|
-rasm. Ko’tarib turuvchi karkasli to’g’ri (a) va burchakli (b) trubalar bloki
|
bet | 22/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblar80-rasm. Ko’tarib turuvchi karkasli to’g’ri (a) va burchakli (b) trubalar bloki:
trubalar, 2-skobalar, 3-burchaklik, 4-buklamalar
Yondosh bloklarning trubalarini o’zaro ajralmaydigan qilib (kavsharlab, payvandlab) yoki ajraladigan qilib (rezbali birikmada) birlashtirish mumkin. Kavsharlash, payvandlash yoki rezbali birikmalarni o’rnatish uchun trubalarning uchlarida bukmalar bo’ladi. Mis va po’lat choksiz trubalarning uchlari bukgichlar yordamida (81-rasm) bukiladi.
Mis trubalarni biriktirgichlar yordamida ulashga tayyorlashda ularning uchlari yumaloqlab kengaytiriladi. Universal yumaloqlagich (82-rasm, a) korpus va konus-puansondan iborat. Korpusda tashqi diametri 6, 8, 10, 12 va 14 mm li mis trubalar uchun beshta teshik bor. Trubaning uchi jag’lar orasida mos diametrli teshikka kirgizilib, quloqli gaykalar yordamida qisiladi. So’ng puansonli vint buraladi. Puanson trubalar yon yuzasiga tiraladi. Puansonning konuslik burchagi 60o. Tashqi diametri 8 mm li mis trubalar uchun maxsus yumaloqlagichning jag’lari bilan qisiladi. Yumaloqlagichning dastalarini bir-biriga yaqinlashtirganda uning o’rta qismida joylashgan puanson ilgarilanma harakatlanib, trubaning uchiga kirib, uni yumaloqlab kengaytiradi.
81-rasm. Mis (a) va po’lat (b) trubalar uchun mo’ljallangan bukgichlar
82-rasm. Universal (a) va diametri 8 mm li mis trubalar uchun mo’ljallangan (b) yumaloqlagichlar
Kavsharlab, payvandlash ishlarini bajarish yoki rezbali birikmalarda gayka kalitit bilan ishlash uchun yondosh trubalar orasida joy qoldirishuchun bir-biridan qochirib joylashtiriladi.
Ko’tarib turuvchi karkasli truba bloklar 10 Mpa dan yuqori bosimli quvuryo’llar yoki har xil diametdagi trubalardan yig’ilgshan kam sonli quvuryo’llar uchun, shuningdek o’tkazish yoki foydalanish sharoitlariga ko’ra quvuryo’lni karkas bilan mustahkamlash zarur bo’lgan hollarda qo’llaniladi. Qolgan boshqa hollarda ancha tejamli karkassiz trubalar ishlatiladi.
Krkassiz trubalar bloki ikki turli- to’g’ri to’rtburchakli va paketli halqalarga yoki perforasiyalangan burchaklikka o’rnatilgan bo’ladi.
To’g’ri to’rtburchakli xalqaga o’rnatilgan blok (83-rasm, a) xalqa 2 ning ikkita qarama-qarshi tomonlarida yotqiziladigan mis trubalar 1 dan yig’iladi va normallashtirilgan skobalar 3 bilan mahkamladi. Halqaning boshqa ikki tomonida yondosh bloklarga mahkamlash uchun yoki suvgaz o’tkazuvchi trubalar 6 dan (83-rasm, b) yasalgan havo kollektorini mahkamlash uchun foydalaniladi. 120x120 mm o’lchamli to’g’ri turtburchakli halqa perforasiyalangan 4x30 mm o’lchamli po’lat polosadan tayyorlanadi.
83-rasm. Karkassiz trubalar bloki: a-trubalar blokining seksiyasi, b-ikkita seksiyadan tuzilgan trubalar bloki (old tomondan ko’rinishi), v- paketli halqalarga yig’ilgan bloklar (paketli bloklar): 1-trubalar, 2-halqa, 3-skoba, 4-bolt, 5-gayka, 6-suvgaz o’tkazuvchi truba
Paketli xalqalarga yig’iladigan bloklar (83-rasm, v) tashqi diametri 8 mm li mis yoki po’lat trubalar 1 dan yig’iladi. Halqalar 2 o’rtasida masofa mis trubalar uchun 500-600 mm, po’lat trubalar uchun esa 600-1000 mm bo’ladi. Paketli halqalarning o’lchamlari uch qatorgacha truba yotqizishga yo’l qoyadi, bu esa bloklarni ko’p trubalardan yig’ishga imkon beradi.
Tashqi diametri 14 va 22 mm po’lat trubalardan bloklar perforasiyalangan burchaklikka yig’iladi. Bunday blokning namunuviy chizmalarda qabul qilingan eng katta uzunligi 11 m ga teng, lekin ayrim hollarda bundan ham uzun bo’lishi mumkin.
Quvuryo’llarning yo’nalishini o’zgartirish uchun bir uchi qayrilish tomoniga egilgan burchak bloklar ishlatiladi. Bir oqimga gorizontal va vertikal boylab to’planadigan bloklar soni cheklanmagan. Shuning uchun oqimdagi trubalar sonini istagancha qilib, trassani yig’ish mumkin.
|
| |