Pnevmo ta’minot sxemasini tanlash




Download 10,46 Mb.
bet10/96
Sana22.06.2024
Hajmi10,46 Mb.
#265084
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   96
Bog'liq
ASLUS javoblar

3. Pnevmo ta’minot sxemasini tanlash

Pnevmota’minot tizimini loyihalashda quyidagi masalalar yechiladi:



  1. Siqilgan havo manbai tanlanadi;

  2. Pnevmo qabul qilgichlarning havo sarfi aniqlanadi;

  3. Pnevmota’minot sxemasi tanlanadi;

  4. Havo o’tkazgich tarmog’i hisoblanadi;

  5. Kerakli aparatura va truboprovodli armature tanlanadi;

  6. Bosh loyihalovchi uchun avtomatlashtirilgan siqilgan havoni loyihalash tizimini ta’minlovchi topshiriq tuziladi.

Pnevmota’minot sxemalarini ishlab chiqishda quyidagilarni hisobga olish kerak:

  1. Aloqa liniyasining minimal tortishida tarmoqning ratsional kofiguratsiyasi;

  2. Ko’zdan kechirish va ta’mirlash uchun alohida uchastkalarni tarmoqdan o’chirish va qolgan qismlarning normal ekspluatatsiya qilinishini ta’minlash imkoniyati;

  3. Tozalash imkoniyati.

Zahiralash talablariga ko’ra, taqsimlovchi kollektor va ta’minot manbai, ta’minot tarmog’i sxemasi, radial va radial ikkilamchi ta’minot bilan magistralli halqa magistral bo’ladi.
Magistral sxema bir – biriga yaqin joylashgan pnevmopryomniklar manbaga nisbatan uzoq joylashgan siqilgan havo sxemasida qo’llaniladi.
Normal tashqi muhitdagi ishlab chiqarish binolaridagi pnevmota’minot tarmoqlarini GOST 3262 – 75 asosida tayyorlangan rux bolan qoplangan po’lat suvgaz o’tkazgichli quvurlar ishlatiladi. Agressiv muhitli ishlab chiqarish binolarida ushbu agressiv muhitga chidamli bo’lgan truboprovodlardan foydalaniladi yoki quvurlarning himoyasi uchun kerakli choralar ko’riladi.

8.1 jadvalda pnevmatik asbobdagi taxminiy siqilgan havo sarfi keltirilgan.

Pnevmota’minot tizimiga qoyiladigan asosiy talablar shundan iboratki, bu tizimlar ta’minotning kerakli ishonchliligini ta’minlash, siqilgan havoning mos keluvchi sifati, xizmat ko’rsatishning qulay va tejamkorligidan iborat.
Avtomatlashtirilgan pnevmota’minot sxemalarida 2 ta asosiy zveno farqlanadi:


  1. Ta’minot tarmog’i – asosiy kollektordan taqsimlovchi kollektorgacha bo’lgan aloqa liniyalari;

  2. Individual tarmoq – taqsimlovchi kollektordan pnevmopryomnikgacha bo’lgan aloqa liniyasi.






7.2-rasm. Individual pnevmotarmoq va manbani tuzishga misol:
1-manba tarmog’i, 2- individual tarmoq

Har bir pnevmotarmoqdagi trubaning ichki diametric quyidagi taqribiy formula orqali hisoblanishi mumkin:



Hisoblashlar natijasiga qaramasdan radial va magistral ta’minot tarmoqlar quvurlarining ichki diametric 20 mmdan kam bo’lmasligi kerak.
Taqsimlovchi kollektorning ichki diametric siqilgan havo truboprovod diametridan 1 marta kata bo’lishi kerak.
Siqilgan havoni avtomatlashtirish vositalari va asboblaridagi berilgan bosimni avtomatik ushlab turish va pasaytirish uchun pnevmotarmoq sxemalarida individual reduktorlardan foydalaniladi. Yetarli o’tkazish xususiyatiga ko’ra 1 ta individual reduktorni bir – biriga yaqin joylashgan asboblar guruhiga qo’llashga ruxsat beriladi. Biroq, bunday hollarda umumiy reduktor o’rnatilayotgan asboblar bir xil nazorat tizimiga taaluqli bo’lishi yoki avtomatik rostlash imkoniyati bir xil bo’lishi kerak.
7.2 – jadvalda pnevmota’minot sxemalarini loyihalash amaliyotida keng qo’llaniladigan reduktorlarning texnik xarakteristikasi keltirilgan.


Download 10,46 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   96




Download 10,46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pnevmo ta’minot sxemasini tanlash

Download 10,46 Mb.