|
Trubalarni yig’ib bloklarni tayyorlash
|
bet | 21/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblar3. Trubalarni yig’ib bloklarni tayyorlash
Hozirgi sanoat korxonalarida markazlashtirilgan usulda boshqariladigan texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatik rostlash tizimlari umumiy uzunligi 50-60 ming. m ga etadigan bir oqimda 250-300 taga quvuryo’llarni o’z ichiga qamraydi.
Quvuryo’llarni o’rnatish muddatlarini qisqartirish, sifatini oshirish va narxini pasaytirish uchun ishlar blok-uzel usulida bajariladi. Bu usul quvuryo’llarni tayyorlash boyicha eng sermehnat og’ir ishlarni montaj tashkilotining tayyorlash o’rnatish ustaxonalari bajarishga imkon beradi. Shu munosabat bilan ko’rilayotgan ob’ektda bevosita bajariladigan ishlar ancha soddalashadi va tayyor bloklarni yotqizish va ularni yig’ib, quvuryo’l hosil qilishdan iborat bo’ladi. Ustaxonalarda tayyorlangan truba bloklarni o’rnatish joyida yig’ish,mahkamlash va sinab ko’rish ancha oson bo’ladi.
Ko’tarib turuvchi konstruksiyalar (karkaslar)ga yoki tayanch detallarga ma’lum tartibda yotqizilgan va mahkamlangan hamda o’zaro bog’langan qismlarni quvuryo’lga ulash uchun to’liq tayyorlangan zarur uzunlik va shakldagi trubalarning ma’lum soni trubalar deb ataladi.
Trubalar blokining konstruksiyasi birxillashtirilgan, ya’ni ular uchun namunaviy chizmalar ishlab chiqilgan. Birxillashtirilgan truba bloklar ko’tarib turuvchi karkasli va karkassizlarga bo’linadi.
Ko’tarib turuvchi karkasli trubalar blok to’g’ri va burchakli bo’ladi (80-rasm). Bunday bloklar ko’prik karkaslarda yig’iladi. Shu bois ular ko’prik bloklar deb ham ataladi. Bu bloklarning ko’prik karkaslari perforasiyalangan 32x16x2,2 mm o’lchamli profildan yoki tengyonli bukilgan burchakliklar (25x25x2,5 va 32x32x2,5 mm o’lchamda) 3 dan (80-rasm, a) tayyorlanadi. Trubalar karkaslarga skobalar 2 bilan mahkamlanadi. Trubalar bloki namunaviy konstruksiyalarning standartlashtirilgan chizmalari boyicha tayyorlanadi. Ayrim asoslangan hollarda esa ishlarni bajarish loyihasida keltirilgan chizmalar boyicha tayyorlanadi.
Namunaviy chizmalarda karkasning eni 300, 450, 500 va 600 mm (har bir trubaning tashqi diametri 8 yoki 10 mm), uzunligi 5100 mm bo’lgan bloklar ko’rsatilgan. Har bir blokdauning eniga qarab, tashqi diametri 8 mm li 26 dan 56 taga va tashqi diametri 10 mm li 20 dan 42 taga truba joylashtiriladi. Bunday truba bloklarining eng katta uzunligi ularning mexanikaviy mustahkamligi va tashishda qulaylik shartlariga binoan 11 m dan oshmasligi kerak.
Ko’prik bloklardan tuzilgan quvuryo’lning yo’nalishi perforasiyalangan profilning bo’laklariga yig’ilgan burchak kirgizmalarida, shuningdek, o’sha ko’tarib turuvchi konstruksiyalar-burchakliklar yoki perforasiyalangan profillarda bajarilgan turli balandlikdagi bloklarda o’zgartiriladi. Burchak kirgizmalar quvuryo’llarning yo’nalishini bir yoki bir necha tekislikllarda o’zgartirishga imkon beradi. Shunda truba bloklarni har qanday burchak ostida egish mumkin. Bundan tashqari, o’rnatilgan quvuryo’llarda burchak kirgizmalar bir vaqtning o’zida trubalarning issiqlikdan uzayishi kompensasiyalovchi joy bo’lib ham xizmat qiladi.
|
| |