|
Armaturani o’rnatishga tayyorlash
|
bet | 23/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblar4. Armaturani o’rnatishga tayyorlash
Armaturani o’rnatishga tayyorlash ishlarining hajmi shu armatura mo’ljallangan shartli bosimga va uning pasportida ko’rsatilgan kafolat muddatiga bog’liq
10 Mpa dan past shartli bosimga mo’ljallangan armatura uning pasportida ko’rsatilgan kafolat muddati o’tgunga qadar o’rnatishga berilganda tayyorlash-o’rnatish ustaxonalarida fqat tashqi tekshiruvdan o’tkaziladi. Armatura moydan tozalangandan keyin sinchiklab ko’zdan kechiriladi va oson ochilishi va yopilishi tekshiriladi. Armaturaning tambasi qadalmasdan engil harakatlanishi lozim.
Tayyorlovchi-zavodda berilgan pasportda ko’rsatilgan kafolat muddati o’tgan bo’lsa, armaturani o’rnatishga berishdan oldin ko’zdan kechiriladi. Mustahkamligi va zichligini aniqlash maqsadida dastlabki gidravlik sinovdan o’tkaziladi. Armaturaning korpusini bosim bilan mustahkamlikka sinash GOST 356-80 ga muvofiq bajariladi; berkitish qurilmasining zichligi ish bosimi bilan sinaladi, bunda meyor GOST 9544-75 boyicha qabul qilinadi. Shartli o’tish teshigining diametri 15 dan 50 mm gacha bo’lgan jo’mraklar gidravlik sinovdan shkafsimon maxsus stendlarda o’tkaziladi. Stendning ustqoyma qismida masofadan boshqariladigan ikkita KDUB-1 jo’mragi va uchta manometr joylashgan. Bulardan bittasi –havo yo’lidagi bosimni o’lchashga, ikkitasi esa sinab ko’rish uchun beriladigan suv bosimini o’lchashga mo’ljallangan. KDUB-1 jo’mraklari servoyuritmalarni boshqaarish uchun mo’ljallangan: bitta jo’mrak sinaladigan buyumlarni siqadi, ikkinchisi suvning sinab ko’rish bosimini hosil qiladi. Stendda eng katta sinash 2,5 Mpa.
10 Mpa dan yuqori shartli bosimga mo’ljallangan armatura tayyorlovchi-zavoddan berilgan pasportning bor-yo’qligidan qat’i nazar o’rnatishga berishdan oldin tekshiruvdan va mustahkamlikka hamda zichlikka gidravlik sinovdan o’tkaziladi.
Armatura tashqi tomondan tozalangandan keyin tekshirish alohida qismlarga ajratiladi, kerosin bilan yuviladi, klapan va o’rindiq sinchiklab ko’rikdan o’tkaziladi, ularning bir-biriga ishqalab moslanganligi boyoq surkab tekshiriladi, rezbaning holati ko’zdan kechiriladi va tekshiriladi, linza osti uyalarning tozaligi, shuningdek tamg’alarning borligi tekshiriladi. Shundan keyin armatura yig’iladi.
Gidravlik sinov Gost 356-80 va 9544-75 da belgilangan meyordagi sinab ko’rish bosimida 5 min saqlab turib o’tkaziladi Gidravlik sinovdan keyin armatura puflab tozalanadi, tashqi boyalmagan yuzalar tabiiy alif yoki korroziyaga qarshi modda bilan qoplanadi, zichlash yuzalariga esa solidol surtiladi (kislorodli muhitda ishlaydigan armaturaga solidol surtilmaydi). Agar tekshiruvdan keyin armatura o’rnatish uchun jo’natilmaydigan bo’lsa, yashiklarga joylab qoyiladi.
Kislorod, ammiak va emiruvchi muhitlar bilan to’latiladigan quvuryo’llarda bu muhitlarda ishlashga mo’ljallangan armaturalardan ham foydalanishga ruxsat etiladi. Armaturani tekshirish va gidravlik sinash natijalari dalolatnomada yozib rasmiylashtiriladi.
Temperatura o‘lchash vositalarining montaj va sozlash ishlari
|
| |