Temperaturani o’lchovchi ikkilamchi asboblarni o’rnatish




Download 10,46 Mb.
bet29/96
Sana22.06.2024
Hajmi10,46 Mb.
#265084
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   96
Bog'liq
ASLUS javoblar

7. Temperaturani o’lchovchi ikkilamchi asboblarni o’rnatish
Temperaturani o’lchaydigan ikkilamchi asboblar (manometrik termometrlar, millivoltmetrlar, logometrlar va muvozanatlangan ko’priklar) shchitlarning panellariga o’rnatiladi. Bunday asboblarning aksariyati cho’ktirib o’rnatishga mo’ljallangan korpusli bo’ladi. Cho’ktirib o’rnatiladigan asboblar skobalar yoki suxar-qisqichlar bilan mahkamlanadi, devorga o’rnatiladiganlari esa asboblar to’plamida jo’natiladigan maxsus sirtmoqlarga ilib o’rnatiladi. Ikkilamchi asboblarni o’rnatishga mo’ljallangan shchitlarning panellari barcha hollarda asboblarning bikr va mustahkam mahkamlanishini, shuningdek o’rnatish va echib olish qulayligini ta’minlamog’i lozim.
Manometrik termometrlar foydalanish sharoitlariga qarab shchitga yoki devorga o’rnatiladi. Asbob shchit ichida o’rnatilganda (163-rasm, a) shchitning paneli 5 da asbob uchun teshik va boltlar uchun to’rtta teshik ochiladi, asbobning korpusi 1 shchitga teskari tomondan kirgiziladi, korpusning flanesi bilan shchit orasiga to’rtta vtulka 4 qoyiladi va asbob flanes vositasida boltlar 2 bilan mahkamlanadi.
L-4 logometr (163 rasm, b) panelga sharnirli biriktirilgan kronshteynlar 7 ga o’rnatiladi.
KSP2 avtomatik potensiometrlar va KSM2 muvozanatlangan ko’priklar (163-rasm, v) ham panelga cho’ktirib o’rnatiladi va asboblar to’plamidagi detallar 9 bilan mahkamlanadi. Shchitning panelida ochiladigan teshik mazkur asboblar uchun mo’ljallangan normallardagi chizmalar boyicha kesiladi.
Shuni hisobga olish kerakki, potensiometrlar agressiv bo’lmagan muhitda 5 dan 550S gacha temperaturada ishlashga mo’ljallangan. Potensiometrga ulanadigan termoelektrik termometrlar asbob bilan bir xil darajalangan bo’lishi lozim. Bunda kompensasion simlarning markasi to’g’ri tanlangan bo’lishi va ularda oraliq ulanmalar bo’lmasligi lozim.

163-rasm. Manometrik termometrlarni (a), logometrni (b), potensiometr va ko’prikni (v) shchitning paneliga mahkamlash: 1-korpus, 2-bolt, 3-gayka, 4-vtulka, 5-shchitning paneli, 6-termoballonga ulanadigan kapillyar, 7-kronshteyn, 8-shchitning panelidagi kesilgan joy, 9-mahkamlash detali

Millivoltmetrlar, logometrlar va potensiometrlar o’rnatilgandan keyin bu asboblarning oz bo’lsa ham titranishiga sabab bo’ladigan ishlarni bajarmaslik kerak.





  1. Kabeli kontruksiyalarda ochiq kabeli elektr o‘tkazishlari




Download 10,46 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   96




Download 10,46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Temperaturani o’lchovchi ikkilamchi asboblarni o’rnatish

Download 10,46 Mb.