|
Shchit va pultlarni joylashtirish
|
bet | 16/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblarShchit va pultlarni joylashtirish.
Shchit va pultlar boshqarish punktlarida va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish xonalarida joylashtirilishi mumkin. Odatda sexlarda joylashgan boshqarish punktlarida shchitlar boshqarish obektlariga yaqin joylashtiriladi va bunda jarayonni boshqarish faqat o‘lchov asboblari ko‘rsatishiga qarab emas, balki jarayon ketayotgan jixozlarga xam qarab nazorat qilinadi.
B a’zi xollarda operator punktlari ishlab chiqarishda shisha to‘siqlar (devorlar) bilan ajratilgan bo‘lishi mumkin.
9.4-rasm. Markaziy boshqarish shchitini joylashtirishga misol:
1- chap tomonidan yopiq, karkasli ikki seksiyali panelli shchit, SHPK-2-ZL; 2 — aylanma ramali karkasli ikki seksiyali panelli shchit SHPK-2; 3 —karkasli uch seksiyali panelli shchit SHPK-3; 4 — o‘ng tomonidan yopiq, karkasli uch seksiyali panelli shchit, SHPK-Z-ZP; 5 - ikki seksiyali stativ S-2; 6 —tekis stativ SP; 7 — yordamchi panel, eshikli PnV-D; 8 — yordamchi panel PnV; 9 — burchakli vstavka VU; 10 — chap pult P-L; 11 — o‘rta pult P-S; 12 — o‘ng pult P-P; 13 — kichik o‘lchamli shkafli shchit SHSHM; 14 — ochiq tok beruvchi qismlari bor jixoz.
Dispetcher boshqarish punktlari shchitlari maxsus shchit xonalariga joylashtiriladi.
Shchitlarni ishlab chiqarish xonalarida joylashtirish joylarini aniqlashda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi.:
-shchitlarni birlamchi o‘lchov asboblariga yaqin joylashishi;
-shchitlarda joylashgan o‘lchov asboblari bilan ishlashning qulayligi va obektni yaqin nazorat qilish imkonining mavjudligi;
-shchitlarga o‘tish, yoniga borish mumkinligi;
-shchitdagi o‘lchov asboblari yetarli yoritilganligi;
-Vibratsiyaning, issiqlik magnit va elektr maydonlarining va agressiv gazlarning yo‘qligi;
-suv, bug‘, kislotalarning tushish imkoniyatining yo‘qligi.
Shchit xonalarini va dispetcher xonalarini loyihalashda ishchilarga komfort sharoitlarni yaratish bo‘yicha qator arxitektura kompanovkalash va rejalashtirish yechimlarini xal qilish bo‘yicha masalalarni ochishga to‘g‘ri keladi. Shchit xonalari boshqarish obektiga yaqin bo‘lishi kerak.
Shchit xonalarining yerto‘lada joylashishi, vibratsiya bor, namligi yuqori, gazlar bor, magnit maydonlarining ta’siri katta, isitish trubalari, suv ta’minoti, kanalizatsiya, ventilyatsiya o‘tgan joylarda bo‘lishi ruxsat etilmaydi.
Operatorlar xonasi odatda aktiv operatorlik, nazorati va boshqaruvi zonasiga, davriy taxlil zonasiga, umumiy axborot zonasiga, mnemosxema va dam olish zonasiga bo‘linadi.
|
| |