• Tayanch iboralar
  • Ma’ruza mashg’ulotining maqsadi
  • 1. Ish chizmalari
  • Yig‘ma va aloxida shchitlarning tarkibiy ro‘yxati jadvallari




    Download 10,46 Mb.
    bet19/96
    Sana22.06.2024
    Hajmi10,46 Mb.
    #265084
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   96
    Bog'liq
    ASLUS javoblar

    Yig‘ma va aloxida shchitlarning tarkibiy ro‘yxati jadvallari
    Yig‘ma shchitining tarkibiy ro‘yxati jadvali “yig‘ma birliklar” (“sborochniye yedenitsi”) va “standart maxsulotlar”dan tashkil topadi. Umumiy ko‘rinishi chizmasi mavjud bo‘lgan shchit va pultlarni birinchi bo‘limga, yordamchi elementlarni ikkinchi bo‘limga kiritiladi.
    Aloxida shchitlarning tarkibiy ro‘yxati “Detallar”, “Standart maxsulotlar”, “Boshqa maxsulotlar” va “Materiallar” bo‘limlarini o‘z ichiga oladi.
    “Detallar” bo‘limiga nostandart (tipik bo‘lmagan) o‘lchov asboblari va apparatlarni o‘rnatishda qo‘llaniladigan detallar kiritiladi. (masalan. Reyka, plata va boshqalar).“Standart maxsulotlar” bo‘limiga shchit konstruksiyalari (shkaf, karkasli panellar, “stoykalar” va shunga o‘xshashlar) va boshqa standart maxsulotlar (asboblar, elektr jixozlar) kiradi.
    “Boshqa maxsulotlar” bo‘limiga asboblar, apparatura va montaj uskunalari quyidagi guruxlar bo‘yicha kiritiladi:
    a) avtomatlashtirishning asbob va vositalari (pozitsiya raqamlari ortib borishi bo‘yicha),
    b) Boshqarish elektrjixozlari (knopkalar, yoqib o‘chirgichlar), signal armaturasi, rele va manba jixozlari (transformatorlar, avtomatlar, o‘chirgichlar),
    v) Montaj maxsulotlari elektr montaj maxsulotlari, trubalarni montaj qilish maxsulotlari, yozuvlar uchun ramkalar.
    Yig‘ma shchitining tarkibiy ro‘yxati 3-jadvalda, aloxida shchitlarning tarkibiy ro‘yxatining birinchi varagi 4-jadvalda va qolgan varaqlari 5-jadvalda keltirilgan.
    Jadvalning “Nomlanishi” ustunida asboblarning tipi, modifikatsiyasi va bajarilish raqami belgilanishi keltiriladi. Izox bo‘limida o‘rnatish chizmalari raqami ko‘rsatiladi.

    Jadval 3. Yig‘ma shchitining tarkibiy ro‘yxati



    Pozitsiya

    Belgilanishi

    Nomlanishi

    Soni

    Izox



    1

    2

    3

    4

    5







    Yigma birliklar







    1

    XXX-XXX-A027

    Shchit 1

    1




    2

    XXX-XXX-A028

    Shchit 2

    1




    3

    XXX-XXX-A029

    Shchit 3

    1




    4

    XXX-XXX-A030

    Shchit 4

    1




    5

    XXX-XXX-A031

    Mnemochizma 1

    1




    6

    XXX-XXX-A032

    Mnemochizma 2

    1




    7

    XXX-XXX-A033

    Mnemochizma 3

    1




    8

    XXX-XXX-A034

    Mnemochizma 4

    1

























    Standart maxsulotlar







    9




    Panellar Pn OST3613-76 PnV-D U4

    2




    10




    PnV-1000 U4

    1




    11




    PnD-SHPK-1000 U4

    3




    12




    PnTD-SHPK U4

    1




    13




    Vstavka VU OST 3613-76 VU-45 U4

    2




    14




    VU-D-SHPK-45 U4

    2



    Asosiy yozuvni (burchak shtampi) shchitning tarkibiy ro‘yxatining birinchi listiga joylashtiriladi, qolgan varaqlarda esa asosiy yozuv joylashtirilmaydi. Chizma nomini masalan, yig‘ilgan shchit uchun “Suv ta’minoti dispetcheri shchiti. Umumiy ko‘rinishi”, aloxida shchit uchun “Shchit 1. Umumiy ko‘rinish” deb nomlanadi.


    Tayanch iboralar:

    Panelli, agregat, markaziy, joyidagi shchitlar; shchit karkasi; dispetcher xonasi, shchit kommutatsiyasi; shchitning umumiy ko‘rinish chizmasi; ort va olddan ko‘rinish chizmalari; yozuvlar jadvali; shchitning qismlar tarkibi ro‘yxati; ulash va ulanishlar jadvali.


    Jadval 4. Aloxida shchitlarning tarkibiy ro‘yxati (birinchi varaq).


    Jadval 4. Aloxida shchitlarning tarkibiy ro‘yxati (keyingi varaqlar).






    1. Montaj va sozlash ishlari uchun texnik hujjatlar

    4 - ma’ruzalar.
    Montaj va sozlash ishlari uchun texnik hujjatlar



    Ma’ruza mashg’ulotining maqsadi: Talabalarni darsga mashg’ulotida tayyorlash, talabalarga bilimni uzatish yo’li bilan o’quv jarayonini tashkillashtirish, mar’uza materiallari boyicha bilim va ko’nikma hosil qilish, ushbu mashg’ulotni o’zlashtirishi uchun izlanish, ularning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish

    Reja:
    1. Ish chizmalari
    2. Trubalarni tayyorlash va ularni yig’ishga taxt qilish
    3. Trubalarni yig’ib bloklarni tayyorlash
    4. Armaturani o’rnatishga tayyorlash

    1. Ish chizmalari
    Avtomatlashtirish asboblari va tizimlarini o’rantish ishlarining zamonaviy texnologiyasi korxonalarda yoki tayyorlash-o’rnatish ustaxonalarida, ya’ni o’rnatiladigan maydondan tashqarida oldindan tayyorlab qoyilgan bloklar va konstruksiyalardan imkon qadar ko’proq foydalanishga asoslangan. O’rnatish detallarini oldindan tayyorlash va bloklar hamda konstruksiyalarni oldindan yig’ish tayyorlash ishlari deb ataladi, asboblar, apparatlar, konstruksiyalar, yig’ma birliklar, bloklar, birlashtirish quvuryo’llarni va elektr o’tkazgichlarni loyiha chizmalariga muvofiq o’rnatish esa, montaj (o’rnatish) ishlari deb ataladi.
    Tayyorlash ishlari va avtomatlashtirish asboblari va tizimlarini o’rnatish ishlari avtomatlashtirish loyihalarining ish chizmalariga asosan: avtomatlashtirish funksional sxemalari; tashqi elektr o’tkazgichlar va quvuryo’llarning sxemalari; avtomatlashtirish vositalari, elektr o’tkazgichlar va quvuryo’llarning joylashish plani (trassa chizmasi) boyicha bajariladi.
    Avtomatlashtirish funksional sxemasida texnologik uskunalar, kommunikasiya yo’llari, boshqarish organlari, avtomatlashtirish vositalari, bular o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar shartli tasvirlar bilan ko’rsatiladi. Sxemada texnologik kommunikasiyalar va uskunalarning tasvirlarida asosiy berkitish va rostlash organlari, ajratib olish qurilmalarining va birlamchi asboblarning joylashishi belgilanadi.
    Funksional sxemani o’qish vauni loyihaning boshqa chizmalariga bog’lash oson bo’lishi uchun asboblar va apparatlar zanjirsimon tartiblanadi. Masalan, agar sxemada biror kattalikni o’lchash nuqtasiga 10 nomer (pozisiya) berilgan bo’lsa, u holda bu o’lchash nuqtasiga mo’ljallangan birlamchi asbob 10a, o’zgartirgich-10b, ikkilamchi asbob 10v, rostlagich (buyruq asbobi) 10g, ijro mexanizm 10d, rostlash organi 10e, va h.k. nomerli bo’ladi. Bunomerlar loyihaning spesifikasiyasida, smetasida va boshqa hujjatlarida ham yoziladi.
    Shchitlar va pultlarning umumiy ko’rinish chizmalari tayyorlovchi-zavod yoki tayyorlash-o’rnatish ustaxonasi uchun topshiriq ko’rinishida bajariladi. Umumiy ko’rinish chizmasida (frontal tekislikda) oldindan ko’rinishi, ichki tekisliklarda ko’rinishi; tablo va ramkalar ichiga olingan yozuvlar jadvali, elektr o’tkazgichlarni va quvuryo’llarni birlashtirish va ulash jadvallari, shuningdek, shchitdagi tarkibiy qismlarning royxati keltiriladi.
    Tarkibiy qismlar royxatida turli detallar, standart buyumlar, asboblar, apparatlar va materiallarning umumiy ko’rinish chizmasidagi pozisiyalariga muvofiq ularning nomi, turi soni va o’rnatish chizmasining nomeri ko’rsatiladi.
    Umumiy ko’rinish chizmalarida shchitlar va pultlarning spesipikasiyasi hamda shchitning frontal (old) tomonida va pultning ish yuzasida o’rnatiladigan asboblar hamda apparatlar (har qaysi shchit uchun alohida) royxati keltiriladi.
    Zarur bo’lgan hollarda shchitlar va pultlardagi ayrim yig’ma birliklar (uzellar) ning kesmasi va chizmalari bajariladi. Masalan, shkafli shchitlarning vertikal kesimida elektr o’tkazgichlarni va quvuryo’llarni shchit ichida o’tkazish qurilmalari (qutilar, novlar, siqilgan havo kollektori va h.k) tasvirlanadi va ularning koordinatalari belgilanadi.
    Tashqi elektr o’tkazgichlarning va quvuryo’llarning sxemalari jamlovchi chizmalardan iborat bo’lib, ularda shchitlardan tashqari alohida avtomatlashtirish asboblari va vositalari hamda shchitlar (pultlar) o’rtasida o’tkaziladigan quvuryo’llar va elektr o’tkazgichlar ko’rsatiladi, Bu sxemalarda ajratib olish qurilmalari va birlamchi asboblar, shchitlar, pultlar, nazorat qilish, rostlash, signal berish va ta’minlash punktlarini o’rnatish belgilari ko’rinishida shartli ifodalanadi, ularning nomlari va o’rnatish sxemalari chizmalarining nomeri yoziladi; shchitlardan tashqarida o’rnatiladigan asboblar, rostlagichlar, ijro mexanizmlar, klapanlar, elektr yuritmalari, elektr havo va moy bilan ta’minlash manbalari bularga keltiriladigan kabellar, simlar yoki trubalar bilan birga, ularning spesifikasiyadagi nomerlari va o’rnatish chizmalarining nomeri yozib ko’rsatiladi. Sxemalarda shuningdek, harakatlardagi standartlarda ko’rsatilmagan shartli belgilar jadvali ham keltiriladi.
    Avtomatlashtirish vositalarining, elektr o’tkazgichlarning va quvuryo’llarning joylashish planlarida quyidagilar:
    binoning yoki sanoat maydonchasining, texnologik uskunalar va asosiy texnologik quvuryo’llarning konturlari;
    himoyalovchi trubalarda, novlarda, qutilarda va bularsiz o’tkaziladigan elektr simlar va kabellar hamda avtomatlashtirish asboblari va vositalarida keltiriladigan, texnologik agregatlarning karkaslari boylab yotqiziladigan, binolarning devorlaridan, shiplaridan, kolonnalaridan va pollarning ichidan, kanallar, xandaqlar, tunellar va estakadalardan o’tkaziladigan quvuryo’llar;
    elektr o’tkazgichlarni va quvuryo’llarni binolar va inshootlarning devorlaridan va qavatlararo yopmalaridan o’tkazish;
    texnologik uskunalarda va quvuryo’llarda joylashgan ajratib olish qurilmalari, birlamchi asboblar va rostlash organlari;
    shchitlardan tashqarida (binolarning devorlarida va kolonnalarida, texnologik agregatlarning karkaslarida va h.k) o’rnatiladigan asboblar, rostlagichlar, ijro mexanizmlar elektr apparatlar va boshqa uskunalar;
    shchitlar, pultlar, birlashtirish va tortish qutilari, termoelektrik termometrlarining bo’sh uchidagi qutilar ko’rsatiladi va koordinasiyalanadi. Joylashish planlarida qo’llaniladigan o’rnatish materiallarining va buyumlarning royxati ham keltiriladi.

    Download 10,46 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   96




    Download 10,46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yig‘ma va aloxida shchitlarning tarkibiy ro‘yxati jadvallari

    Download 10,46 Mb.