|
Prinsipial pnevmatik sxemalar ta'minotiga doir misol bajarish va rasmiylashtirish usullari
|
bet | 12/96 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 10,46 Mb. | | #265084 |
Bog'liq ASLUS javoblar5. Prinsipial pnevmatik sxemalar ta'minotiga doir misol bajarish va rasmiylashtirish usullari.
Prinsipial pnevmota’minot sxemalarida ta’minot sistemalari va avtomatlashtirish vositalarida siqilgan havo bilan ishlash boyicha qaror qabul qilingan bo’ladi. Agar loyihada bir necha miqdordagi barcha pnevmatik qurilmalar berilgan bo’lsa va ularning barchasi funksional yoki prinsipial sxemada berilgan bo’lsa, unda pnevmota’minot sxemasining bir qismini bajarilmasligiga ham yo’l qoyiladi, pnevmota’minotga aloqador elementlar alohida funksional yoki prinsipial sxemada ko’rsatilgan bo’ladi.
Prinsipial pnevmota’minot sxemalari funksional sxemalardagi qabul qilingan qarorlar asosida tuziladi. Pnevmota’minot sxemalarida shartli belgilar bilan quyidagilarko’rsatiladi: asosiy va taqsimlovchi kollektorlar, ta’minot tarmog’i, individual tarmoq, bosim reduktorlari, havo bilan tozalovchi shtutserlar.
Pnevmatik qabul qilgichlar sxemalarda shartli nomlari, turi va avtomatlashtirish funksional sxemasiga mos keladigan pozitsion belgilanishlari ko’rsatilgan jadval ko’rinishida bo’ladi.
Pnevmota’minot sxemalaridagi apparatura va truboprovodlar quyida keltirilgan GOST talablariga muvofiq keluvchi grafik belgilanishlar bilan ifodalanadi:
Havo filtri GOST
Havo bosimi reduktori GOST 2.780 – 68
Berkituvchi ventil GOST 2.785 – 70
3 kirishli kran GOST 2.785 – 70
Nazorat manometrlari GOST 21.404 – 85
Siqilgan havo truboprovodi GOST 2.784 – 70
Pnevmota’minot apparaturalari chizmalarida havo o’tkazgich liniyalariga nisbatan qalinroq qilib chiziladi. Truboprovodlar va apparaturalarning montaj elementlari (birlashtiruvchi, qotiruvchi detallar va h.k.) pnevmota’minot chizmalarida ko’rsatilmaydi.
Pnevmota’minot sxemalarining har bir elementlari va qurilmalari uchun pozitsion belgilanishlar qabul qilingan bo’lishi kerak. Qoidaga ko’ra pozitsionlar belgilanishlar umumiy holda ikki qismdan, mustaqil ma’noli ahamiyatga ega va oraliq va ajratuvchi belgilarsiz yozib oluvchi qismlardan iborat bo’lishi kerak. Pozitsion belgilanishlarning birinchi qismi bir yoki bir necha harflardan tashkil topgan elementlar turini ko’rsatadi. Masalan, F – havo filtri, P – reduktor, FP – filtr – reduktor, M – manometer va h.k.
8.2-rasm.
Pozitsion ta’minotdagi pnevmo havo o’tkazgichlari belgi va markirovkaga ege bo’lmaydi. Lekin havo o’tkazgich manbaidan tortib ularni oxirigacha bo’lgan pnevmatik qabul qilgichlarda trubaning shartli o’zgarish o’lchamlari ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Shuningdek, siqilgan havo kollektorlarda havoning bosimi ham ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Grafik materiallik ta’minot sxemalari sur’ati tik holatda ta’minot qabul qilgichlarida tushirilgan bo’lishi kerak. matnli material sxemasi jadval ko’rinishida aniq va to’g’ri shakllantirilgan bo’ladi. Asosiy yozuvning pastki o’ng tomonida apparatura qismlari haqida ma’lumot va ularning qo’shimcha ma’lumotlari guruhlangan holatda har bir joyda har bir shchitda bo’ladi.
Pnevmota’minotning prinsipial sxemasini bajarish sxemasi 8.3 – rasmda keltirilgan.
8.3-rasm. pnevmo- manbaning prinsipial sxemasini bajarishga misol
Avtomatlashtirish sistemalarining shchit va pultlarini loyihalash. Shchit va pultlarning vazifasi, turlari. Shchit va pultlarning montaj zonalari, shchit va pultlarda avtomatika vositalarining oldidan va ortidan yoyilgan kurinishi va joylashishi.
9-ma’ruza.
Avtomatlashtirish sistemalarining shchit va pultlarini loyihalash
|
| |