromexanik sistemalari, Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari
|