|
Kabelli konstruktsiyalarda ochiq elektr o’tkazuvchilar
|
bet | 30/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblar7. Kabelli konstruktsiyalarda ochiq elektr o’tkazuvchilar.
Kabellarni bunday usul bilan tortish avtomatlashtirish tizimlarida keng qo’llaniladi. Bu usul ishlab chiqarish inshootlari va tashqi uskunalarda man qilinmagan hamma hollarda qo’llaniladi. Ishlab chiqarish inshootlarida ochiq elektr o’tkazuvchilar (OEO’) bino konstruktsiyalari, devorlar , pol ostidan va shiftdan olib o’tilishi mumkin. Tashqi uskunalarda esa bino devorlari, kabel va texnologik estakadalarboylab tortilishi mumkin. Alohida ko’zda tutilgan hollardan tashqari hollarda avtomatlashtirish tizimi uchun maxsus kabel estakadasiqo’llanilmaydi. Kabellarni tortish uchun konstruktsiyalar alohida ishlab chiqarilgan elementlardan yig’iladi. Tayanch kabel konstruktsiyalar gorizontal holada bir-biridan 0.8-1.0 m masofada o’tkailadi. Burilish joylarida konstruktsiyalar orasidagi masofa kabelning qayrilish radiusidan kelib chiqib tanlanadi. Avtomatlashtirish tizimida gorizontal yotqizilgan kabellar orasidagi masofa belgilanmagan, lekin vertical tortilgan kabellar orasidag I masofa 100 mm dank am bo’lmasligi kerak. §11.3 da aytib o’tilganidek ishlab chiqarish inshootlaridagi kabel konstruktsiyalarida himoya qobig’iga ega bo’lgan kabellardan foydalaniladi, shuningdek himoya qobig’isiz lekin yonmaydigan sirtga ega kabellar poldan 2 metr balandlikda o’tkazilishi mumkin.
Tashqi uskunalarda esa himoya qobig’iga ega bo’lgan kabellar ruxsat etiladi. Yonuvchi konstruktsiyalar va yuzalarda himoya qobig’I ustidan yonuvchan qatlami bo’lgan kabellardan foydalanish mumkin emas. Himoya qobig’iga ega bo’lmagan kabellarni gorizontal o’tkazishda ulab osilib qolmasligi kerak.
Kabel konstruktsiyalarida ochiq holda kabel tortish uchun qoyilgan asosiy talablarni ta’kidlab o’tish joiz:
-kabellar yo’nalishini iloji boricha to’g’ri chiziqli qilish kerak.
Elektr o’tkazishlar chizmalarini loyihalash. Umumiy holatlar, elektr o’tkazgichlar turlarini tanlash, kabel va utkazgichlarni tanlash. Turli vazifali zanjirlarni birgalikda o’tkazish masalalari. Po’lat quti, lotok, kabel konstruksiyalaridan o’tkazish, optik kabellarni o’tkazish.
|
| |