|
Temperaturani o’lchaydigan birlamchi o’zgartirgichlarni o’rnatish haqida
|
bet | 25/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblar2. Temperaturani o’lchaydigan birlamchi o’zgartirgichlarni o’rnatish haqida
Temperaturani o’lchaydigan birlamchi o’zgartirgichlar (suyuqlikli shisha termometrlar, manometrik termometrlarning termoballonlari, qarshilik termoo’zgartirgichlari va termoelektrik termometrlar) stendlarda tekshirilib, ularning o’rnatishga yaroqli ekanligi aniqlangandan keyin o’rnatish uchun qabul qilinadi.
O’zgartirgichlar bevosita o’rnatish oldidan tashqi ko’rikdan o’tkaziladi, kapillyar va termoballonda shikastlangan joylarning y o’qligi tekshiriladi; asboblar to’plamida termoballonni mahkamlash detallarining borligi aniqlanadi; texnik hujjatlar (zavodda berilgan pasport va stendda tekshirilganlik bayonnomasi)ning borligi; kapillyar uzunligining asbob o’rnatilgan joydan termoballon o’rnatilgan joygacha bo’lgan masofaga mosligi tekshiriladi.
O’rnatilgan birlamchi o’zgartirgichlar oqimining o’rtacha temperaturasini qabul qilishi, nurlanish yoki issiqlik o’tkazuvchanlik oqibatida yo’qotilgan issiqlik miqdori eng kam bo’lishi lozim. Buning uchun birlamchi o’zgartirgichning sezgir elementi (manometrik termometrning termoballoni, qarshilik termoo’zgartgichning aktiv qismi, termoelektr termometrning issiqqa kiritiladigan kavsharlangan uchi) texnologik quvur yo’ldan oqadigan oqimning markaziga o’rnatiladi. Kesim yuzasi har xil bo’lgan quvur yo’llarda aktiv qismining va himoya cho’ntaklarining uzunligi turlicha bo’lgan termometrlar ishlatiladi yoki turli o’rnatish bo’rtmalaridan foydalaniladi. Quvuryo’lning kesimi kichik bo’lganda termometrni uning aktiv qismi oqimning markazida joylashadigan qilib o’rnatish qiyin. Bu holda termometr oqimga qarshi yo’naltirilib, quvurning o’qiga nisbatan 30 yoki 45 burchak hosil qilib o’rnatiladi yoki quvur yo’lning oqim ko’tariladigan tirsagida joylashtiriladi.
Nazorat qilinadigan muhit temperaturasini to’g’ri o’lchashning asosiy sharti termometrni surilma qopqoqlardan, jo’mraklardan va toraytiruvchi qurilmalardan quvur yo’lning 20 mmli diamteriga teng masofada, ya’ni oqim uyurmalanmaydigan yoki g’alayonlanmaydigan joyda o’rnatishdan iborat.
Birlamchi o’zgartirgich o’rnatilgan joyda tashqi (aloqasi bo’lmagan) issiqlik manbalaridan qo’shimcha harorat ta’sir etmasligi lozim. Begona issiqlikdan saqlanish iloji bo’lmasa, birlamchi qurilmalar issiq o’tkazmaydigan vositalar bilan qoplanadi yoki himoyalovchi ekran o’rnatiladi. Qarshilik termoo’zgartgichlarini va termoelektr termometrlarni devorlardagi tokchalarda, va havo aylanmaydigan boshqa joylarda o’rnatmaslik kerak. Aks holad o’lchash qurilmasining inersionligi ortib ketadi.
Birlamchi temperatura o’zgartirgichlarini mahkamlash va ularning sezgir elementlarini o’lchanadigan muhitga kiritish uchun ishlatiladigan eng oddiy qurilmalar texnologik uskuna va quvuryo’llarga o’rnatiladigan bo’rtmalardan iborat (138-rasm, a). Diametri Dn 45 va 57 mm li trubalarga bo’rtmalarni o’rnatish uchun kengaytirgichlar payvandlab ulanadi (138-rasm, b).
|
| |